131
Maʼlumotlarni saralash
Maʼlumotlarni ortib borish yoki kamayib borish
tartibida saralash mumkin
Agar faqat ustunlar
saralangan boʻlsa, unda faqat ushbu ustunlar ichidagi
maʼlumotlar saralanadi
Har bir qatordagi barcha
maʼlumotlarni birgalikda saqlamoqchi boʻlsangiz,
ularni ajratmang Bir nechta ustun boʻyicha saralash
maqsadida har bir ustun uchun saralash tartibi va
qaysi ustun birinchi navbatda saralanishi kerakligini
koʻrsating Agar siz familiya boʻyicha saralashni,
mos keladigan familiyalarni ismi boʻyicha saralashni
xohlasangiz, oldin familiya boʻyicha saralaysiz
Saralash imkoniyati faqatgina matn va raqamlar
boʻyicha amalga oshirilmaydi Sana va vaqt boʻyicha
ham saralash mumkin
Jamlovchi jadvallar
Jamlovchi jadval maʼlumotlar toʻplami uchun jami va
oʻrtacha koʻrsatkichlar kabi jamlangan maʼlumotlarni
taqdim etadi
Bu juda katta imkoniyat, chunki u bir
nechta funksiyaga boʻlgan ehtiyoj oʻrnini toʻldiradi
Jamlangan maʼlumotlar tanlangan elementlar boʻyicha
ham guruhlanadi
8 08
Member list
faylida klub aʼzolari roʻyxati mavjud, unda ularning aʼzolik statusi, jinsi, elektron pochta
orqali bogʻlanishni xohlashi va necha yildan beri aʼzo ekani koʻrsatilgan Hammasi boʻlib 148 ta aʼzo mavjud
8 65-rasmda maʼlumotlar koʻchirmasi koʻrsatilgan
.65-rasm. oʻy atdan koʻchirma.
Pivot Tables ish varagʻida yana bir nechta jamlovchi jadval mavjud Jamlovchi jadvallardan biri har bir aʼzo
turi va jinsi uchun oʻrtacha yillik aʼzolik muddatini koʻrsatadi Buni 8 66-rasmda koʻrish mumkin
.66-rasm. Jamlovchi jadval.
8 67-rasmda aʼzolik statusi qator koʻrinishida, jinsi ustun va oʻrtacha yillar soni qiymat koʻrinishida qanday
tanlangani aks etgan
.67-rasm. Jamlovchi jadval sozlanishi.