153
maʼlumotlarning qolgan qismiga ta’sir koʻrsatmasdan
qoʻshimcha maydonlar va jadvallar qoʻshish imkoniyatini
yaratadi
Maʼlumotlarni im ort ilish
Boshqa tizim yoki maqsadda ishlab chiqilgan matn
formatidagi fayllarni ham ma’lumotlar bazasiga
import qilish mumkin Matnli fayllarning tuzilishi
maydonlarni tanib olish va yozuvlarni ajratish imkonini
berishi kerak Buning uchun vergul bilan ajratilgan
qiymatlar formati (CSV Comma Separated Value)
keng qoʻllanadi Maydonlar vergul bilan, yozuvlar esa
qatorlar bilan ajratiladi va matnni ifodalash uchun
qoʻshtirnoq belgilari ishlatiladi Vergul foydalanish
maydon uzunliklari ajratilganini, yaʼni har bir maydon
har qanday uzunlikda boʻlishi mumkinligini anglatadi
Bu kitoblar uchun CSV fayli Birinchi qatorda
maydon nomlari joylashgan
ID , Kitob nomi , Janr , Oʻqish yoshi , ISBN ,
Muallif
1, Sariq devni minib , Sarguzasht , 10,
978-9943-08-286-1, Toʻxtaboyev
2, Oʻtkan kunlar , Roman , 17,
978-9943-00-843-4, A Qodiriy
3, Shaytanat , Roman , 17, 978-9943-4818-2-4,
T Malik
M
CSV keng tarqalgan formatlardan biri Matnli
fayllardan (T T) ham foydalansa boʻladi Matnli
fayllar CSV faylga oʻxshash tarzda formatlanishi yoki
maydonlarni ajratish uchun turli belgilarni qoʻllashi
mumkin Ular, shuningdek, belgilangan uzunlikdagi
maydonlari bilan tuzilishi mumkin, yaʼni boʻshliqlarni
toʻldirish uchun klaviaturadagi Tab yoki Probel
tugmasidan foydalanish mumkin
Bu oʻquvchilar uchun maydonlari belgilangan
uzunlikda boʻlgan matnli fayl
1
Salimov
Laziz
9F
2
Nodirov
Poʻlat
9B
3
Komilova
Shahnoza 10R
4
Sharofov
Hamid
11M
5
Poʻlatova
Parizoda 9N
M
Baʼzi MBBTlar maʼlumotlarni Rich Text Format RTF
formatli fayllardan import qilishga imkon beradi
Maʼlumotlar RTF fayl ichidagi jadvalda boʻlishi kerak
9 19-rasmda jadvalning yuqori qatorida maydon
sarlavhalariga ega RTF fayl koʻrsatilgan