189 10.06-rasm. ideoni tahrirlash dasturidagi fi ltrlar toʻplami. ideoga
s ia ton e ekti qoʻllangan. Natijada
tari iy video koʻrinishi paydo boʻladi.
Umumiy koʻrinishini oʻzgartirish uchun birinchi
videoga fi ltr qoʻshing Videofi lmni titrli slayd bilan
tugating Titrlarni joylashtirgach, videoklipga
fa eff ektini qoʻshing
Videoklipdan tasvir hosil qilish Videodagi ba’zi kadrlardan ajoyib harakatsiz tasvir hosil
qilish mumkin Buning uchun bitta alohida kadrni olib,
undagi biror tasvirni harakatsiz tasvir sifatida saqlash
mumkin Bu koʻproq raqamli fotosuratni eslatadi
Koʻpgina tahrirlash dasturlarida videodagi muayyan
bir kadrga oʻtib, shu kadrni alohida tasvir sifatida
ajratish imkoni bor Bu amal koʻpgina dasturlarda ekran
nusxasini olish deb nomlansa, boshqalarida tasvirni
chiqarib olish yoki tasvirga olish deb ataladi.
Videoklipga harakatsiz tasvir joylash Videoga harakatsiz tasvir joylashtirish uchun avval
ushbu tasvir dasturga import qilinadi, soʻngra uni vaqt
shkalasi boʻlimiga
ra an ro usulida joylanadi
Vaqt shkalasi sozlamalari yordamida tasvir uchun
namoyish vaqti oʻrnatiladi
Harakatsiz tasvir toʻliq kadrni yoki kadrning bir qismini
egallashi mumkin. Kadrning bir qismida harakatsiz
tasvirni joylashtirishga namuna sifatida yangiliklar
koʻrsatuvini keltirish mumkin Boshlovchi yangiliklarni
oʻqiydi va fondagi harakatsiz tasvir esa oʻqilayotgan
ma’lumotga urgʻu beradi
Videoga harakatsiz tasvir turli maqsadlarda
joylashtiriladi Masalan, yangiliklar koʻrsatuvida
vizual ma’lumotni berish, reklama kompaniyalari
faoliyatida mahsulotga urgʻu berish yoki ouTube kabi
tarmoqlardagi videolarda biror ma’lumotga link joylash
uchun qoʻllanadi
i o li ga ovozli ma lumot oʻshish va oʻchirish Videoklipga ovozli ma’lumot qoʻshish uchun ushbu fayl
dasturga import qilinadi va yaratilayotgan loyihaning
vaqt shkalasi qismiga joylashtiriladi Koʻpgina tahrirlash
dasturlarida ovoz va video uchun alohida vaqt shkalasi
mavjud Videoklipga ovozli ma’lumot asosan ovoz
treklarini hosil qilish, kadrni ovoz yoki tovush eff ektlari
bilan boyitish maqsadida qoʻshiladi
Tahrirlash dasturlarining koʻp qismida videoklipdan
audio ma’lumotni oʻchirish oddiy usulda amalga
oshiriladi Buning uchun audio ma’lumot belgilanadi
va oʻchirish tugmasi bosiladi yoki u vaqt shkalasi
boʻlimidan butunlay chiqarib tashlanadi yoxud
sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, remove/delete
buyrugʻi tanlanadi
ICT_STB_G10-11_c10_p184-196_NT_R4_2023.indd 189
28.10.2023 11:31:52
MASLAHAT Jangovar va sport sahnalariga boy fi lmlarda
sekinlashtirish eff ektidan foydalaniladi Hayotda
juda tez sodir boʻladigan voqealarni sekinroq
koʻrsatish uchun videoklip sekinlashtiriladi Bu
tomoshabinlarga harakatni baholash yoki klipga
uzoq vaqt emotsional munosabatda boʻlish
imkonini beradi.