Audiokliplarni kesish va kliplarni birlashtirish Audioklipni kesishdan uning keraksiz qismini olib
tashlash, ba’zan esa ovozli klip va videoklipni oʻzaro
bogʻlashda foydalaniladi Agar videoning bir qismi
kesib olinsa, unda video va audio birgalikda tugashi
uchun audioning ham o‘sha qismi kesiladi.
Ovozli klipni kesish uchun shunchaki kesmoqchi
boʻlingan qism belgilanadi, soʻng
ut rim uskunasidan foydalaniladi. Audio tahrirlash dasturida
klipning olib tashlanishi kerak boʻlgan qismi belgilanadi
va delete buyrugʻi orqali oʻchiriladi
Videokliplarni birlashtirish mumkin boʻlganidek,
tovushli kliplarni ham birlashtirish mumkin Bir
nechta tovushli klipni kiritish, tahrirlash va oldingi
klipdan keyin toʻgʻridan toʻgʻri joylashtirish mumkin
Dastur bir klipdan ikkinchisiga oʻtib davom etadi
Ularni birlashtirganda ham kliplar orasida fade kabi
eff ektlarni qoʻllash mumkin
Ikkita tovushli klipni tovush tahrirlash dasturiy
ta’minotiga import qiling Bir klipning so‘nggi
qismini va ikkinchi klipning Bosh qismini olib
tashlab, ikki klipni birlashtiring
Audioklipning ovoz sozlamalarini tahrirlash Videokliplar singari audiokliplarning ovoz sozlamalarini
ham tahrirlash mumkin Bu odatda bitta klipning
oxiri sokinroq boʻlishini, keyingi klip esa past ovozdan
boshlanishini va sekin-astalik bilan balandlashib
borishini oʻz ichiga oladi
10.09-rasm.
Audioklipning oxiridan olib tashlash uchun belgilangan qismi.
ICT_STB_G10-11_c10_p184-196_NT_R4_2023.indd 192
28.10.2023 11:31:53
Diqqat! Audiokliplarni tezlashtirganda yoki
sekinlashtirganda muammolar paydo boʻlishi
mumkin Tezlashtirilgan klipni ijro etishda ovoz
juda baland va chiyillab eshitilishi, sekinlashgan
klipda esa chuqur eshitilishi va bas koʻp boʻlishi
ehtimoli bor.