boʻlgani sababli juda koʻp ma’lumot kichik sirtga
joylashadi Natijada katta hajmdagi ma’lumotlarni
bittada uzatish imkonini beradi
Optik tolalar egiluvchan boʻladi, bunday kabellardan
binolar va burchaklarda qiyinchiliksiz foydalaniladi
orugʻlik har bir shisha tola ichida qoladi va
mis kabellardan farqli ravishda optik tolalar
oʻtkazuvchanligiga elektr ta’sir koʻrsatmaydi Bu omillar
optik tolalarning polosa kengligi juda katta ekanini
bildiradi Ichki tarmoqda foydalaniladigan bitta optik
tola osonlik bilan 1 Gbit/s maʼlumotlarni uzata oladi
avfsizlik optik tolaning yana bir afzal tomonidan biri,
chunki uni mis kabellari kabi uzib/ulab boʻlmaydi Eng
asosiy kamchiligi agar ular sinib qolsa, taʼmirlash juda
murakkab, ayniqsa, bir qancha yuzlab tolalarni tuzatish
zarur boʻlsa, ularni tuzatish mis kabellarni ishlab
chiqarishdan qimmatga tushadi
13.11-rasm. Optik tolalar.
Ularda signalning yomonlashishi kamdan kam
kuzatilishi sababli juda uzoq masofada ma’lumot
almashish uchun qoʻllanadi, jumladan, LAN
tarmoqlarda mis kabeldan foydalanish chegarasi
odatda 100 m boʻladi Ular, shuningdek, vazn muhim
boʻlgan aerodromlarda foydalaniladi Chunki ular
mis kabellardan yengilroq Signal sifati pasaymasligi
sababli ma’lumotlarni dunyo shaharlari boʻylab uzatish
imkoniyati tugʻiladi Internet provayderlar odatda
xonadonlarga internet ulash uchun optik tolali kabel
(FTTC) usulidan foydalanadi FTTCdan foydalanishda
optik tola koʻchadagi kabinet va aloqa kommutatorini
ulash uchun foydalaniladi, ushbu kabinetdan
xonadonga esa mis kabel yordamida ulanadi 2015-
yil Buyuk Britaniyada Virgin Media ushbu usuldan
foydalanib, 200 Mb/s polosa kengligini taklif qila olgan