276
Installyatsiya jamoasi uchun dastur installyatsiyasi,
kelajakda qayta installyatsiya qilish boʻyicha qoʻllanma
taqdim etiladi Sinovning barcha natijalari qayd etib
boriladi axiralash amali yoʻlga qoʻyiladi va zaxiradan
qayta tiklash va zaxira qilish joylari ta’ri anadi
Qaysi guruh dasturning qaysi qismidan foydalanish
imkoniyatiga egaligi va ularga berilgan ruxsatlarni aks
ettirish uchun xavfsizlik sozlamalari hujjatlashtiriladi
Dasturiy ta’minot va texnika talablari ham roʻyxatda
keltiriladi
o alanuvchi oʻllanmasi
Foydalanuvchi qoʻllanmasi foydalanuvchiga
koʻrsatmalar taqdim qiladigan tavsiyalar toʻplamidir
U elektron va bosma shaklda boʻlishi mumkin
Mundarijada sahifalar raqami, qoʻllanmaning
elektron talqinida esa sahifalarning linki keltiriladi
Foydalanuvchi qoʻllanmasida qisqa kirish qismi,
dasturiy ta’minot va texnikaga oid talablar keltiriladi
Qoʻllanmaning asosiy qismi dasturdan qanday
foydalanishga doir koʻrsatmalardan tashkil topadi
Unga yozma koʻrsatmalar bilan birga dasturga tegishli
skrinshotlar va texnikaning fotosuratlari kiritilishi zarur
Skrinshot va fotosuratlar qismlarini koʻrsatish uchun
koʻrsatkich belgilar qoʻllanishi mumkin Koʻrsatmalarni
kichikroq vazifalarga ajratish uchun markerlar va
raqamlardan foydalanish kerak
Glossariyda texnik atamalar alifbo tartibida keltirilib,
har biriga izoh beriladi Qoʻllanmada xato va yechimlar
kesishmasiga ega muammolarni bartaraf etish jadvali
boʻlishi kerak Qoʻllanmaning oxirida har bir koʻp
foydalanilgan atama uchun sahifa raqamlari aks etgan
indeks keltiriladi
1 . . u atlashtirish