278
a tiv
Dasturlar oʻzgarishlarga moslashishi kerak
Tashkilot
ichidagi tartiblarga oʻzgarishlar kiritilishi yoki tashkilot
nazorati ostida boʻlmagan oʻzgarishlar yuz berishi
ehtimoli mavjud Masalan, yangi qonun kuchga
kirib, dastur unga moslashishi talab etilishi mumkin
Dastur samarali ishlashda davom etishi va xatolar
kuzatilmasligi uchun oʻzgarishlarga moslashish
talab etiladi
Bundan tashqari, operatsion tizim yoki
veb brauzer kabi yangilanayotgan texnologiyalarga
moslashish ehtiyoji ham bor
Eng muhim savol dastur foydalanuvchilar talabiga
javob berdimi Har bir talab va uning bajarilgani
tekshiriladi
Bajarilmagan talablar uchrasa, bu
holatni bartaraf etish uchun zarur harakatlar rejasi
tuziladi angi dasturning samaradorligi muhokama
qilinadi Foydalanuvchilarga yangi dasturning faoliyati
haqida fikr bildirish imkoniyati berilib, ular asosida
muammolar oʻrganiladi
Odatda yangi dastur eski
dasturga qaraganda samarali ishlashi kutiladi
Biroq
muammolar yuzaga kelsa, zarur choralar koʻriladi
Texnik talablarda yangi tizimdan oson foydalanish
usullari koʻrsatiladi Bu koʻpincha subyektiv xarakterga
ega boʻlib, oʻlchash juda murakkab
Foydalanuvchilar
yangi dasturga qay darajada odatlangani va
dasturdan muntazam foydalanishning qulay/noqulay
jihatlarini oʻrganish uchun ularning fikr-mulohazalari
toʻplanadi Foydalanish qulayligi borasida muammolar
kelib chiqqanda jarayonlarni osonlashtirish uchun
qoʻshimcha funksiyalar kiritish rejasi tuziladi
Bundan tashqari, foydalanuvchilar dasturni kelgusida
takomillashtirish yoki qoʻshimcha yangiliklar kiritish
boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin