45
2-bob: Apparat va dasturiy ta’minot
Televizor singari koʻngilochar tizimlarda foydalanuvchi
boshqaruv pultini izlashi shart emas, xonada biror
kishi ovoz balandligini oshirish yoki kanalni oʻzgartirish
buyrugʻini bersa kifoya
Bu kabi interfeys bilan bogʻliq asosiy muammo
kompyuter tizimining ogʻzaki soʻzlarni tanib olish
qobiliyatidir Koʻp jumlalar kompyuterning tushunishini
qiyinlashtirishi mumkin, jumladan, shevalar, turli xil
ovozlar, duduqlanishlar va fondagi shovqinlar (masalan,
avtomobil dvigateli ovozi) Muloqot interfeyslari,
shuningdek, foydalanuvchidan kompyuter tizimi qanday
buyruqlarni tushunishini bilishni talab qiladi, aks holda,
tizim qanday javob berishni bilmaydi Baʼzi muloqot
interfeyslari foydalanuvchiga qaysi variantlardan birini
tanlashi mumkinligi borasida koʻrsatmalar beradi Tizimlar
foydalanuvchi tanlagan har qanday formatdagi soʻrovni
tushunish uchun yetarli darajada aqlli emas