|
shoralar a asoslan an int rf ys Pdf ko'rish
|
bet | 65/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJAshoralar a asoslan an int rf ys
Ishoralarga asoslangan interfeyslar inson harakatini
taniydi Bunga koʻzlar va lablarni kuzatish, qoʻl signallarini
aniqlash yoki butun tana harakatini kuzatish kiradi
Ishoralarga asoslangan interfeyslarning koʻplab
dasturlari mavjud Oʻyinlar ham shular jumlasidandir
Ular ishoralarga asoslangan boshqa interfeyslarning
rivojlanishiga sabab boʻldi Asl Nintendo ii geymerlarga
masofadan boshqarish pultini ushlab qoʻllarni
harakatlantirish imkonini yaratdi, bu harakatni bouling va
boks kabi oʻyinlarda aks ettirish mumkin Microso ning
box Kinect qurilmasi bu borada yanada ilgariladi va
foydalanuvchi ushlab turadigan yoki kiyadigan qurilmasiz
butun tana harakatini kuzatishni uddalay oldi Bu
geymerlarga butun tanasidan foydalangan holda oʻyinga
kirishish imkoniyatini yaratdi, shuning uchun endi boks
kik-boksingga aylanishi va bouling yugurishni ham oʻz
ichiga olishi mumkin
Koʻplab kompyuter tizimlari, shu jumladan, mobil
qurilmalar endi qoʻl ishoralarini ekrandagi obyektlarni
boshqarish usuli sifatida qabul qila boshladi Masalan,
qoʻlni ekran boʻylab surish dasturni yopishi, barmoqlarni
ekran qarshisida birlashtirish esa tasvirni kichraytirishi
mumkin Bu ekranlar i oslanishining oldini olishi,
kasalxonalarda va ayniqsa, operatsiya xonalarida
infeksiyalarni nazorat qilishda yordam berishi mumkin
Ishoralar odatiy kiritish qurilmalaridan foydalanishga
qiynalgan baʼzi imkoniyati cheklanganlar uchun oʻzaro
aloqa qilishning muhim shakli boʻlishi mumkin Boʻyindan
pastki qismini ishlata olmaydigan kishi kompyuter tizimini
koʻzlari bilan boshqarishi mumkin Chunki kompyuter
koʻzning har bir harakatini kuzata oladi
Ishoralarga asoslangan interfeyslar bilan bogʻliq eng
katta muammolardan biri aniqlik Ishora interfeysi
samarali boʻlishi uchun u inson-foydalanuvchi
tomonidan qilingan harakatlarni aniq talqin qilishi
talab etiladi Alohida barmoqlar, qoʻllar, koʻz soqqalari
va oyoqlarni kuzatib borish juda aniq kameralar yoki
sensorlarni talab qiladi Shuning uchun koʻplab virtual
reallik dasturlari aniqlikni oshirish uchun tananing
turli qismlariga biriktirilgan sensorlardan foydalanadi
Barmoq koʻtarilganda kursorni boshqarish sensorli
ekranga tegib turganga yoki sichqonchani ushlab
turganga qaraganda qiyinroq boʻlishi mumkin
|
| |