Tekshirdi: toshkent 2023 Mavzu




Download 68,74 Kb.
bet1/5
Sana20.12.2023
Hajmi68,74 Kb.
#125410
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektromagnit to’lqinlar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD al-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALAR UNIVERSITETI


Mustaqil ish
Bajardi: Muslimov Akmal
Tekshirdi:_______________

TOSHKENT 2023
Mavzu: Elektromagnit to’lqinlar
Reja:
Kirish.
1. Elektromagnit to’lqinlar va ularning xossalari.
2. To’lqinlarning tezligi va to’lqinlarning uzunligi.
3. Elektromagnit to’lqinlarning tarqatish va qabul qilish.
4. Elektromagnit to’lqinlarni kompyuter texnikasi bilan bog’liqligi. Uyali telefonlar.
5. Elektromagnit to'lqinlar shkalasi
6. Xulosa.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Agar fazoning biror kichik sohasida davriy o‘zgaruvchi elektr va magnit maydonlar vujudga keltirilsa, bu maydonlarning o‘zgarishlari fazoning boshqa soxalarida ham takrorlanadi. Davriy ravishda o‘zgaruvchan bu elektromagnit maydonning biror tezlik bilan fazoda taraqlishi elektromagnit to‘lqin deb ataladi. Ma’lumki G‘altak va Kondensatordan iborat tebranish konturida elektr va magnit maydon energiyalarining bir biriga aylanishlari sodir bo‘ladi. Bunday konturni, odatda berk tebranish konturi deb ataladi va unda energiyaning juda oz qismigina kontur atrofidagi fazoda elektromagnit to‘lqin sifatida tarqaladi. Tebranish konturi ochiroq qilib yasalsa, ya’ni vujudga keladigan o‘zgaruvchan elektr maydon konturni xar taraflama o‘rab oladigan qilib yasalsa, konturning to‘lqin tarqaluvchanligini oshirish mumkin. Gers tajribalarida qo‘llaniluvchi tebranish konturida o‘tkazgichlarning sig‘imini bir oz ortirish uchun o‘tkazgichlar uchlarini yo‘g‘onlashtirib, sfera shakliga keltirdi. Gersning bu qurilmasi Gers vibratori deyiladi. Vibrator induktor yordamida zaryadlanadi. Elektromagnit to‘lqinlarining qayd qilish uchun vibratordan biror masofa uzoqlikda qabul qiluvchi - rezonator (R) qo‘yiladi. Rezonator vibratorga o‘xshash qurilma bo‘lib, elektromagnit to‘lqinlarning o‘zgaruvchan maydoni ta’sirida unda indukston tok vujudga keladi. Elektromagnit to‘lqinlarning xossalari. Ma’lumki davriy ravishda o‘zgaruvchi elektromagnit maydonning tarqalishini elektromagnit to‘lqin deb ataladi. Elektromagnit to‘lqinni shunday ikki o‘zaro perpendikulyar tekisliklarda yotuvchi sinusoidalar shaklida tasvirlash mumkinki, bunda to‘lqin shu ikki tekislik kesishishi natijasida xosil bo‘lgan chiziq bo‘ylab tarqaladi. Maksvell ta’limotiga asosan, elektromagnit to‘lqinning biror muxitda tarqalish tezligi shu muxitning elektr va magnit xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, uning qiymati quyidagi munosabat bilan aniqlanadi.

Download 68,74 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 68,74 Kb.