• Elektromagnit to’lqinlarning xossalari.
  • 2. To’lqinlarning tezligi.
  • To’lqinlarning uzunligi.
  • 3. Elektromagnit to’lqinlarni tarqatish va qabul qilish.
  • Tekshirdi: toshkent 2023 Mavzu




    Download 68,74 Kb.
    bet2/5
    Sana20.12.2023
    Hajmi68,74 Kb.
    #125410
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Elektromagnit to’lqinlar

    1. Elektromagnit to’lqinlar. Elektromagnit maydonning davriy ravishda o’zgarib turib tarqalishi elektromagnit to’lqin deyiladi. Elektromagnit to’lqinni uning tarqalish yo’nalishida ikkita o’zaro perpendikulyar tekisliklarda yotgan ikkita sinusoida orqali ifodalash mumkin. Bu sinusoidalardan biri elektr kuchlanganlik vektori E ning, ikkinchisi esa magnit kuchlanganlik vektori H ning tebranishlarini tasvirlaydi. Bo’shliqda ikkala vektorning tebranish amplitudalari miqdor jihatdan bir – biriga teng bo’ladi; ikkala vektor bir xil fazada tebranadi.

    To’lqin tarqalayotgan yo’nalishni parma qoidasidan foydalanib topish mumkin: agar parmaning dastasini E vektordan H vektorga qarab burasak, u holda parmaning ilgarilanma harakati yo’nalishi to’lqin tarqalayotgan yo’nalishni ko’rsatadi.


    Elektromagnit to’lqin bilan birgalikda elektromagnit maydonni xarakterlovchi yana bir fizik kattalik – energiya ham tarqaladi. Birlik hajmdagi elektromagnit maydon energiyasi zichligi quyidagi munosabat yordamida aniqlanadi:

    Elektromagnit to’lqinlarning xossalari. Elektromagni to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlar ekanligini ta’kidlab o’tdik. Ular vakuumda, yorug’likning vakuumdagi tezligiga teng c=3∙108m/s tezlik bilan harakatalanadi. Elektromagnit to’lqinlarning tezligi, to’lqin uzunligi muhitining xususiyatlariga bog’liq. Elektromagnit to’lqinning chastotasi esa barcha muhitlar uchun bir xil kattalikdir. Shuningdek, yorug’lik to’lqinlari kabi to`siqdan qaytadi, muhitlar chegarasida sinadi, interferensiyasiga kirishadi. Boshqacha qilib aytganda, elektromagnit to’lqinlarning barcha xossalari yorug’likning xossalariga o’xshab ketadi. Demak, bundan shunday xulosa kelib chiqadiki: yorug’lik nuri elektromagnit to’lqinlardan iboratdir. Keyingi tajribalar shuni ko’rsatadiki, faqat yorug’lik nuri emas, balki unfraqizil, ultrabinafsha, rentgen va gamma nurlari ham elektromagnit tabiatga egadir.
    2. To’lqinlarning tezligi. Elektromagnit maydon energiyasi zichligini elektromagnit to’lqin tezligi ga ko’paytirsak, birlik vaqtda birlik yuza orqali ko’chirilayotgan energiyani, ya’ni, energiya oqimining zichligini xarakterlovchi kattalikni vektor ko’rinishida topish mumkin bo’ladi:

    E va H lar o’zaro perpendikulyar bo’lganligi sababli, ularning vektor ko’paytmasi elektromagnit to’lqinning tarqalish yo’nalishidagi S vektordir va u Umov – Poynting vektori deb ataladi.
    Maksvell nazariyasiga ko’ra, elektromagnit to’lqinlarning muhitda tarqalish tezligi shu muhitning elektr va magnit xususiyatlariga bog’liq bo’lib, quyidagicha aniqlanadi:

    Bundan kelib chiqadiki, to’lqinning muhitda tarqalish tezligi vakuumdagidan marta kichik.
    To’lqinlarning uzunligi. Elektromagnit to’lqinning bir tebranish davriga teng vaqt davomidagi ko’chish masofasi to’lqin uzunligi deyiladi. Agar υ – elektromagnit tolqinlarning bir jinsli muhitida tarqalish tezligi, T – uning davri, v – chastotasi, λ – to’lqin uzunligi bo’lsa, unda λ=υT yoki λ=υ/v0 vakuum uchun esa λ0=cT yoki λ0=c/v bo’ladi.
    To’lqinning tarqalish tezligi muhitni xarakterlovchi kattaliklar ε va μ larga bo’liq bo’lganligi uchun ham, bir nuhitdan ikkinchiga o’tganda υ va λ o’zgaradi, to’lqin chastotasi esa o’zgarmay qoladi. Agar to’lqin vakuumdan dielektrik ε va magnit μ kirituvchanlikli muhitga o’tsa, uning to’lqin uzunligi kamayadi.

    Bu erda λ0 – vakuumda to’lqin uzunligi.
    3. Elektromagnit to’lqinlarni tarqatish va qabul qilish. Zamanoviy radiouzatgich va radiopriyomnikning ish sxemasi 3-rasmda keltirilgan.
    So’nmas tebranishlar generatori yuqori chastotali tebranishlarni hosil qiladi. Ayni paytda tovush tebanishlari mikrofon yordamida elektr tebranishlariga aylanadi. Har ikkala tebranish ham modulatorga uzatiladi. Modulatorda amplituda yoki chastotaning modulatsiyasi amalga oshadi. Gapni va musiqani uzatish modulatsiya tovush chastotalari (10 13) ∙ 103 Hz
    Amalga oshiriladi. Modulatsiyalangan tebranishlar kuchaytirilib, elektromagnit to’lqinlarni efirga tarqatuvchi ochiq tebranish konturi bo’lgan antennaga uzatiladi.
    Qabul qiluvchining antennasiga yetib kelgan elektromagnit to’lqinlar tebranish konturida elektromagnit tebranishlarni vujudga keltiradi. So’ngra bu tebranishlar kuchaytiriladi va detoktorlanadi. Ajratilgan past chastotali tebranishlar yana kuchaytirilib, radiokarnayga uzatiladi.


    Download 68,74 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 68,74 Kb.