|
Xulosa:
Elektromagnit to‘lqinlarning qo‘llanilishi
|
bet | 5/5 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 68,74 Kb. | | #125410 |
Bog'liq Elektromagnit to’lqinlarXulosa:
Elektromagnit to‘lqinlarning qo‘llanilishi. Elektromagnit to‘lqinlar birinchi marta Gers tajribasidan 8 yil keyin 1895 yil 7 mayda rus fizigi A.S.Popov tomonidan amalda qo‘llanildi. A.S.Popov rus-fizika-ximiya jamiyati majlisida dunyoda birinchi radiopriyomnikni demonstransiya tildi va elektpromagnit to‘lqinlarni simsiz aloqa vositasi sifatida keng ishlatish mumkinligini ko‘rsatdi. Diapazoni santimetr va millimetr bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlar radiolokatsiya (to‘lqinlarni to‘siqlardan qaytish) da keng qo‘llaniladi. Hozirgi paytda fan va texnikaning xech bir soxasi yoki unda elektro magnit to‘lqinlar ishlatilmasin. Elektromagnit maydonning davriy ravishda o’zgarib turib tarqalishi elektromagnit to’lqin deyiladi. Elektromagnit to’lqinni uning tarqalish yo’nalishida ikkita o’zaro perpendikulyar tekisliklarda yotgan ikkita sinusoida orqali ifodalash mumkin. Bu sinusoidalardan biri elektr kuchlanganlik vektori E ning, ikkinchisi esa magnit kuchlanganlik vektori H ning tebranishlarini tasvirlaydi. Bo’shliqda ikkala vektorning tebranish amplitudalari miqdor jihatdan bir – biriga teng bo’ladi; ikkala vektor bir xil fazada tebranadi.
Adabiyotlar:
I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." I-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973 y.
I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." II-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973 y.
I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." III-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973 y.
S.X. Astanov, M.Z. Sharipov, N.N. Dalmuradova, M.Sh.Ivayev "Fizik kattaliklar va ularning o'lchov biriliklari" elektron o'qitish kursi EHM uchun yaratilgan dastur. O'zbekiston Respublikasi davlat patent idorasi GUVOHNOMA № DGU 00975 Toshkent, 12 iyul 2005 y.
A.G.G’aniev, A.K.Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika” I qism Toshkent 2007 y.
S.X.Astanov, M.Z.Sharipov, N.N.Dalmuradova, R.V.Metanidze “Umumiy fizika kursining elektr bo’limidan” elektron darslik.
|
| |