|
/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 70/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA10/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
48
Agar interfeyslarni foydalanuvchining aqliy modeliga
oʻxshash qilib loyihalansa, bu interfeysni oʻzlashtirish
vaqtini qisqartiradi U ba’zi asosiy tushunchalar orasida
tegishli analogiyalar oʻtkaza oladi Interfeyslar aksariyat
foydalanuvchi faraz qilgan gʻoyalarni aks ettirishi,
ammo turli foydalanuvchilarga turli yoʻnalishlardan
borish imkonini beradi Ushbu variantlar menyular,
ikonkalar, tugmalar kombinatsiyasi va buyruq soʻzlarni
oʻz ichiga olishi mumkin uddi foydalanuvchining
aqliy modeliga oʻxshab bir vazifani bir nechta usulda
bajarish imkoniyati boʻlsin Baʼzi foydalanuvchilar
matnni qalin qilish uchun B belgisini bosishni, boshqa
foydalanuvchilar esa Ctrl B klavish birikmasidan
foydalanishni afzal koʻrishi mumkin
Foydalanuvchining aqliy modeliga mos
keladigan misollar
kattalashtirish uchun lupa
elektron pochta uchun konvert
chiqindi chelagi
qirqish, nusxalash va qoʻshib qoʻyish
M
2.29-rasm. Noqulay loyihalangan kiritish
ekrani.
Baʼzan foydalanuvchining real hayotdagi aqliy
modeliga rioya qilish oʻrinsiz Chunki bu interfeysni
samarasiz qiladi Masalan, darslikdan maʼlumot
qidirishda oʻquvchi indeksga oʻtadi va oʻzi xohlagan
mavzuni topguncha indeksni koʻrib chiqadi Topgach
esa indeks roʻyxatida koʻrsatilgan sahifaga oʻtadi
Kompyuter interfeysi yordamida ushbu jarayonni
qidirish imkoniyati orqali takomillashtirish mumkin,
bunda oʻquvchi qidirayotgan mavzusini matn
maydoniga kiritishi mumkin va kompyuter bu
maʼlumotni qayerdan topishi haqida baʼzi takli ar bilan
javob beradi Bu foydalanuvchining real hayotdagi aqliy
modeliga tegishli emas, lekin interfeysni real hayotdan
koʻra samaraliroq qilishga yordam beradi
7.
Tizimli dasturiy taʼminot va amaliy dasturiy
taʼminot oʻrtasidagi farqni tushuntirib bering
|
| |