|
Crocodile Clips Ltd simulyatorlaribilan ishlash
|
bet | 3/4 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #130575 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)Crocodile Clips Ltd simulyatorlaribilan ishlash.Crocodile Clips Ltd o‘zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida (home licence) o‘qituvchi va o‘quvchilar (talabalar) bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi.
SHuni ta’kidlab o‘tamizki, hozirda Crocodile kompaniyasi dasturiy ta’minotlarini Yenka nomi bilan takomillashtirilgan holda yaratildi. Hozirda bu dasturlar Yenka nomi bilan chiqmoqda, lekin dasturlarning ishlashi Crocodile dagidan farq qilmaydi.
Keling, endi shu dasturiy ta’minotlar bilan tanishib chiqsak.
Fizika fanida Crocodile Physics dastur muhitidan foydalanish.
Crocodile Physics dasturi xaqida.Crocodile Physics dasturi fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning mexanika, Elektr zanjirlar, Optika va To‘lqin hodisalari bo‘limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu kuchli dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonida 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo‘ladi. Dastur fizikaning barcha bo‘limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
6-rasm. Crocodile Physics dastur muhitining ishchi stoli
7-rasm. Crocodile Physics dastur muhitida yaratilgan model.
Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari: Fizik hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur, 50 dan ortiq qadamma - qadam o‘rgatuvchi darslar, 150 dan ortiq fizikaning bo‘limlariga oid tayyor modellar, fizik jarayonlarni kompьyuterda modelashtirish imkoniyati, mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys, Er sharoitida o‘tkazish qiyin bo‘lgan tajribalarni amalga oshirish va kuzatish, dasturning kuchli instrumentariyasi, tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisoblash imkoniyatini beradi, fizik hodisada qatnashayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar o‘rtasidagi grafikli bog‘lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog‘ozga chop etish mumkin.Crocodile Technology dasturiy haqidaBu dasturdan o‘rta maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari, litsey, kollej talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o‘qituvchilari «Elektr», “Elektrotexnika”, “Sxemotexnika”, “Elektr zanjirlar nazariyasi“ fanlarida qo‘shimcha pedagogik dastariy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin.
8-rasm.
Dastur elektron konstruktor bo‘lib, u monitor ekranida elektr sxemalarini yig‘ish jarayonini xuddi haqiqiy tajribadagi singari imitatsiya qilish, elektr kattaliklarni mulьtimetrda (3 o‘lchovli), ampermetr va volьtmetrlarda o‘lchash imkoniyatini beradi.
9-rasm.
Masalan, dasturda:Mikroprotsessorlarni dasturlash va robototexnikaga oid modellarning 3D ko‘rinishda simulyasiyalashtirish mumkin.Konstruktor detallarining tasviri va o‘lchov asboblarining sxematik va haqiqiy ko‘rinishda berilgan;Qarshilikdan oqib o‘tayotgan tok quvvatining qiymati berilgan nominaldan ortib ketsa, qarshilik (portlab) kuyadi, bu esa ekranda uning rangi o‘zgarib qoraygan detalь ko‘rinishiga o‘tishi bilan ko‘rsatiladi;Lampochka va elektr isitgich asboblari quvvatning nominal qiymatida yorqinlashadi, agar ulardagi quvvat ishchi qiymatidan ortib ketsa kuyadi va bu asbob ekranda qorayib qoladi. Xuddi shuningdek ekranda boshqa detallardagi fizikaviy kattaliklarning o‘zgarishi imitatsiya qilinadi;Ko‘pgina jarayonlar va ularning natijalari tovushli effektlar orqali ifodalanadi. Bularning barchasi, talaba o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolarini ko‘rishi, muvaffaqiyatsiz bajarilgan tajribaning sabablarini aniqlashni o‘rganishi va elektr sxemalarini tajribani haqiqiy qurilmalarda bajarishdan oldin tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini beradi.Bu dastur, kasbi kim bo‘lishidan qat’i nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o‘rgatadi.Dastur imkoniyatlari juda keng bo‘lib, undan amaliy mashg‘ulotlarda (ya’ni masalalar echishda) ayniqsa, virtual laboratoriya ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin.Crocodile Chemistry dasturi haqida.Crocodile Chemistry dasturi orqali Mendeleev jadvalida mavjud barcha elementlarning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda kimyoviy reaksiyalar ruy berish vaqtida reaksiyaga qatnashayotgan molekulalarning boshqa molekulaga aylanish jarayonini (molekulyar darajada) kuzatish iloji yo‘q. Lekin, bu dastur orqali kimyoviy moddani boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishish jarayonida molekulalarning dinamikasini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Bu dastur orqali kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, turli reaksiyalarni o‘tkazish va, eng asosiysi, buni xavfsiz amalga oshirish mumkin.Bu dasturdan o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlarida kimyo fanini o‘qitishda keng foydalanish mumkin.
10-rasm.
Dastur orqali ixtiyoriy shakldagi idishlardan foydalanib, turli reaktivlarni o‘zaro aralashtirib kimyoviy reaksiyani ko‘zatish mumkin. Kimyoviy reaksiya vaqtida reaktivlarning rangi, moddalar ulushini, kimyoviy reaksiya formulalarni maxsus oynada ko‘rish imkoniyati dasturning kuchli pedagogik qurol sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Crocodile Chemistry dasturining bunday imkoniyatlari kimyo fanini o‘qitishda inqilobiy o‘zgarishga sabab bo‘ldi.
11-rasm. Crocodile Chemistry dastur muhitida yaratilgan kimyoviy reaksiya jarayoni.
|
| |