Crocodile ICT dasturi haqida




Download 0,65 Mb.
bet4/4
Sana05.01.2024
Hajmi0,65 Mb.
#130575
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Crocodile ICT dasturi haqida.
Crocodile ICT dasturi, Evropa mamlakatlarida Informatika fanini o‘qitishda juda yaxshi samara bermoqda. Bu dastur yordamida informatikada dasturlash jarayonini, aniqroq qilib aytganda algoritmlash bo‘limini o‘quvchiga aniqroq etkazib berish mumkin.

13-rasm.
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘qitishda juda qo‘l keladigan Crocodile ICT ning oddiy interfeysi va blok sxemalari yordamida yaratilayotgan dastur orqali har bir buyruqni animatsiya ko‘rinishda tasvirlash mumkin.

14-rasm.
Bundan tashqari, blok sxemalarda biror bir shart bajarilganda odam personajlariga 30 dan ortiq harakat turlarini (salta olish, qarsak chalish, o‘ngga yoki chapga harakatlanishi, ularning yuzlarida emotsional o‘zgarishlarni, ma’lum bir so‘zlarni gapirishlari va hakazo) bajartirish mumkin. Dasturning bunday imkoniyati o‘quvchining (talabaning) darsdan zerikishining, e’tibori pasayishining oldini oladi. Bu esa ma’lum ma’noda ta’lim samaradorligiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Xush bu dasturlarni qaerdan qanday qilib olish mumkin?
Buning uchun siz quyidagi ko‘rsatmalarni bajaring.
1. Internet brauzerga http://www.yenka.com saytini tering.
2. http://www.yenka.com sayti orqali Ruyhatdan o‘ting
3. Ro‘yhatdan o‘tganingizdan keyin o‘quv muassasalari uchun uy sharoitida foydalanish bepul hisoblanadi. Bunda siz uchun maxsus kod beriladi.
4. Saytning Downloads bandidan (http://yenka.com/file/YK/3.0.1/Yenka_3_0_1_Setup.exe) 61 M hajmdagi dasturni kompyuteringizga ko‘chirib oling.
5. Ruyhatdan o‘tganingizdan keyin berilgan kodni terib, dasturni ishga tushiring
Shuningdek, Crocodile Clips Ltd umuman litsenziya talab qilmaydigan (Free software) dasturlari ham mavjud. Bu dasturlar Crocodile Science Player va Crocodile ICT Player hisoblanadi. Bu dasturlarni http://www.crocodile-clips.com/en/Downloads/ murojatidan ko‘chirib olishingiz mumkin.

XULOSA
Fizikaning turli bo’limlarida qo’llaniladigan pedagogik dasturiy vositalar muhiti, informatsion ta’lim muhiti, intellektual o’qitish tizimlari, multimediali darslar, keys laboratoriyalar, fizik xodisaning kompyuter modelini yaratish va dasturiy ta’minotini yaratish sohasidagi o’quvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarga yo’naltirilishi katta amaliy ahamiyatga ega. Bu bobdan xulosa qilib shuni aytish mumkin,bu bobni o’qib o’zlashtirgan fodalanuvchi Flash oynalaridan va menyularidan foydalanish yo’llari haqida ma’lumot oladi.Masalan vaqt diogrammasida kadrlarni tasvirlash formatlari,xususiyatlar inspektori, foydalanuvchi interfeysni sozlash,klavishalarni belgilash,haqidagi menyular hisoblanadi.Flash dasturida foydalanuvchi o’zi qulay tarzda kerak bo’lgan kompanentlar va buyruqlarni klviatura yordamida tez va aniq amalga oshirilishi mumkin.Bu narsa foydalanuvchiga vaqtdan unumdor foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.Flash (SWF) formati eng kuchli formatlardan biri bo’masada (SWF) yaratuvchilarga grafikani imkoniyatlari,grafika bilan ishlovchi vositalari va natijani Web-sahifalarga qo’shish mexanizmlarni birlashtirish o’rtasida eng qulay yechimdir.Flash dasturinig yana bir qulay ta’rafi shundaki kompyuter dasturlarida muammosiz ishlaydi.Bundan dasturlar hozirgi zamon talabiga javob beradigan dasturlardan iborat. Ikkinchi bobda Flash dasturi yordamida geometrik masalalarni tayyorlash haqida ma’lumot oladi.Masalan geometriyaning planimetriya hamda steriometriya bo’limlariga doir tayyorlangan masalalar haqidagi ma’lumotlar mavjud bo’lib ,o’quvchi Flashda geometrik masalalarni qanday tayyorlanishi va uning dasturlari haqida ma’lulotga ega bo’ladi.Bu yaratilgan dasturdan geometriya darsini o’tishda ,ko’rgazmali qurollar o’rnida fodalanish mumkin.
Biroq, virtuallarning ham kamchiliklari bor. Eng asosiysi - bu o'rganish ob'ekti, asboblar, jihozlar bilan bevosita aloqaning yo'qligi. Texnik ob'ektni faqat kompyuter ekranida ko'rgan mutaxassisni tayyorlash mutlaqo mumkin emas. Ehtimol, ilgari faqat kompyuterda mashq qilgan jarrohga murojaat qilmoqchi bo'lganlar bo'lishi mumkin. Shuning uchun eng oqilona echim an'anaviy va virtual laboratoriya ishlarini o'quv jarayoniga ularning afzalliklari va kamchiliklarini inobatga olgan holda joriy etishni birlashtirishdir. Fizikani o'rganishda virtual laboratoriya ishlaridan foydalanish ahamiyatlidir. Fizikani chuqur anglash nazariyani o'rganish va uni turli hisoblash, sifatli va eksperimental muammolarni hal qilish uchun virtual laboratoriyalar qo'l keladi. Agar o’quvchi ma'ruzalarda nazariy savollar bilan tanishsa, unda nazariya laboratoriya mashg'ulotlarida qo'llaniladi va bundan tashqari, jismoniy o'lchovlarni o'tkazish, natijalarni qayta ishlash va taqdim etishda amaliy ko'nikmalar shakllanadi. Laboratoriya ishlariga mustaqil tayyorgarliksiz, o’quvchilar tomonidan laboratoriya ishlari natijalarini sifatli va muvaffaqiyatli himoya qilish mumkin emas. Keyingi darsga tayyorgarlik ko'rish jarayonida birinchi navbatda ushbu qo'llanmada bajarilgan ishlarning tavsifini o'rganish kerak. Shuning uchun darslikdagi har bir ish uchun ish mavzusiga mos keladigan materialni o'qish kerak. Uning asosiy nazariy tamoyillarini o'zlashtirmasdan, o'lchash tartibining mantig'idan xabardor bo'lmasdan, ushbu ish bilan bog'liq o'lchov vositalaridan foydalanmasdan ishni boshlash mumkin emas.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent “Sharq” nashriyoti.
2. O’zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim Standarti O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi “Ma’rifat” gazetasi 2000-yil 4-noyabr N86-son.
3. Dranov Vladimir “Macromedia Flash MX. Sank-Peterburg 2003-yil. 620-628-bet.
4. Aripov M. “internet va E-mailda ishlash“. Universitet nashriyoti 2006-yil 203-210-bet.
5. Begimqulov U.Sh, Mamarajov M.E, Tursunov S.K. “Flash MX dasturi va undan ta’limda foydalanish imkoniyatlari” Toshkent 2006-yil 23-42-bet.
6. http: //Web-silver.ru/
7. http: //MX-Flash.ru/
8. Sayfullayeva H.M “Geometriya” kasb-hunar kollejlari uchun. Toshkent “O’qituvchi” 2000-yil 62-64-bet.
9. Isroilov I., Pashayev Z. “geometriyadan masalalar to’plami. “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun sinov darsligi. Toshkent “O’qituvchi” 2000-yil 35-38-bet.



Download 0,65 Mb.
1   2   3   4




Download 0,65 Mb.