IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI




Download 446,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.12.2023
Hajmi446,59 Kb.
#127023
1   2   3
Bog'liq
Ernazarova Nargiza

IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
 
5 IYUN / 2022 YIL / 19 – SON 
516 
ma’lumotlarni birga tahlil qilishni o’rganishadi. Kattalar ta’limida qo’llaniladigan interfaol 
metodlar ularning yosh xususiyati va tajribasini hisobga olib tanlanishi kerak bo’ladi. 
A.I.Kukuyevning fikriga ko'ra, tajriba tahlili - andragogik yondashuvning asosiy metodi bo'lib 
hisoblanadi. Ta'lim oluvchilarar bir-biridan - tajribaning mavjudligi va xarakteri, shuningdek 
o'quv faoliyatidagi tajribalarining borligi bilan farqlanadi. - Tajriba katta yoshli ta'lim 
oluvchilarning o'qishni davom ettirishga bo'lgan ehtiyojining asosidir. - Katta yoshdagi ta'lim 
oluvchilar o'z tajribasini tahlili orqali yangi bilimlarga ega bo'ladilar. - Tajriba almashinuvi bu 
kattalar uchun muhim rag'batlantiruvchi omil va yangi tajribaga ega bo'lishning eng qisqa 
yo'lidir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, tajriba almashinuvi imkonini beruvchi 
metodlardan foydalanish, dasurlash bo’yicha yangi bilimlarni o’zlashtirilishini ta’minlaydi. 
Bunday metodlardan biri Sinonim kodlar metodi. Ushbu metodning asosiy maqsadi dastur 
lavlarini o’xsash lavalar bilan almashtirish orqali ta’lim oluvchilarda dasturni o’qib, tushunish, 
tahlil qilish va uni soddalashtirish ko’nikmalarini shakllantirish, bir qiymatli dastur lavhalarini 
aniqlab, ulardan optimalini tanlay olish. Ushbu metoddan refleksiyani amalga oshirishda ham 
foydalanish mumkin. Metodda qo’llaniladigan vositalar: Har bir tinglovchi uchun 1 ta dastur 
yozilgan tarqatma material. Metodning qo’llanilishi: Ma’ruza so’ngida, amaliy mashg’ulotlarda, 
yakka tartibda yoki guruhda qo’llash mumkin. Metodning amalga oshirilish bosqichlari: 
NATIJALAR VA MUHOKAMA 
Tinglovchilarga tayyor dastur tarqatma varoqlarda beriladi. Tinglovchilar dastur 
lavhalarining ixtiyor qismiga shunday almashtirish kiritishlari kerakki, bu almashtirish dastur 
natijasiga ta’sir o’tkazmasin. Masalan, x*x=>x**2 Ya’ni, sinonimik o’zgartirish talab qilinadi. 
Tinglovchilar imkon qadar ko’proq alamshtirishni amalga oshirishlari kerak bo’ladi. Eng ko’p 
almashtirishni amalga oshirgan g’olib bo’ladi. Dastur hajmidan kelib chiqib vaqt bo’yicha 
cheklov qo’yilishi mumkin. Vaqt so’ngida eng ko’p almashtirishni bajargan tinglovchi o’zining 
javoblarini izohlab, taqdimot o’tkazadi. Shundan so’ng, qolgan tinglovchilar qo’simcha javob 
variantlarini taqdim qilishadi. Ko’proq almashtirish imkoni bo’lishi uchun dasturda 
quyidagilardan foydalanish mumkin: - Qisqartirish amalga oshirilmagan formulalarni. 
3*x+7*y-5*x => 7*y-2*x - Takrorlanishda ortiqcha qadamlar. 
Masalan 10 gacha sonlar yig’indisini hisoblashda: 
s=0 for i in range(10): 
s=s+i print(s) => 
s=0 for i in range(1,10): 
s=s+i print(s) - Math modulining funksiyalaridan. 
Masalan pow(5,6) =>5**6 - Har doim bajariluvchi yoki hechqachon bajarilmaydigan 
dastur lavhalari. 
Masalan: if True: 
print("salom") => 
print("salom") 
n=int(input("n=")) 
if n>3 and 5>8: 
print("salom") => 
Shart operatorini yozmaslik mumkin. Chunki shart n ning harqanday qiymatida yolg’on 
natija qaytaradi. Parametrli takrorlanishlarni qadamlar orqali boshqarish 



Download 446,59 Kb.
1   2   3




Download 446,59 Kb.
Pdf ko'rish