II-Bob. Yoshlar bandligini ta’minlash masalalari




Download 0.69 Mb.
bet5/8
Sana07.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#33666
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
islambek Kursoboy
«geoaxborot tizimlari», 1, Labaratoriya ishi 3, 1.GREECE.SUP., Investitsion loyihani tahlil qilish (1), Aylanmadan olinadigan soliq to’lovchilari, soliq obyekti, soliq , 407-guruh talabasi Nishonova Ismigul, 4-laboratoriya ishi
II-Bob.
Yoshlar bandligini ta’minlash masalalari
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-mart kuni oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, oʻz sohasining ustalari boʻlgan insonlarga bogʻliq. Shu bois mamlakatimizda aynan taʼlim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Qayd etilganidek, hozirgi kunda oliygohlarimizda 510 ming nafar talaba kunduzgi taʼlim shaklida oʻqimoqda (jami 820 ming nafar). Davlatimiz rahbari topshirigʻiga muvofiq, talabalar bilan suhbat va soʻrovnomalar oʻtkazildi. Talabalarning 100 ming nafarga yaqini ishlash va qoʻshimcha daromad topishga ehtiyoji borligini bildirgan. Ayniqsa, ular orasida 7,5 ming chin yetim yoki nogironligi boʻlgan hamda 4,5 ming nafar turli “daftarlar”ga kiritilgan talabalar bor.
– Oliygoh katta oila. Bu oilani rahbari - rektor. Ota-onalar eng katta boyligini, farzandini sizlarga topshirgan. Shuning uchun rektorlar har bir talaba bilan shaxsan uchrashishi shart. Bu borada haqiqiy holatni bilib, talabalarning oilaviy ahvoli, sharoiti, qanday oʻqiyapti, muammolari va takliflari, xullas, hammasi haqida har oyda hisobot beradi va bu masalaga shaxsan masʼul boʻladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etilganidek, bugungi kunda talabalar ishlashi mumkin boʻlgan 105 mingta vakant ish oʻrni mavjud. Taʼlim va xizmat koʻrsatish sohalarida – 22 mingtadan, sanoatda – 17 ming, sogʻliqni saqlashda – 9 ming, qurilish va qishloq xoʻjaligida – 6 mingtadan, moliya sohasida – 3 ming, aloqa va IT sohasida – 2,5 ming ish oʻrni bor.
– Mutasaddilar ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini taʼminlashi shart, – dedi davlatimiz rahbari.
Yigʻilishda bu ishlarni tizimli tashkil etish uchun Bosh vazir rahbarligida respublika komissiyasi tuzilishi maʼlum qilindi. Shuningdek, viloyat hokimlari boshchiligida hududlarda ham shunday komissiyalar tashkil etiladi.
Komissiya viloyat hokimlari va rektorlar bilan birga vakant oʻrinlarni tahlil qilib, har bir viloyat boʻyicha birinchi, ikkinchi va uchinchi kurs talabalarining kamida 30-40 foizini ishga joylash choralarini koʻradi. Bundan tashqari, bitiruvchi kurslar talabalarining kelgusidagi ish joyini belgilab oladi va ularni haq toʻlanadigan 3-4 oylik stajirovkaga yuboradi.
Davlatimiz rahbari oliygohlardagi boʻsh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish orqali ularda pullik kurslar, toʻgaraklar va boshqa xizmatlar hamda ishlab chiqarishlar tashkil etish orqali ish oʻrinlari yaratish mumkinligini taʼkidladi.
Rektorlar oliygohlarning yoʻnalishiga qarab, aholi va tadbirkorlarga pullik xizmatlar koʻrsatib, 5 ming nafar talabaga qoʻshimcha daromad olish imkoniyatini yaratishi shartligi qayd etildi.
Mutasaddilarga har bir oliygohda bir oy muddatda bandlik markazlari, shuningdek, oʻn kun muddatda bu yerdagi boʻsh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratib, kamida 10 tadan pullik kurslar, maishiy va boshqa xizmatlarni tashkil etish vazifasi topshirildi. Bu orqali 5 ming nafar talaba daromad keltiradigan ish bilan band boʻladi.
Ushbu ishlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratib beriladi. Jumladan, oliygohlar hududida pullik oʻquv kurslari, sport toʻgaraklari va boshqa xizmatlarni tashkil etgan talabalar daromad soligʻidan ozod qilinadi. Umuman, talabalarning oliygohlar hududidagi loyihalari uchun 100 milliard soʻm kredit resurslari ajratilishi koʻrsatib oʻtildi.
Bundan tashqari, rektorlar bir oy muddatda oʻz hududida talabalar boʻsh vaqtida ishlab, daromad topishi uchun bittadan kovorking markazini tashkil etishni boshlashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Yana bir masala – oliy oʻquv yurtlaridagi boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi lavozimlari boʻyicha mavjud vakant joylarda 3 mingdan ziyod talaba bandligini taʼminlash mumkin.Toshkent tibbiyot akademiyasida 70 nafar talaba ish yurituvchi, kafedra laboranti, kutubxonachi, omborchi kabi lavozimlarda ishlamoqda. Lekin hozir oliygohlardagi koʻp lavozimlarga oliy maʼlumot boʻlishi talab etiladi. Shu bois istisno tariqasida rektorlarga oʻz tizimidagi lavozimlarga talabani bilim va salohiyatidan kelib chiqib ishga joylashtirishga ruxsat etilishi belgilandi.
Bundan tashqari, barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalar uchun ishlashga ruxsat beriladigan boʻldi.Masalan, oliygohlar atrofidagi shahar maktablari va bogʻchalarida 13 ming vakant ish oʻrni mavjud. Mutasaddilarga bir oy muddatda kamida 10 ming nafar talabani ular uchun joylashuvi qulay boʻlgan maktab va bogʻchalarga ishga joylashtirish choralarini koʻrish vazifasi qoʻyildi.
Markaziy bank tajribasi asosida talabalarning haq toʻlanadigan stajirovkalarini tashkil etish va ularning yakunida eng yaxshi stajerlarga ish taklif etish tizimi iqtisodiyot, moliya, qurilish, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi vazirliklari, soliq, kadastr idoralari ham joriy etilishi belgilandi.Ushbu yangi tizim orqali, har yili 3 ming nafar talabaning bandligi taʼminlanadi.
Yigʻilishda davlat grantlari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga 2022-yilda kamida 3 ming nafar talabani jalb qilish lozimligi aytildi. Shu maqsadda oliygohlardagi ilmiy loyiha guruhlari tarkibining kamida 40 foizini talabalar hisobidan shakllantirish vazifasi belgilandi.
Davlatimiz rahbari viloyat va shahar hokimlari rektorlar bilan birgalikda oliygohlar va xususiy sektor oʻrtasida hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻyib, 30 ming nafar talabani ish bilan band qilishi lozimligini taʼkidladi. Bunda viloyat hokimlari ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkalari, talabalar uchun biznes uchrashuvlar tashkil etishi belgilandi.
Viloyat hokimlari ikki oy muddatda oliygohlar bilan yirik kompaniya, klaster va boshqa korxonalar oʻrtasida hamkorlik tizimini yaratib, yil yakuniga qadar 10 ming nafar talabaning bandligini taʼminlashi belgilandi.
Yigʻilishda 2021-yilda talabalar yotoqxonasi boʻyicha tizim yaratilgani taʼkidlandi. Lekin, barcha hududlarda ham ishlar bir xilda olib borilmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Bir oy ichida bu borada oʻzgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinishi maʼlum qilindi.Qaysi oliygoh rektori yotoqxona qurilishining 50 foizini oʻzi rahbarlik qilayotgan OTM mablagʻi hisobidan amalga oshirish tashabbusini bildirsa, qolgan 50 foizi byudjetdan qoplab berilishi belgilandi.
– Yana bir dolzarb masala. Bugungi kunda Ukraina oliygohlarida 370 dan ziyod yoshlarimiz taʼlim olmoqdalar va shundan 200 ga yaqini vatanga qaytarildi. Qolganlarini ham yaqin bir haftada qaytarish uchun barcha choralarni koʻryapmiz, - dedi Prezidentimiz.Tegishli komissiya tashkil etilib, bir hafta muddatda Ukrainadan qaytgan talabalarning mamlakatimiz oliygohlarida oʻqishini davom ettirishi uchun barcha sharoit yaratib berishi koʻrsatib oʻtildi.Mutasaddilar yigʻilishda muhokama qilingan vazifalar ijrosi boʻyicha qilinadigan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Download 0.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-Bob. Yoshlar bandligini ta’minlash masalalari

Download 0.69 Mb.