I.2. Oliy ta’lim tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish




Download 0.69 Mb.
bet4/8
Sana07.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#33666
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
islambek Kursoboy
«geoaxborot tizimlari», 1, Labaratoriya ishi 3, 1.GREECE.SUP., Investitsion loyihani tahlil qilish (1), Aylanmadan olinadigan soliq to’lovchilari, soliq obyekti, soliq , 407-guruh talabasi Nishonova Ismigul, 4-laboratoriya ishi
I.2. Oliy ta’lim tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish
Ta’lim strategik ahamiyat kasb etib, shaxs va jamiyat hayotida asosiy mavqeni egallaydi. Shaxs faqatgina gender tenglik va о‘ziga xoslik hisobga olinib tashkil etilgan ta’lim jarayonida olingan bilim yordamida uzluksiz texnologik innovatsiyalarni о‘zlashtirishi mumkin. Gender nazariyasining vujudga kelishida ijtimoiy-madaniy rivojlanishning muqobil nazariyasiga aylangan feminizm hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Feminizm − (fransuzcha “feministe”, lotincha “femina” − “ayol”) xotin-qizlarni kamsitishlardan xalos etishni targ‘ib etuvchi, ular mavqeyini jamiyatdagi ijtimoiy voqealar hosilasi sifatida о‘rganuvchi oqimdir. [1.56] XX asrning 70-yillarida Z. Freyd va R. Xof g‘oyalari bilan sug‘orilgan an’anaviy-ijtimoiy fandan qoniqmagan feminizm nazariyotchilari о‘zlarining g‘arb mamlakatlariga xos madaniy, tarbiyaviy, nazariy-uslubiy yondashuvlarini ifodalay boshladilar. Feministik g‘oyalarning madaniyat va ta’lim-tarbiyaning turli sohalariga kirib borishi nihoyatda jadal sur’atlar bilan davom etdi. 70-yillarning boshida hammani hayratga solgan bahs-munozaralar, genderga nisbatan yondashuvlar va qarashlar asta-sekinlik bilan jamiyat a’zolari ongiga singa boshladi. Amalda jinsiy chegaralashga qarshi kurash BMTning xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish tо‘g‘risidagi konvensiyasida ham e’lon qilingan. Ushbu g‘oyalar YUNESKO faoliyati, shuningdek, kо‘p sonli ijtimoiy madaniy, ta’lim muassasalari, о‘qituvchilar va ijtimoiy soha xodimlari uchun qо‘llanmalar chop etadigan tashkilotlar manfaatlariga uyg‘un bо‘lib, jinsiy chegaralashga oid aqidalarni bartaraf etishga xizmat qila boshladi5.
Rivojlangan mamlakatlar о‘quv jarayonida gender farqlar va о‘xshashliklarni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladigan о‘quv kurslari ham yuzaga keldi. Mazkur maqsadni amalga oshirish jarayonida mavjud о‘quv dasturlarini yangi pedagogik texnologiya va zamonaviy usullarni qо‘llagan holda takomillashtirish eng birinchi vazifa hisoblanadi. Takomillashtirilgan о‘quv dasturlarida о‘g‘il va qiz bolalar tengligi, qolaversa, barcha fanlar bо‘yicha о‘quv materiallarining gender tenglik va farqlar asosida belgilab berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ta’lim jarayoni yangi о‘quv vositalari – metodik materiallar va didaktik ishlanmalar yaratishni talab qiladi. О‘z navbatida, о‘quv-metodik materiallar nazorat vositalari bilan bog‘liq ravishda tanlanishi lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, istiqlolda о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini nazorat qilish nafaqat о‘zlashtirish, balki о‘g‘il va qiz bolalarning har biriga xos bо‘lgan tushunish, bilimlarni amaliy qо‘llash va ijod kо‘nikmalarini aniqlash asosida ham amalga oshirilishi lozim. Bu holat о‘quvchilarning bilim darajasiga ijobiy ta’sir kо‘rsatibgina qolmay, yangi sifatga ega bо‘lgan aql-zakovat egasini tarbiyalaydi, ya’ni u о‘ziga xos shaxsni shakllantirib, ular ongini о‘stirish, shuningdek, dunyoning ijtimoiy, informatsion, texnologik va iqtisodiy о‘zgarishlariga moslashishlariga katta yordam beradi. О‘quvchilarni tarbiyalash va ularni bо‘lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda umummehnat kо‘nikmalari katta о‘rin tutadi. BMT Bosh
Assambleyasining 2000-yildagi “Xotin-qizlar – 2000: Gender tenglik, taraqqiyot va tinchlik” mavzusidagi maxsus sessiyasi materiallari, Jahon banki tomonidan tayyorlangan sо‘nggi tadqiqotlar shuni kо‘rsatmoqdaki, iqtisodiy rivojlanish bilan gender tenglik о‘rtasida uzviy bog‘lanish mavjud. Mazkur muammoning jamiyat taraqqiyotida muhim о‘rin tutishini sо‘nggi yillarda Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida ushbu sohaga bо‘lgan qiziqishning ortib borayotganligi misolida ham yaqqol kuzatish mumkin. Jinsga asoslangan ta’lim-tarbiya о‘quvchini kelajakdagi hayotga tayyorlashda har tomonlama ta’sir kо‘rsatadigan ta’limiy-tarbiyaviy, ma’rifiy vositalar yig‘indisidir.
Qadimgi madaniyat va xotin-qizlarga ularni an’anaviy ravishda ona va ayol deb qarash amaliyoti barcha darajalarda ustunlik qila boshladi. Hozirda aholining huquqiy madaniyati darajasi ortib bormoqda. Xotin-qizlarni tom ma’noda yangi, demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatining teng huquqli bunyodkoriga aylantirish yо‘lida insoniyat ma’naviyat xazinasiga tayanadi. Pedagogika fanida erishilayotgan eng muhim yutuqlardan biri gender tenglik va farqlar asosida ta’lim berish imkoniyatlarining ochilayotganligidir. Bu hodisa ta’limni gumanitarlashtirish nuqtayi nazaridan ham alohida qimmatga ega6.
Gender nazariyasi erkaklar va xotin-qizlarga xos xususiyatlarni farqlash masalasiga turli nuqtayi nazardan yondashadi. Jinslar о‘rtasidagi asosiy farqlar erkak va ayolning ijtimoiy о‘ziga xosligida namoyon bо‘ladi. Ushbu farqlar jamiyatda ijtimoiy institutlar, me’yorlar va madaniy qarashlar vositasida shakllangan. Bunda gender farqlarning ijtimoiy jihatlari muhim ahamiyatga egadir. Gender tabaqalashtirish jamiyat va ta’lim tizimida ijtimoiy-pedagogik jihatdan insonparvarlik tizimini rivojlantirishga asos bо‘ladi. Gender pedagogikasining asosi о‘g‘il va qiz bolalar ta’limining о‘ziga xos jihatlarini quruq tavsiflash emas, balki gender tabaqalashtirish vositasida shakllantiriladigan о‘quv, ijtimoiy kо‘nikmalardir.
Korxona rahbarlari о‘rtasida ayollar sonining kо‘payishi kuzatilsa-da, ular faoliyatini oila doirasi bilan chegaralash tamoyili mavjud. Istiqlolga erishilgan dastlabki yillardan boshlab О‘zbekistonda bu tendensiyani bartaraf etish va hayotning barcha jabhalarida ayollar mavqeyini kо‘tarish borasida sezilarli sa’yharakatlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan о‘rin olishida о‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Mana shunday о‘zgarishlar barcha jabhalarda bо‘lgani singari ta’lim-tarbiya tizimida ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, qadriyatlarimizni tiklash, о‘zligimizni anglash, о‘quvchilar dunyoqarashida milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, ta’lim tizimini qayta qurish, har tomonlama yetuk, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash bosh vazifa qilib qо‘yildi. Gender bilan bog‘liq bо‘lgan xatti harakatga oid kо‘rsatmalar, mehnatning erkaklar va xotin-qizlar mehnatiga bо‘linishida yaqqol namoyon bо‘ladi. Ushbu asoslar yordamida oliy ta’lim tizimida talaba-qizlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning ilmiy asoslari va texnologiyasini ishlab chiqish davr talabidir. Ta’lim tizimi jamiyatda nafaqat texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili, balki ma’naviy va iqtisodiy rivojlanishning muhim strategik vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu bois mustaqil mamlakatimizda ta’lim sohasiga yil sayin katta e’tibor qaratilmoqda. Respublikamiz oliy ta’lim tizimida gender yondashuv asosida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti bо‘yicha tadqiqotlarning olib borilishi bо‘lg‘usi mutaxassislar ijtimoiy faolligining dunyodagi eng yangi tahliliy yutuqlar asosida shakllanishiga yordam beradi. Hozirgi davrda oila, ta’lim, din, madaniyat kabi jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishdagi tarbiyaviy ahamiyati mazkur jarayon samaradorligini oshiradi.


Download 0.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.2. Oliy ta’lim tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish

Download 0.69 Mb.