II.1. Oliy o’quv yurtlari talabalari bandligi ta’minlash




Download 0.69 Mb.
bet6/8
Sana07.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#33666
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
islambek Kursoboy
«geoaxborot tizimlari», 1, Labaratoriya ishi 3, 1.GREECE.SUP., Investitsion loyihani tahlil qilish (1), Aylanmadan olinadigan soliq to’lovchilari, soliq obyekti, soliq , 407-guruh talabasi Nishonova Ismigul, 4-laboratoriya ishi
II.1. Oliy o’quv yurtlari talabalari bandligi ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori, 29.05.2021 yildagi SQ-311-IV-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING QARORI
TA’LIM MUASSASALARI BITIRUVCHILARINI ISH BILAN TA’MINLASHDAGI DOLZARB MUAMMOLAR YUZASIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASIGA PARLAMENT SO‘ROVI YUBORISH TO‘G‘RISIDA
Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalasini ko‘rib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi ilovaga muvofiq yuborilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi parlament so‘rovini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha 2021-yilning 5-avgustiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yozma javob taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi (B. Sayfullayev) parlament so‘roviga kelib tushgan javobni tahlil qilib, shu yilning 20-avgustiga qadar Oliy Majlis Senati Kengashiga axborot kiritsin.
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi
T. NARBAYEVA
2021-yil 29-may SQ-311-IV-son O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 29-maydagi SQ-311-IV-sonli
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
PARLAMENT SO‘ROVI
(ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan yurtimizdagi ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar o‘rganildi7.
Mamlakatimizda yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy baza yaratilgan va tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib yoshlarni, ayniqsa qishloq joylardagi yoshlarni, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar, oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — OTM) bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish belgilangan.
Mehnat kodeksining 68-moddasiga muvofiq davlat o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek, kasb-hunar ta’limi muassasalarining va OTMning davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilariga qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlasa, 84-moddasiga ko‘ra birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
Respublikamizda 2021-yil 1-yanvar holatiga mavjud bo‘lgan 19 mln 100 ming nafar mehnat resursining 14 mln 800 ming nafari iqtisodiy faol aholi hisoblanadi. Shundan 13 mln 200 ming nafari o‘z ish-joyiga ega, 1 mln 600 ming aholi bandligini ta’minlash talab etiladi (805 ming kishidan ortig‘i 16 — 30 yoshdagi ishsizlardir).Shuningdek, mehnat bozoriga 2021-yilda jami 560 ming bitiruvchi (103 ming nafari OTM, 438 ming nafari umumta’lim maktablari, 18 ming nafari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari) kirib keladi. Natijada 2021-yilda yoshlar bandligini ta’minlash uchun ehtiyoj 1 mln 365 ming nafardan ortiqni tashkil qiladi.
Respublikada 131 ta OTMda bakalavriatda 134 ta ta’lim yo‘nalishi, magistraturada 147 ta mutaxassislik yangidan tashkil qilingan. Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2030-yilga qadar 50 foizga yetkazish belgilangan.
Mamlakatimizda 2020/2021 o‘quv yili kollej va texnikumlarga qabul qilingan dastlabki o‘quvchilar 2022-yilda mazkur muassasalarni bitiradi.Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash yil sayin yanada dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib boradi.Lekin hozirda respublikada aynan tarmoqlar kesimida oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganish tizimi joriy etilmagan.
Oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalarini belgilash va kadrlar tayyorlashda mehnat bozori talablariga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotgani oqibatida bitiruvchilarning aksariyati o‘z kasbi bo‘yicha ishlamayapti. Natijada oliy ma’lumotga ega bo‘lgan 28 minga yaqin bitiruvchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuritiladigan Yagona Milliy Mehnat Tizimida korxona va tashkilotlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq jami 116 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari (Toshkent shahrida 23 417 ta, Toshkent viloyatida 21 449 ta, Andijon viloyatida 10 634 ta, Farg‘ona viloyatida 9 460 ta, Samarqand viloyatida 8 644 ta, Buxoro viloyatida 8 524 ta) qayd etilgan. Biroq mazkur tizimdan yoshlar yetarli darajada xabardor emas. Qolaversa, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qilinayotgan ish haqi kontrakt asosida ta’lim olgan bitiruvchilarni qanoatlantirmaydi. Jumladan, oliy ma’lumot talab etadigan 19 177 ta bo‘sh ish o‘rni uchun 1 mln so‘mgacha, 26 754 ta bo‘sh ish o‘rni uchun 2 mln so‘mgacha ish haqi taklif etilgan.
Bundan tashqari, respublikadagi bo‘sh ish o‘rinlari, ulardagi ish haqi, ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni real vaqt rejimida kuzatib boradigan xizmatlar yo‘lga qo‘yilmagan.
2020-yilda jami band bo‘lganlarning 82 foizi yoki 11 mln 100 ming nafar aholi xususiy sektorda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bu esa tadbirkorlik subyektlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida maqsadli kadrlar tayyorlash, kadrlarga buyurtma berish tizimida bevosita to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini anglatadi.
Davlat granti asosida tahsil olayotgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash OTMni tamomlashdan bir oy avval komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olganlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadli choralar belgilanmagan.
Davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilar diplom olishi uchun kelgusida faoliyat olib boradigan ish joyidan uch tomonlama (talaba, OTM, ishga qabul qiluvchi) shartnoma olib kelish talabi, mazkur jarayonni ko‘p hollarda soxta ma’lumotlar ortishigagina xizmat qilyapti.
Ma’lumot uchun. AQSh universitetlaridagi “Ishga qabul qilish markazlari” bitiruvchilar va ish beruvchilarni birlashtiradi. Muntazam ravishda rezyumelarni shakllantirish, dastlabki suhbatlardan qanday o‘tish yuzasidan turli trening va seminarlar orqali talabalarda ko‘nikmalar hosil qilinadi.
Shuningdek, asosan texnik universitetlarda “Rekruting markazlari” tashkil etilgan bo‘lib, ular Apple, Google, Amazon kabi yirik kompaniyalar uchun talabalarni jalb qilishadi.
Rossiya universitetlaridagi “Karyera markazlari” tomonidan muntazam ravishda VKontakte, Facebook yoki Telegram guruhlarida talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyotlar haqida ma’lumotlar chop etiladi. Shuningdek, eng yaxshi ish beruvchilar bilan birga ma’ruzalar, master-klasslar va vorkshoplar o‘tkaziladi.
Markazlar barcha talabalar, shu jumladan, nogironligi bor shaxslarga keng imkoniyatlarni yaratib beradi.Finlyandiyadagi oliy ta’lim muassasalaridagi maxsus bandlik xizmatining asosiy faoliyati — mehnat bozoridagi mutaxassisliklarga bo‘lgan talabni o‘rganish va talabalarni kasbiy yo‘naltirishdan iborat.
Yaponiyada har yili aprel oyida tanlov shaklida ishga qabul qilish amalga oshiriladi.Tanlovdan o‘tgan talaba to‘rt haftagacha majburiy qisqa muddatli o‘quv kursini o‘taydi va tashkilot faoliyati bilan chuqur tanishtiriladi. Yaponiyada “umrbod bandlik tizimi”, deb nomlangan dastur mavjud bo‘lib, unga ko‘ra bir kishining bitta kompaniyada 55 — 60 yil davomida ishlashiga kafolat beriladi.
Avstraliyadagi Sidney universiteti talabalari real sanoat loyihalarida ishtirok etishlari mumkin hamda Sidney bilim markazida startaplar, notijorat va korporativ tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Polshada bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida hukumatning “Birinchi ish” dasturi faoliyat ko‘rsatib, bitiruvchi maqomi bitiruv kunidan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
Qozog‘istonda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Diplom bilan qishloqqa” dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur loyiha ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, madaniyat va sport, veterinariya yo‘nalishlarida tahsil olgan bitiruvchilarga qo‘shimcha imtiyozlar beradi.
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlashdagi yana bir muammo ish beruvchilarning namunaviy shtat birliklari zamonaviy mehnat bozori talablariga javob bermasligi bilan bog‘liq. Shuning uchun davlat va boshqaruv organlari, vazirliklar namunaviy shtat birliklarini tahlil qilish zarurati mavjud.
Ma’lumot uchun, 2004-yildan buyon oliy ma’lumotli Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari) bakalavrlari va magistrlari tayyorlanib kelayotgan bo‘lsa-da, ijtimoiy himoya muassasalari — Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylari, Bandlik markazlarining namunaviy shtatlar birliklarida ushbu yo‘nalishdagi oliy ma’lumotli kadrlar nazarda tutilmagan. Xususan, ijtimoiy-madaniy faoliyat bakalavrlari va magistrlari Madaniyat vazirligi tomonidan namunaviy shtat jadvaliga kiritilmagani natijasida mazkur yo‘nalishda tahsil olgan bitiruvchilar ishga joylasha olmayapti.
Huddi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mashg‘ulotlar Milliy standart tasniflagichida ko‘rsatilgan siyosatshunos, sotsiolog kabi oliy ma’lumotli kadrlar ham tegishli ish beruvchilarning namunaviy shtat birliklariga kiritilmagan.Sog‘liqni saqlash vazirligi sobiq Ittifoq davridagi namunaviy shtat jadvali asosida, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari 1996-yildagi namunaviy shtat jadvali asosida faoliyat olib bormoqda.
YUNISEF tomonidan 2020-yil 11-dekabrda e’lon qilingan ma’ruzada O‘zbekistonda yoshlarning salmoqli ulushi (54,6%) o‘qimasligi, ishlamasligi va o‘rta ta’lim olganidan so‘ng kasbiy tayyorgarlikdan o‘tmay qolayotgani alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Minglab yoshlar norasmiy ravishda himoyalanmagan mehnat bilan bandligiga e’tibor qaratilgan.
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlarning o‘z-o‘zini band qilishini ta’minlash masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilanganiga qaramay, sohada qator muammolar saqlanmoqda.
Xususan, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan “Yoshlar orasida tadbirkorlik muhiti va uning muammolarini aniqlash” mavzusida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 31 foiz yosh tadbirkorlar bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik va davlat sektorida faoliyat ko‘rsatadi. Bunga mehnat staji, tadbirkorlikning ertangi kuniga ishonch mustahkam emasligi va tadbirkorlikda muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ijtimoiy himoyalanish zarurati sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Shuningdek, tadqiqotda ishtirok etgan yoshlar tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining to‘liq asosda ijro etilmasligi, byurokratizm, ijtimoiy adolat tamoyilining buzilishi, dastlabki mablag‘ning yo‘qligi, imtiyozli kredit mablag‘larining o‘z vaqtida berilmayotganligi kabi omillar yoshlar tadbirkorligiga to‘siq bo‘layotganini bildirgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasi hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati:
1. Davlat oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlarini shakllantirishda hududlar kesimida aholi soni dinamikasi, barcha ish beruvchilar, ayniqsa, xususiy sektorning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini prognoz-tahlillar asosida aniqlash va inobatga olish;
2. Doimiy ravishda yo‘nalishlar, mutaxassisliklar bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida, hududlar kesimida oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilariga bo‘lgan talabni monitoring qilib borish;
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quv rejalarini tuzishda ish beruvchilar va zamonaviy mehnat bozori, ishlab chiqarish talablariga muvofiqligiga e’tibor qaratish;
4. Tadbirkorlik subyektlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida maqsadli kadrlar tayyorlash, kadrlarga buyurtma berish tizimi mavjudligini o‘rganish;
5. Umumiy o‘rta, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha maxsus kurslar joriy etish;
6. OTM bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashkil topgan elektron baza mavjudligini va uning amaliy imkoniyatlarini o‘rganish;
7. Talabalarni kelgusidagi mehnat faoliyatiga yo‘naltirish borasida OTMlarda tashkil etilgan ishlar;
8. Korxona va tashkilotlarda talabalarning amaliyot o‘tashi uchun yetarli shart-sharoit tashkil qilish va kelgusida mehnat shartnomalarini tuzish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
9. Kollej va texnikumlarni 2022-yilda tamomlaydigan bitiruvchilar bandligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar;
10. Xizmatchilarning lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini takomillashtirish hamda unga kiritilgan o‘zgarishlarning ish beruvchilar namunaviy shtat birliklari bilan mosligini o‘rganish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar;
11. Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yosh tadbirkorlar uchun kredit olishda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish maqsadida tizimni qayta ko‘rib chiqish;
12. Yosh tadbirkorlar uchun “huquqiy maslahatxonalar”, “biznes inkubatorlar” xizmatini yo‘lga qo‘yish;
13. Mehnat bozorida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ulardagi ish haqi, ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni real vaqt rejimida kuzatib boradigan elektron resurslarning zamon talablariga muvofiqligini o‘rganish;
14. Vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish, ularga mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlar bilan ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda ko‘zda tutilayotgan rejalar to‘g‘risida yozma ravishda asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazaringizni bayon qilish talabi qo‘yilgan parlament so‘rovi bilan murojaat etadi va javobingiz Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinib, uning yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilinishi ma’lum qilinadi.

Download 0.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.1. Oliy o’quv yurtlari talabalari bandligi ta’minlash

Download 0.69 Mb.