Ijtimoiy fanlar




Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/169
Sana30.05.2024
Hajmi8,04 Mb.
#257450
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   169
Bog'liq
133 Fuqarolik jamiyati

 
talablari va tamoyillarini amalga oshirish imkoni to‘la 
ta’minlanib, u jamiyatimiz ma’naviy hayotining tarkibiy qismiga aylangan. Vijdon erkinligi
 
va diniy tashkilotlar 
masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bo‘lib, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, 
adolatparvarlik va insonparvarlik kabi ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar turadi. I.A.Karimov 
ta’kidlaganidek, “So‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqod erkinligini ta’minlashimiz 
kerak. Biz odamlarning ma’naviy tarbiyasini o‘ylab, tinchlik va xayrli ishlarni ko‘zlab harakat qilayotgan har bir 
kishini qo‘llab-quvvatlaymiz, ular bilan hamkorlik qilamiz”
252
. BMT Nizomidan tortib, barcha xalqaro hujjat va 
shartnomalarda, hamma mamlakatlarning Konstitutsiyasi va qonunlarida vijdon erkinligi
 
masalasi o‘z ifodasini 
topgan. O‘zbekiston davlatining din sohasidagi siyosati ana shu deklaratsiyaning asosiy tamoyillariga mos 
tushadi. Dunyoviy davlatimizning din sohasidagi siyosati turli dunyoqarash, e’tiqodda bo‘lgan kishilar 
o‘rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy 
ta’minlanishini nazarda tutadi. Davlat qonunlarida diniy e’tiqod har kimning xususiy ishi deb belgilangan. Ayni 
vaqtda “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy 
252
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. 79-б. 


209 
birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi” (61-modda). Asosiy qonunimiz O‘zbekiston fuqarosini millati, irqi, 
jinsi va dinidan qat’i nazar, teng huquqli deb biladi, shuningdek, o‘z e’tiqodini erkin namoyon etish, ibodat qilish, 
urf-odatlar va milliy an’analarini davom ettirish va ularni hurmat qilishni kafolatlaydi. Konstitutsiyada 
belgilangan ushbu qoidalar 1998 yilda O‘zR Oliy Majlisining 11-sessiyasida qabul qilingan «Vijdon erkinligi va 
diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (yangi tahrir) Qonunda yanada kengroq ifodasini topdi. Ushbu qonuniy 
hujjatlarda belgilangan qoidalar dunyoviy demokratik davlatning dinga munosabatini aks ettiradi. Zero, 
O‘zbekistonda mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin barpo etilgan milliy davlatbu – dunyoviy xarakterdagi 
davlatdir. 

Download 8,04 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   169




Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish