|
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
|
bet | 144/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarMuddatli kredit – kredit shartnomasiga ko‘ra to‘lav muddati hali yetib kelmagan ssudadir.
Muddati uzaytirilgan kredit – ayrim hollarda kreditni qaytarish muddati kelmasdan avval qarzdor tomonidan bankka taqdim etilgan iqti-sodiy asoslangan yozma iltimosnoma asosida kreditni qaytarish mudda-tini keyinroqqa surilishi to‘g‘risida filial kredit komissiyalari qarorlari asosida Bosh bank kredit qo‘mitasi bilan kelishilgan holda ijobiy qaror qabul qilingan qarzlar.
Muddati o‘tgan kreditlar – kredit shartnomasida belgilangan qaytarish muddati, shuningdek, garchi ularning muddati uzaytirilgan bo‘lsa, uzaytirish muddati ham tugagan qarzlardir. Muddati o‘tgan kre-ditlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra qayta rasmiylashtirilgan hisoblanadi, chunki kredit shartnomasida muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun oshirilgan foiz stavkalarini qo‘llash ko‘zda tutiladi.
Nazoratchi buxgalter – mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan dast-labki nazoratdan o‘tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazorat-dan o‘tkazib amalga oshiruvchi buxgalter;
272
Obligatsiyalar – zayom oluvchilarni (emitentini) va kreditlarni (investorni) munosabatlarini rasmiylashtiruvchi qimmatli qog‘oz bo‘lib, emmitentini belgilab pul summasini kelishilgan vaqtda to‘lash shartini ifoda qiladi.
Overdraft – kontokorrent hisob raqamining maxsus shakli hisob-lanadi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bank mijozning asosiy “talab qilib olinguncha” depozit hisob raqamida qisqa muddat mobaynida debetli (qoplanmagan) qoldiq bo‘lishiga ruxsat beradi. Over-draft hisob raqamidan foydalanish huquqi eng ishonchli mijozlargagina beriladi.
Real foiz stavkasi – moliyaviy aktivning mo‘ljallangan xizmat muddati davomida yoki maqbul bo‘lgan holda, qisqaroq davrda kutila-yotgan kelgusi pul to‘lovlari yoki tushumlari oqimlarini uning sof balans qiymatigacha aniq diskontlaydigan stavka;
Rezerv kapital – aksionerlik jamiyati va boshqa tashkilotlarning xususiy valyutalarining bir qismi bo‘lib, ular foydadan chegirmalar hiso-biga xosil bo‘ladi. Ular, asosan, operatsion faoliyatlarda sodir bo‘ladigan yo‘qotishlarni to‘ldirish, asosiy kapital va daromad yaxshi bo‘lmagan holda ham dividend to‘lash hisoblarida qo‘llaniladi.
|
| |