O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI
“IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI
O.D.MIRZAYEV
BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBI
fanidan
O‘QUV QO‘LLANMA
Andijon -2023
Mirzayev O.D. Banklarda buxgalteriya hisobi. O‘quv qo‘llanma. 2023 yil, 280 bet.
Ushbu o‘quv qo‘llanma “Banklarda buxgalteriya hisobi” fani bo‘yicha tasdiqlangan na’munaviy va o‘quv ishchi dasturlari asosida tayyorlangan bo‘lib, unda banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari‚ hisobvaraqlar rejasi‚ uning tuzilishi‚ analitik va sintetik hisoblarning yuritilishi bayon etilgan.
Shuningdek, banklarning hujjatlari, hujjatlar aylanishi va mijozlar- ga bank tomonidan hisobvaraq ochish tartibi ko‘rsatib berilgan, bir qator bank operatsiyalari‚ jumladan, naqd pulsiz hisob-kitoblar‚ kassa va kre- dit operatsiyalari‚ banklararo hisob-kitoblarning hisobi va rasmiylashtiri- lishi hamda bank ichki operatsiyalariga alohida o‘rin ajratilgan.
O‘quv qo‘llanma banklarning buxgalteriya hisobini o‘rganuvchi iqtisodiy oliy o‘quv yurtlari bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan oliy o‘quv yurtlarining magistratura yo‘na- lishi talabalari, texnikum va kasb hunar maktablari talabalari, shu- ningdek, bank xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar: Umarov I. – ADU. “Iqtisodiyot” kafedrasi professori, i.f.d.
Mamayev B. – “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
KIRISH
O‘zbekistonda hozirgi kunda Markaziy bank va tijorat banklaridan tashkil topgan bank tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublika bank tizi-mini izchil ravishda isloh qilish orqali uning mustahkam va barqaror-ligini ta’minlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Natijada bank tizimida yuqori natijalarga erishilmoqda. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I.Karimovning 2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzаdа ham aytib o‘tilgan.
So‘nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar ko‘paydi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida yetakchi banklarning nizom jam-g‘armalarini oshirish uchun qo‘shimcha ravishda 500 milliard so‘mdan ortiq davlat mablag‘lari ajratildi. Umumiy aktivlari mamlakatimiz bank tizimining 90 foizdan ortig‘ini tashkil qiladigan 14 ta tijorat banki “Fitch Reytings”, “Mudis” va “Standart end Purs” kabi yetakchi xalqaro rey-ting kompaniyalarining “barqaror” degan yuqori reyting bahosini olish-ga muvaffaq bo‘ldi. 1
Banklarning barcha operatsiyalari jahon tajribasidan foydalangan holda bajarilmoqda. Bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda xalqaro andozalarga javob beradigan tarzda olib borish uchun banklar buxgalteriya hisobining yangi hisob-varaqlar rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. “Banklarda bux-galteriya hisobi” fani orqali talabalarga ushbu hisobvaraqlar rejasi asosida bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobi va rasmiylashtirish tartibi o‘rgatiladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma “Banklarda buxgalteriya hisobi” fani bo‘yicha tasdiqlangan na’munaviy hamda ishchi dastur asosida yaratilgan bo‘lib, unda banklarda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, banklarda ishlatiladigan hujjatlar va ularning turlari, bank mijozlariga hisobvaraqlar ochish tartibi batafsil yoritilgan. O‘quv qo‘llanmada Markaziy bank va tijorat banklarining hisob raqamlar rejasi, ularning strukturasi, bu rejalarning alohida xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Ma’lumki, banklar mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida juda ko‘plab operatsiyalarni bajaradi, bu operatsiyalarning buxgalteriya hiso-bini to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritish iqtisodiyotdagi hisob-kitoblarni tez-lashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro majburiyatlarini ba-
1 Karimov I.A. Аsosiy vаzifamiz – vаtаnimiz tаrаqqiyoti ва хаlqimiz fаrоvоnligini yanаdа yuksаltirishdir. – Т.: “O‘zbekiston”. 2010-yil.
3
jarishga yordam beradi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar, jumladan, naqd pulsiz hisob-kitoblar, qim-matli qog‘ozlar, kassa, qisqa va uzoq muddatli kredit operatsiyalari ham-da banklararo hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi bataf-sil yoritib berilgan. Bank asosiy vositalari, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, nomoddiy aktivlar, bank daromadlari va xarajatlarining bux-galteriya hisobini yuritish tartiblariga ham alohida o‘rin berilgan.
Banklarda bajariladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibi o‘quv qo‘llanmaning 11 ta bobida yoritib berilgan.
O‘quv qo‘llanmaning I bobida banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari, bank hisob-operatsion bo‘limining tuzilishi va ushbu bo‘lim xodimlarining vazifalari, banklarning hisobvaraqlar rejasi, uning tuzilishi, Markaziy bank va tijorat banklari hisobvaraqlar rejalari-ning o‘xshashligi va farqli tomonlari, banklarda buxgalteriya yozuvlarini bajarish asoslari, bank balansi va uning tuzilishi yoritilgan.
O‘quv qo‘llanmaning II bobida banklarda analitik va sintetik hi-sobning tashkil etilishi, Bosh va yordamchi kitob materiallari, ularni o‘zaro solishtirish va xatolarni tuzatish kabi ishlar o‘z ifodasini topgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning III bobida banklarda ishlatiladigan hujjatlar, ularning asosiy rekvizitlari, to‘ldirish tartibi, bankda hujjatlar aylanishi va bank hujjatlarni saqlash tartibi ko‘rsatilgan.
O‘quv qo‘llanmaning IV bobida banklar tomonidan mijozlarga hisob raqamlar ochish va ularni yuritish tartibi, shuningdek, ushbu hisob raqamlarni yopish, boshqa banklarga o‘tkazish va qayta rasmiylashtirish tartiblari ham ko‘rsatib berilgan.
O‘quv qo‘llanmaning qolgan V-IX boblarida bankning turli operatsiyalari, jumladan, naqd pulsiz hisob-kitob, banklararo hisob-kitob, qisqa va uzoq muddatli kredit, kassa, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalarning hisobga olinishi va rasmiylashtirilishi batafsil yoritib berilgan.
Oxirgi X-XI boblarda bankning ichki operatsiyalari bo‘lgan asosiy vositalar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, nomoddiy aktivlar, bank daromadlari va xarajatlari hisobining yuritish tartibi yoritilgan, shuningdek, bank hisobotlarini tuzilishi ko‘rsatib berilgan.
Har bir mavzuni yoritishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari va ularga kiritilgan oxirgi o‘zgartirishlar inobatga olingan. O‘quv qo‘llanmadagi har bir mavzu bo‘yicha tegishli buxgalteriya provodkalari ko‘rsatilgan va ular bo‘yicha izohlar berilgan.
4
O‘quv qo‘llanmaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, aksa-riyat mavzularning matnlarida talabalarni mustaqil ishlashiga yo‘nalti-rilgan vazifalar berib borilgan. Shuningdek, qo‘llanmaning oxirida tala-balarning fanni mukammal o‘zlashtirishlarini ta’minlash maqsadida bux-galteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi, hujjatlarning na’munalari va banklarda buxgalteriya ishini o‘rganish bo‘yicha boshqa qator ilovalar keltirilgan.
5
|