Bank buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning ahamiyati va foydaliligi
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra tijorat banklari mulkchilikning qaysi shakliga taalluqli bo‘lishidan qat’iy nazar yuritadigan buxgalteriya hisobi Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar talabi darajasida bo‘lishi zarur.
Ayni paytda bu yo‘riqnomalar o‘z vaqtida bank filiallariga yetkazilmog‘i, shu bilan birga, mahalliy organlar, soliq nazorati organlari bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Chunki bank buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanish doirasi juda keng. Xususan, buxgalteriya hisobi va shu asosda tuziladigan bankning moliyaviy hisobotlari, uning ma’lumotlari Davlat tartibga solish idoralari jumladan, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi uchun tijorat banklarining moliyaviy ahvoli, pul muomalasining holati, iqtisodiyotdagi naqd pulsiz hisob-kitoblar holatini o‘rganish uchun o‘ta muhimdir.
Bank egalari uchun, shu bilan birga, uning hissadorlari uchun bu ma’lumotlar bank mablag‘larining qanday jalb qilinayotganligi, ulardan
9
qay usulda foydalanilayotganligi, bank aktiv operatsiyalardan qanday moliyaviy natijalar kutilayotganligini bilish uchun juda muhim. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bank rahbarlari, uning xodim-lari, ayni chog‘da bank mijozlari uchun ham qiziqarlidir. Chunki bank rahbarlari va barcha xodimlari bankning kunlik aktivlari va majburiyat-larining holati, daromadlari va xarajatlarining strukturasi bilan qiziqsa-lar, bank mijozlari esa bank likvidligi va uning barqarorlik darajasini bi-lishni istaydilar. Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona bankning boshqaruv apparati ikki asosiy omilga e’tibor bermog‘i zarur:
bank rentabelligi;
bankning likvidligi.
Bankning rentabelligi deganda bankning bir me’yorda faoliyat yuritishi va bank rivoji uchun yetarli daromad olish imkoniga egaligi tushuniladi. Bank o‘z oldidagi majburiyatlarini belgilangan muddatda to‘lay olish uchun yetarli pul va boshqa to‘lov mablag‘lariga ega bo‘lishi bank likvidligi deyiladi. Har ikkala ko‘rsatkichni yuqori darajada ushlab turish lozim. Chunki bankning moliyaviy ahvoli yomonlashganini sez-gan mijozlar boshqa barqaror bankka o‘z mablag‘larini o‘tkazib, uning xizmatidan foydalanishni afzal ko‘radilar.
Demak, bank buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bank haqidagi aniq ma’lumotlarni olish nuqtayi nazaridan Markaziy bank, Soliq nazorati idoralari, barcha tijorat banklari va mijozlar, bank aksiyadorlari, mavjud va bo‘lg‘usi investorlar uchun juda zarur. Bu ma’lumotlar asosida bank-ning likvidligi, yo‘l qo‘yayotgan xatari, rezervlari, kredit portfeli hola-tini belgilash imkoniyati yaratiladi. Umumiy qilib aytganda, buxgal-teriya hisobini tashkil qilishda hisob ma’lumotlari nafaqat ichki, balki yuqori boshqaruv uchun zarurligini hisobga olish bilan birga, tashqi foydalanuvchilar ehtiyoji ham e’tiborga olinishi kerak.
Bank faoliyati bo‘yicha moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan bilvosita foydalanuvchilar mavjud bo‘lib, ularning ham o‘ziga yarasha manfaatdorligi bor. Bunday foydalanuvchilar tipiga quyidagilarni kiritish mumkin:
auditorlik firmalari;
moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar; qimmatli qog‘ozlar birjalari;
qonunchilik idoralari;
huquqshunoslar, jumladan, xo‘jalik sudi vakillari; matbuot va axborot agentliklari;
10
sug‘urta idoralari, kasaba uyushmalari va boshqalar.
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular o‘rtasida hisob ishlari taqsimotini, qo‘llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisob-lash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, bank faoliyatiga taalluqli qarorlarni to‘g‘ri qabul qilinishi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisob ma’lumotlarini o‘z vaq-tida va to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘z vaqtida olinmagan yoki noto‘g‘ri yuritilgan buxgalteriya hisob ma’lumotlari noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishiga, natijada banklarning zarar ko‘rishiga, ba’zi hollarda esa bankrotlik holatiga kelishga ham sabab bo‘lishi mumkin.
|