|
Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari
|
bet | 3/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarBanklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari milliy iqtiso-diyotimizning turli tarmoqlariga qarashli korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobi asoslari bilan deyarli o‘xshash. Ular O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z ifodasini topgan. Ushbu qonundan kelib chiqqan holda banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi:
a) xo‘jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni dastlabki hujjatlarda aks ettirish;
b) xo‘jalik operatsiyalarini, bank mulkini puldagi ifodasini belgilash;
v) barcha operatsiyalarni ikkiyoqlama yozuv asosida guruhlash, bunda yozuvlarni hisobvaraqlar rejasidagi hisob raqamlari asosida olib borish;
g) hisob-kitob va boshqa operatsiyalar yakunida ma’lum sanaga bank xo‘jalik faoliyatiga tavsif berish, ya’ni bank balansini tuzish. Banklarda buxgalteriya ishini tashkil etish asoslari korxonalar bux-
galteriya hisobiga o‘xshash bo‘lsada, ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Shu sababli banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishda quyidagi huquqiy va me’yoriy hujjatlar asos qilib olinadi:
1.O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Mar-kaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni.
2.O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘ri-sida”gi Qonuni.
3.O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”-gi Qonuni.
4. “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuri-tish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasi.
5.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa me’yoriy hujjatlari.
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish qoidalari “O‘zbekis-ton Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgal-teriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respub-likasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qa-rori bilan tasdiqlangan yo‘riqnomada batafsil yoritilgan. Ushbu yo‘riq-noma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 11-iyulda 1834-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Yo‘riqnomada buxgalteriya hisobi yuritish qoidalari, buxgalteriya apparatining strukturasi berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari ko‘rsatilgan, mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda hujjatlar aylanishini yo‘lga qo‘yish usullari to‘g‘risida ko‘rsat-malar berilgan. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobotini tuzish hamda xalqaro andozalarga asoslangan boshqa bank operatsiyalarini bajarish hajmlari va tartibi belgilab qo‘yilgan.
Banklarda buxgalteriya hisobi oldiga bir qator vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ularni quyida sanab chiqamiz.
|
| |