|
Bank mas’ul ijrochilarining vazifalari
|
bet | 9/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarBank mas’ul ijrochilarining vazifalari. Hisob-operatsion appara-tining asosiy xodimlari – bu mas’ul ijrochilardir. Bank mijozlarining asosiy hisob-kitob va boshqa operatsiyalarining hisobini yuritish, mijoz-lar bilan muloqotda bo‘lish aynan mas’ul ijrochilarga yuklatilgan. Mas’ul ijrochilar quyidagi vazifalarni bajaradi:
– biriktirib qo‘yilgan bank mijozlari va xodimlardan qabul qilingan hisob-kitob va pul hujjatlariga tegishli ishlov berish;
– taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha pul o‘tkazish yoki pul to‘lash mumkin yoki mumkin emasligini hisobvaraqlardagi pul mablag‘larining yetarliligi asosida aniqlash;
– kelib tushgan barcha hisob-kitob hujjatlarini operatsiyalar qonu-niyligi hamda ularning kreditlash va hisob-kitob qilish qoidalariga mu-vofiqligini tekshirish;
– akkreditiv, chek, to‘lov topshirig‘i, to‘lov talabnomasi, inkasso topshirig‘i va boshqa hujjatlarning hamda ularga ilova qilingan tovar transport hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirish, barcha rekvizitlarning mavjudligini aniqlash;
– pul chekining nomeri imzolar va muhr na’munasi tushirilgan kar-tochkada qayd etilgan chek daftarchasining nomeriga to‘g‘ri kelishini tekshirish;
– chek bo‘yicha ish haqi uchun mablag‘larni belgilangan hajm doirasida berishini nazorat qilish, bu mablag‘lar hisobini yuritish;
– mijozlarning ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar, davlat ijti-moiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar summalarining o‘z vaqtida o‘tkazili-shini nazorat qilish;
– hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha inkasso kartotekasini, o‘z vaqtida to‘lanmagan hujjatlar kartotekasini yuritish;
– mijozlar va bank operatsiyalari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlar-dagi yozuvlarning to‘g‘riligini tekshirish va ulardan ko‘chirmalarni mi-jozlarga berish uchun qutilarga joylashtirish;
18
– operatsion kun davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish grafigiga amal qilish va hokazo.
1.4. Bankning hisobvaraqlar rejasi
Har bir bank o‘z buxgalteriya hisobini barcha banklar uchun bir xil bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi asosida olib boradi. 1997-yil apreliga qadar respublikadagi barcha banklar sobiq Ittifoq davrida tuzilgan yagona hisobvaraqlar rejasi asosida ish yuritar edilar. Lekin iqtisodiyotimizni yangi bozor munosabatlari asosida tashkil etar ekanmiz, iqtisodiyotni izga solib, uni nazorat qilish uchun buxgalteriya hisobini xalqaro miqyosda qabul qilingan yaxlit tizimga moslashtirib olib borish talab etildi. Shu sababli, respublika banklari buxgalteriya hisobini yangi hisobvaraqlar tizimi asosida tashkil etishga kirishdilar. Shu maqsadda 1995-yili Artur Andersen auditorlik firmasi bilan shartnoma tuzilgan edi. Shartnomada O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini isloh qilish ko‘zda tutilgan edi. Firma respublika Markaziy banki bilan birgalikda bankning yangi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi. 1996-yil 13-noyabrda Vazirlar Mahkamasining 289-sonli qarori bilan “Respublika Markaziy bankining hisobvaraqlar rejasi”, 290-sonli qarori bilan esa “Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi” tasdiqlandi. 1997-yil 1-apreldan barcha banklar buxgalteriya hisobi yangi hisob-varaqlar rejasi asosida olib borila boshlandi.
Banklarning yangi hisobvaraqlar rejasiga o‘tishi nimalar bilan bel-gilangan? Umumiy qilib aytganda, O‘zbekistonning xalqaro mehnat taq-simotiga qo‘shilganligi, jahon bozor munosabatlari tizimiga o‘tganligi banklar uchun yangi hisobvaraqlar rejasiga o‘tish zaruriyatini keltirib chiqardi. Qolgan barcha sabablar shulardan kelib chiqadi:
– birinchidan, respublikada ikki pog‘onali bank tizimining barpo etilishi;
– ikkinchidan, davlat mulki yagona bo‘lmagan holda turli mulk-chilik shakllarining paydo bo‘lishi;
– uchinchidan, milliy iqtisodiyotimizga chet el investitsiyalarining jalb qilina boshlanishi va kengayib borishi;
– to‘rtinchidan, chet davlatlarda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar bilan sherikchilik munosabatlarining o‘rnatilishi;
– beshinchidan, hisobotlar jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada tuzilishini ta’minlash zarurligi va hokazo.
19
Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi ham mazmu-nan, ham tuzilishi jihatidan avvalgisidan farqlanadi.
Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobi-ni yagona hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edi. Har bir hisobvaraq nomeri va nomi yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo‘yilgan edi. Yangi hisobvaraqlar rejasi yuqorida eslatib o‘tganimizdek, Marka-ziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar banknot va tangalarga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi. Tijorat banklari kassalaridagi pullarni bunday bo‘lish uchun alohida hisobvaraqlar ochilmaydi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limi-dagi hisobvaraqlar muddatiga ko‘ra joylashtirilgan hisoblanadi. “Majbu-riyatlar” bo‘limi Markaziy bankning asosiy funksiyalaridan biri hisob-langan “Pul emissiya”sidan boshlanib, uning hisobi 20100- “Pul emis-siyasi” hisobvarag‘ida yuritiladi. Ushbu asosiy hisobvaraq o‘z ichiga quyidagi subhisobvaraqlarni oladi:
|
| |