|
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
|
bet | 10/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar20100 – Pul emissiyasi
20102 – Muomalaga chiqarilgan banknotlar 20106 – Muomalaga chiqarilgan tangalar
Demak, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan bank-notlar va tangalar bank balansining passiv qismida, ya’ni majburiyatlar bo‘limida hisobga olinadi.
Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘li-mida, shuningdek, norezident banklarning, xalqaro moliya institutlari-ning talab qilib olingungacha saqlanadigan, jamg‘arib boriladigan mud-datli depozitlari, Markaziy bankning obligatsiyalari, davlat budjetining daromad va xarajatlari hisobvaraqlari yuritiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Kapital” deb nomlangan bo‘limda “E’lon qilingan ustav kapitali”, “Shakllangan ustav kapitali” kabi hisobvaraqlar ochilgan. Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasining “Kapital” bo‘limida oddiy va imtiyozli ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav ka-pitali hamda oddiy va imtiyozli chiqarilgan ustav kapitali kabi Markaziy banklarning hiosbvaraqlar rejasida bo‘lmagan hisobvaraqlar ochiladi.
Bundan tashqari, banklarning daromadlari va xarajatlari bilan bog‘liq xususiyatlar ham mavjud. Masalan, qog‘oz pullarni bosmadan chiqarish va tangalarni zarb etish bo‘yicha xarajatlarni hisobga olib borish uchun qog‘oz pullarni bosmadan chiqarish va tangalarni zarb
20
etish xarajatlari nomli asosiy hisobvaraq va unga qarashli 5 ta subhisob-varaqni oladi. Ularda banknotlarni bosmadan chiqarish xarajatlari, tan-galarni zarb etish xarajatlari, banknotlarni tashish xarajatlari, tangalarni tashish xarajatlari va milliy valyutaning himoyaviy xossalari va dizayni bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga xarajatlar hisobi olib boriladi.
Bundan tashqari, Markaziy bank barcha tijorat banklari o‘rtasidagi banklararo hisob-kitoblarni tashkil etadi. Shu sababli bunday hisob-ki-toblar hisobini yuritish uchun tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlari bilan birgalikda banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha 27416-tranzit hisob-varag‘i ochilgan. Bunday hisobvaraq tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasida yo‘q.
Tijorat banklari iqtisodiyot tarmoqlarining turli mulkchilik shaklla-riga tegishli xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatadi, shunga asosan tijorat bank-larida alohida hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bank esa iqtisodiyot tar-moqlariga emas, balki hukumat va nazorat idoralari hamda vazirliklarga xizmat ko‘rsatadi. Shunday xususiyatlar har ikki bank hisobvaraqlar rejalarida hisobga olingan.
|
| |