Summa
............. ....
............. ....
............. ....
Kredit
1. Mablag‘larning hisobdan chiqarilishi
a) ........... b) ........... v) ............
2. Mablag‘larni hisobdan chiqarilishi bo‘yicha ay-lanmalar summasi (a+b+v)
Summa
.............. .....
.............. .....
.............. .....
Ushbu jadvalda ko‘rib turganimizdek, hisobvaraq ikki qismdan iborat bo‘lib, uning debetida kun boshiga bo‘lgan qoldiq aks ettirilgan (1). Kun davomida turli operatsiyalar bo‘yicha hisobvaraqqa kelib tush-gan mablag‘lar (2) jamlanib “debet” bo‘yicha aylanmalarni (3) hosil qi-ladi. Hisobvaraqdan tovarlar, xizmatlar va notovar operatsiyalar bo‘yi-cha to‘lovlar, ya’ni mablag‘larning hisobdan chiqarilishi (4) hamda shu barcha to‘lovlar bo‘yicha umumiy aylanmalar (5) hisobvaraqning kredit tomonida aks ettirildi. Endi kun oxiriga bo‘lgan qoldiqni (6) topish uchun boshlang‘ich qoldiq summasiga kun bo‘yi kelib tushgan mab-lag‘lar bo‘yicha aylanmalar summasini qo‘shib, kun bo‘yi hisobdan chi-qarilgan mablag‘lar yig‘indisini ifodalovchi aylanmalar summasini ayi-
25
ramiz. Shunday qilib, aktiv hisobvaraq bo‘yicha kun oxiriga bo‘lgan qoldiq summasini hisoblab chiqarish mumkin.
Endi passiv hisobvaraq orqali o‘tkaziladigan operatsiyalarni ifoda-lovchi jadvalni ko‘rib chiqamiz.
2-jadval.
Passiv hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni aks ettiruvchi jadval
Debet Summa Kredit Summa
4. Majburiyatlarning kamayishi (Mablag‘lar manbalarining kamayishi) ya’ni mablag‘lar-ning hisobdan chiqarilishi
a) ............. b) ............. v) ............. g) ..............
5. Mablag‘larni hisobdan chiqari-lishi bo‘yicha aylanmalar sum-masi (a+b+v+g)
1. Kun boshiga bo‘lgan dastlabki qoldiq
2. Mablag‘larning kelishi (majburiyat-larning ko‘payishi)
a) .............. b) ............ v) ..............
3. Mablag‘larning keli-shi bo‘yicha aylanma-lar summasi (a+b+v)
6. Kun oxiriga bo‘lgan qoldiq (1+3-5)
Passiv hisobvaraqlar bo‘yicha kun oxiriga bo‘lgan qoldiqni (6) hisoblab chiqarish uchun kreditda aks ettirilgan kun boshiga bo‘lgan qoldiqqa (1) kun bo‘yi kelib tushgan mablag‘lar yig‘indisini ifodalovchi aylanmalar summasini (3) qo‘shib passiv hisobvaraq debetidan o‘tgan kun bo‘yi mablag‘larning chiqib ketish bo‘yicha aylanmalarni ifodalov-chi aylanmalar summasini (5) ayiramiz. Umumiy qilib aytganda, hisob-varaqning qaysi tomonida qoldiq bo‘lsa, shu tomondagi mablag‘lar qo‘shilib, qarama-qarshi tomondagi mablag‘lar summasi ayiriladi.
|