II bob. BANKLARDA ANALITIK VA SINTETIK HISOBNING YURITILISHI
2.1. Analitik va sintetik hisob to‘g‘risida umumiy tushuncha
Banklarda buxgalteriya hisobi ikki yo‘nalishda olib boriladi. Ulardan biri analitik, ikkinchisi sintetik hisobdir. Banklarda buxgalteriya ishining tashkil etilishi, buxgalteriya hisobining analitik va sintetik yo‘nalishda yuritilishi kompyuter texnikasi qo‘llaniladigan sharoitni hisobga olgan holda olib boriladi. Buxgalteriya hisobi jahon amaliyotida va hisob yuritishning xalqaro andozalarida sintetik hisob o‘rniga Bosh kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlari qo‘llaniladi. Shuningdek, analitik hisob o‘rniga Yordamchi kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlaridan foydalaniladi. Biz nazarda tutgan kitob bir qator hisobvaraqlar guruhidir.
Bosh kitob bu – bank moliyaviy hisobotlarida ko‘rsatiladi-gan hisobvaraqlar guruhidir.
Moliya hisobotlariga balans hisoboti, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot va boshqalarni kiritish mumkin. Bosh kitobda birinchi navbat balans hisobvaraqlari bo‘yicha jamlama ma’lumotlar qayd etiladi. Demak, hisobvaraqlar Bosh kitobda umumiy ma’lumotni qayd etadi, lekin batafsil axborot bilan ta’minlamaydi.
Batafsil axborot Yordamchi kitob ma’lumotlari asosida oli-nishi mumkin, chunki birlamchi buxgalteriya operatsiyalari Yor-damchi kitobda aks ettiriladi.
Yordamchi kitobdagi hisobvaraqlar guruhi har bir alohida ope-ratsiya bo‘yicha o‘tkazilgan summalar haqida kerakli axborot beradi. Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh kitob hisob-varaqlari nazorat hisobvaraqlari vazifasini bajaradi. Yordamchi kitoblar-dagi yakuniy summalar har kun oxirida, shuningdek, oy oxirida yangi oyning birinchi kundagi holatiga ko‘ra ularning Bosh kitobdagi nazorat yakunlari balansi bilan bir xil chiqishi lozim. Bosh kitob nazorat hisob-varaqlarining ma’lumotlari Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlar yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xato-larga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, Bosh kitob va Yordamchi kitob summa-lari teng chiqadi.
Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari mijozlarga “so‘m”da yuriti-ladigan hisobvaraqlar bilan bir qatorda xorijiy valyutadagi operatsiyalar
34
hisobini yuritish maqsadida xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni ochishlari mumkin. Xorijiy valyutadagi operatsiyalar bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblar har bir valyuta turi bo‘yicha alohida yuritiladi.
Bosh kitob bo‘yicha kodlash tizimi besh xonali bo‘lishi belgilan-gan. Dastlab aktiv hisobvaraq kodlari toq, passiv hisobvaraqlarning kod-lari esa juft sonlardan iborat qilib belgilangan edi. Bu tartib osonroq qa-bul qilish va eslab qolish uchun ko‘zda tutilgan edi. Lekin yangi hisob-varaqlar kiritilishi munosabati bilan bu tartib bir oz o‘zgardi. Balans hisobvaraqlarida hisob takrorlanadigan yozuv usulida yuritiladi. Ope-ratsiyalar ular bo‘yicha mablag‘lar harakatlangan kundan qat’iy nazar bajarilgan kuni buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Umuman, sintetik hisob yuritishda Bosh kitobdan va analitik hisob yurtishda Yordamchi kitoblardan foydalaniladi.
Bosh kitobda bank operatsiyalarini hisobini yuritish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladigan jamlanma ma’lumotlar qayd etiladi. Unda har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq, kun davomida amalga oshirgan operatsiyalarning aylanmasi va kun oxiriga qoldiq summalari aks ettiriladi.
Yordamchi kitoblarda buxgalteriya operatsiyalari batafsil va to‘liq aks ettiriladi. Yordamchi kitoblarning shakli va turlari har bir bank tomonidan mustaqil belgilanadi.
Bosh kitob va Yordamchi kitob hisobvaraqlarida hisob operatsiya-lari albatta ikkiyoqlama yozuv qoidasiga amal qilgan holda qayd etish yoki ushbu hisobvaraqlar bilan korrespondensiya bo‘lgan hisobvaraqlar raqamlari ko‘rsatilishi shart.
|