• Hisobvaraq nomeri 20208000400685254001
  • Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar




    Download 1,35 Mb.
    bet18/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    Т/р Hujjatlarning nomi

    1. To‘lov topshiriqnomasi

    2. To‘lov talabnomasi

    3. Akkreditivga ariza

    4. Memorial orderlar

    5. Inkasso topshiriqnomasi

    6. Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari
    Shartli raqamlari

    01

    02



    05

    06

    11



    14

    Shaxsiy hisobvaraqlar va ular bo‘yicha operatsiyalarni quyidagi misolda ko‘ramiz.

    5-jadval. Hisobvaraq nomeri 20208000400685254001

    sana 04.10. 2010



    Korrespon-densiyalangan hisobvaraq nomeri
    Kun boshiga qoldiq
    Hujjat Operatsiya nomeri mazmuni
    Aylanmalar

    Debet Kredit bo‘yicha bo‘yicha


    Qoldiq

    4758600



    1. 10101

    2. 20214


    3. 20210

    4. 45257
    125 03 2256200

    41 01 5652440

    92 02 2325400

    118 06 52000



    Aylanmalar yig‘indisi

    Kun oxiriga qoldiq


    4633600 5652440

    5777440

    Yuqorida keltirilgsn shaxsiy hisobvaraqda qayd etilgan operatsiya-larga quyidagicha tavsif beramiz.

    38

    1. Hisobvaraq egasining 125-nomerli pul chekiga asosan bank kas-sasidan 2256200 so‘m naqd pul berildi.
    2. Chet el kapitali ishtirokidagi korxonaning 41-nomerli to‘lov top-shiriqnomasi asosida 5652440 so‘m kelib tushdi.
    3. Davlat korxonasining 92-nomerli to‘lov talabnomasi asosida kommunal xizmat uchun 2325400 so‘m to‘lov undirildi.
    4. Mijozga inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bank tomonidan 118- nomerli memorial orderga asosan 52000 so‘m undirildi.
    Bajarilgan operatsiyalar natijasida hisobvaraqning debeti bo‘yicha aylanmalar 4633600 so‘mni va krediti bo‘yicha aylanmalar 5652440 so‘mni tashkil qildi. Kun oxiriga bo‘lgan qoldiqni aniqlash uchun kun boshiga bo‘lgan qoldiq (4758600 so‘m) qa krediti bo‘yicha aylanmalar (5652440 so‘m)ni q o‘shib, debeti bo‘yicha aylanmalar (4633600 so‘m)ni ayiramiz. Misolimizda mijozning hisobvarag‘ida kun oxiriga bo‘lgan qoldiq 5777440 so‘mni tashkil etdi.
    Aksariyat banklarda shaxsiy hisobvaraqlar va ularning ko‘chirma-lari kompyuterlarda tayyorlanadi. Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar kompyuter yordamida tayyorlansa, ular mijozlarga berilayotganda imzolar va bank shtamplari bilan tasdiqlanmaydi.
    Hisobvaraqlar krediti bo‘yicha o‘tkazilgan summalar yuzasidan shaxsiy hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarga yozuvlarni kiritishda asos bo‘lgan dastlabki hujjatlar ilova qilinadi. Puli to‘langan hisob-kitob huj-jatlarning mijozlar hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarga ilova qilinadigan, ishlov berishning dastlabki bosqichlaridayoq bank shtampi yoki muhri bosilgan ikkinchi nusxalar, shuningdek, kirim-kassa operatsiyalariga doir hujjatlar shtamp bilan tasdiqlanmaydi.
    Hisobvaraqlardan ko‘chirmalar mazkur hisobvaraq bo‘yicha birin-chi yoki ikkinchi imzo huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga yoki ularning ishonchnoma taqdim etilgan vakillariga tilxat bilan beriladi. Bunday ishonchnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Hisobvaraq egasi unga ko‘chirma berilgandan keyin, agar biror e’tiroz bo‘lsa, ikki ish kuni mobaynida bankka hisobvaraq krediti va debeti bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan to‘g‘ri summalar haqida yozma ravishda xabar berishi shart. Agar, shu ikki kun muddat ichida mijoz o‘z e’tirozini bildirmasa, bajarilgan operatsiyalar hamda hisobvaraqdagi mablag‘ qoldig‘i tasdiqlangan hisoblanadi. Mijoz o‘z hisobvarag‘i kre-diti bo‘yicha noto‘g‘ri summa kelib tushgani (ya’ni boshqa korxonaga

    39

    tegishli bo‘lgan adashib tushirilgan) haqida ham ikki ish kuni ichida bankka xabar berishi lozim. Bank oradan ikki ish kuni o‘tgandan keyin mijoz hisobvarag‘i kreditida noto‘g‘ri yozuvlar borligini aniqlasa, mijoz har bir kechiktirilgan kun uchun hisobvaraq kreditiga yozilgan umumiy summaning bank xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilgan foiz hajmida bankka jarima to‘laydi. Bunday jarima begonalar mablag‘laridan o‘z manfaatlari uchun foydalanganligi uchun undirib olinadi.


    Bank o‘z mijozlarining barcha turdagi hisobvaraqlarining holati to‘g‘risida, ya’ni mablag‘lari, ularning harakati to‘g‘risidagi yozma ma’lumotlarni ikki holatda berishlari mumkin:



    a) Hisobvaraq egalarining yuqori turuvchi tashkilotlari tomonidan so‘ralganda;b) Davlat nazorat idoralari, jumladan sud va soliq idoralari tomonidan yozma ravishda talab qilib so‘ralganda.

    Boshqa hollarda mijozlar hisobvaraqlarining ahvoli haqida yozma ravishda ma’lumot berish taqiqlanadi.


    Shunday holatlar ham bo‘ladiki, mijozlar biror sabab bilan bank-dan olgan o‘z shaxsiy hisobvaraqlarining ko‘chirmalarini yo‘qotib qo‘-yishlari mumkin.
    Agar mijoz shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirmani yo‘qotib qo‘ysa, mijozga ko‘chirma dublikati berilishi mumkin. Buning uchun mijoz ko‘chirmani yo‘qotish sabablarini ko‘rsatgan holda ariza yozib bank rahbariga taqdim etishi lozim. Arizaga korxona rahbari va bosh buxgal-ter imzo qo‘yishlari kerak.
    Ushbu ariza asosida bank rahbari yoki uning muovini yozma rux-satnoma berganlaridan so‘ng mijozga shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma taqdim etiladi. Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirma dublikatlari ksero-nusxa asosida olinadi. Ushbu dublikatga hisobvaraq egasi bo‘lgan mi-jozga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochi va bosh buxgalter yoki uning yordamchisi imzo qo‘yadi hamda bank muhri bilan ushbu imzolar tas-diqlanadi. Dublikati olingan shaxsiy hisobvaraqning bankda qolgan sar-varag‘iga shu hisobvaraqdan dublikat berilgani haqida belgilab qo‘yiladi, ya’ni 20__yil “__” _________da ko‘chirma dublikati berildi degan so‘zlar yozib qo‘yiladi. Bu yozuv ham bank bosh buxgalteri yoki uning yordamchisi (muovini) ning imzosi bilan tasdiqlanadi.
    Yordamchi kitobning asosiy materiali – shaxsiy hisobvaraqlar bo‘lgani uchun biz ular haqida batafsil to‘xtab o‘tdik. Lekin kitobning
    boshqa materiallari ham bo‘lib, ular ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha
    40

    hisob-varaqlar uchun ochilgan kartotekalar (qutilar) da saqlanuvchi hujjatlardir.


    Masalan: “To‘lov muddatini kutayotgan hujjatlar” (to‘lash uchun roziligi kutilayotgan hujjatlar) nomli 1-kartotekadagi to‘lov talabno-malari; “O‘z vaqtida to‘lanmagan hisob hujjatlari” deb nomlanuvchi 2-kartotekadagi to‘lov talabnomasi, to‘lov topshirig‘i, inkasso topshirig‘i kabi hujjatlar ham tavsiliy hisob uchun asosiy materiallar bo‘lib hisob-lanadi. Bu hujjatlarning harakati bo‘yicha ham hisobvaraqlar tuzilib, ular ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha hisobvaraqlar deyiladi. Bu hisobva-raqlar ham alohida sanalar va hisobvaraq nomerlari bo‘yicha broshyura holiga keltirilib, keyingi oyning 20-kunigacha bankning joriy arxiviga topshiriladi.
    Yordamchi kitob, ya’ni analitik hisob materiallariga yana ope-ratsion jurnal, kassa operatsiyalari bo‘yicha yuritiladigan kirim kassa jurnallari va chiqim kassa jurnalllari, bankning asosiy vositalari, nomod-diy aktivlari va materiallari bo‘yicha yuritiladigan kartochkalarni ham kiritish mumkin.
    Operatsion jurnallar har bir mas’ul ijrochi yuritadigan hisobvaraq-lar bo‘yicha alohida tuzilib, unda hisobvaraqlar bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar haqida ma’lumot beriladi, uni shaxsiy hisobvaraqlarning umumiy ko‘rinishi deyish ham mumkin. Operatsion jurnalda sana, hisobvaraq nomeri, debet va kredit aylanmalari hisoblash texnikasi dasturida nazarda tutilgan bo‘lsa, hisobvaraq nomi ham ko‘rsatiladi.
    Bank kassasi bilan bog‘liq bo‘lgan Yordamchi kitob materiallari ikkita bo‘lib, ular:
    – kassaning kirim jurnali; – kassaning chiqim jurnali.
    Har kuni bank kassasiga topshirilayotgan naqd pul summasi kassaning kirim jurnalida nazoratchi tomonidan qayd etib boriladi. Unda sana, pul topshirayotgan korxona hisobvarag‘i nomeri, kirim kassa hujjati sanasi, hujjat nomeri, hisobot ramzi, summasi ko‘rsatiladi.
    Kassaning chiqim jurnali ham kundalik chiqim kassa operatsiyalari bajarilganda nazoratchi tomonidan rasmiylashtiriladi. Jurnalda sana, mijozning talab qilib olinadigan depoziti bo‘yicha hisobvaraq nomeri, chiqim kassa hujjati sanasi, hujjat nomeri, hisobot ramzi, summasi ko‘rsatiladi. Shu bilan birgalikda nazoratchi va kassirning imzosi uchun ham alohida joy ajratilgan. Quyida kirim kassa jurnalining shaklini keltiramiz.

    41

    6-jadval.




    Download 1,35 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   149




    Download 1,35 Mb.