|
Buxgalteriya operatsiyalarini joriy nazoratdan o‘tkazish
|
bet | 26/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarBuxgalteriya operatsiyalarini joriy nazoratdan o‘tkazish
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter bank ichki hujjat aylanish tartibiga asosan Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalterdan kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarini qabul qilgandan keyin joriy nazoratni amalga oshiradi.
Joriy nazoratda dastlabki nazoratdan o‘tkazilgan to‘lov hujjatlari-ning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va ularning elektron nusxalarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi qaytadan tekshiriladi hamda ulardagi imzo-lar va muhr izini o‘zlarida mavjud imzolar va muhr izi na’munalari bilan solishtiriladi.
To‘lov hujjatlarining asl nusxasida Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterning imzolari va shtampi borligini hamda ularni o‘zida mavjud bo‘lgan imzo na’munalariga mos kelishini tekshiradi. Shu-ningdek, Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalteri pul hisob-kitob hujjatlarida bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter naqd pul cheki va e’lonnomani o‘rnatilgan tartibda tekshirib, ularni imzolab Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterga qaytaradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan bankning ichki moliya-xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha kelib tushgan to‘lov hujjat-larining asl va elektron nusxalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan bank tegishli bo‘linmalarining Xizmat far-moyishlarining nusxalari to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, xato va kam-chiliklar yo‘qligi tekshiriladi.
Pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari yoki ularning elektron faylida xato va kamchiliklar aniqlanganda Bek-ofis xodimi yoki nazorat-chi buxgalter to‘lov hujjatining asl nusxasiga imzo chekmasdan ularning xato va kamchiliklarini ko‘rsatgan holda Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalterga ijrosiz qaytaradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan joriy nazorat natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda, u to‘lov hujjatining asl nusxasiga imzo chekadi va uni Bek-ofis boshlig‘iga yoki bosh buxgalterga tasdiqlash uchun jo‘natadi.
57
Bek-ofis boshlig‘i yoki bosh buxgalter belgilangan tartibda ras-miylashtirilib, dastlabki va joriy nazoratdan o‘tgan pul hisob-kitob huj-jatlarining asl va elektron nusxalarini qabul qilib oladi va ushbu to‘lov hujjatlarida qonunchilik hamda bankning ichki siyosatida o‘rnatilgan talablarga rioya qilinishi bo‘yicha umumiy nazoratni amalga oshiradi.
Bek-ofis boshlig‘i yoki Bosh buxgalter barcha pul hisob-kitob huj-jatlarning asl va elektron nusxalariga o‘rnatilgan tartibda imzo chekib, tasdiqlaydi va buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiradi. Bank rahbari buyrug‘i bilan to‘lovlarni tasdiqlash boshqa bank xodimiga topshirilishi mumkin.
|
| |