• 3.4. Bank operatsiyalarini amalga oshirishda javobgarlik
  • Bank operatsiyalarini yakuniy nazoratdan o‘tkazish




    Download 1,35 Mb.
    bet27/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    Bank operatsiyalarini yakuniy nazoratdan o‘tkazish

    Banklarda amaliyot kuni yakunlangandan so‘ng kunlik operatsiya hujjatlari o‘rnatilgan tartibda tikilib va rasmiylashtirilib yakuniy nazorat-dan o‘tkazish uchun yakuniy nazorat xizmati xodimlariga topshiriladi va ularga elektron ma’lumotlar bazasiga kirish uchun ruxsat beriladi.


    Yakuniy nazorat xizmati tomonidan keyingi bank ish kunidan kechikmagan holda elektron ma’lumotlar bazasiga kirib, bankda amalga oshirilgan barcha operatsiyalar Bosh va yordamchi kitoblardagi amal qilib turgan shaxsiy hisobvaraqlarda to‘g‘ri aks ettirilganligini pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari bilan solishtirib tekshirishdan o‘tkazi-lishi shart. Tekshirish natijalari dasturiy bayonnoma bilan rasmiylashtiri-lishi va kunlik yig‘majildga tikilishi shart.
    Kunlik chop etilib, yig‘majildga tikilgan balans ma’lumotlari bilan uning elektron balans ma’lumotlari bir-biriga mos kelmasa, zudlik bilan rahbariyatga ma’lumot beriladi va shu kunning o‘zida uning sabablari to‘g‘risida Bek-ofis boshlig‘i yoki bosh buxgalter va Xavfsizlik va axbo-rotni muhofaza qilish xizmati xodimlari ishtirokida dalolatnoma tuziladi. Bundan tashqari, yakuniy nazorat xodim bank operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to‘g‘ri va maqsadga muvofiq
    bajarilganligi bo‘yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.

    3.4. Bank operatsiyalarini amalga oshirishda javobgarlik

    Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan barcha pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirgan hamda imzolagan shaxslar, ularning o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq tuzilishi, belgilangan muddatlarda

    58

    ijro uchun topshirilishi, shuningdek, operatsiyalarni buxgalteriya hisobi-da to‘g‘ri aks ettirish bo‘yicha javobgardirlar.


    Bank va uning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bank va mijoz o‘rtasida yozma shaklda tuzilgan bank hisobvarag‘i shartnomasi asosida tartibga solinadi. Shuningdek, bank va mijoz o‘rtasida kredit, valyuta, lizing, faktoring, qimmatli qo-g‘ozlar bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning har biri bo‘yicha tuzilgan shartnomalar asosida bajariladi.
    Mijoz bankda ochgan hisobvaraqdagi mavjud pul mablag‘larini mustaqil tasarruf etadi. Mijozning topshirig‘iga binoan bank hisobvarag‘i bo‘yicha bajarilgan barcha operatsiyalarning qonuniyligiga mijozning o‘zi javobgar hisoblanadi.
    Mablag‘ oluvchilarning roziligi mavjud bo‘lganidan qat’iy nazar, mablag‘lar oluvchilarning talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘ini chetlab o‘tgan holda mijozning topshirig‘i bo‘yicha uchinchi shaxslar tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.

    Barcha pul hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha to‘lovlar faqat ta-lab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan mavjud mablag‘-lar doirasida amalga oshiriladi.


    Talab qilib olinguncha hisobvarag‘ida unga qo‘yilgan talablarni bajarish uchun mablag‘lar yetarli bo‘lmagan hollarda to‘lovlar “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) talablari asosida amalga oshiriladi.
    Bank mijozning topshirig‘iga binoan elektron to‘lovni tegishli to‘lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo‘lsa, amalga oshirishi shart. To‘lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushgan taqdirda, bank elektron to‘lovni keyingi bank ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart.
    Agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, qonunchilikda o‘rnatilgan mijozlar hisobvaraqlariga pullarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish tartibini hamda elektron to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlari bank tomonidan buzilgan taqdirda banklarga nisbatan “Mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ularning hisobvaraqlariga pul mablag‘larini hisobga kiritish va hisob-dan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan boshqa

    59

    ehtiyojlar uchun naqd pul mablag‘larini berishning o‘rnatilgan tartibla-rini buzganliklari uchun tijorat banklariga jarima sanktsiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan jarima jazolari qo‘llaniladi.


    Hisobvaraq egasi unga ko‘chirmalar berilganidan keyin ikki ish kuni mobaynida bankka hisobvaraq krediti yoki debetiga xato yozilgan summalar haqida yozma ravishda xabar qilishi shart. Agar shu muddat ichida mijoz o‘z e’tirozini bildirmasa, bajarilgan operatsiyalar hamda hisobvaraqdagi mablag‘ qoldig‘i tasdiqlangan hisoblanadi.
    Banklar qonun hujjatlariga muvofiq mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishga hamda qonunchilikka zid operatsiyalarni bajarishni rad etishga haqlidirlar.
    Agar mijozning bankka taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida belgilangan talablarga zid bo‘lgan kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, hujjatdagi imzolar, muhr izi yoki yozuvlar xususida shubhalansa, bank xodimlari ushbu hujjatni qabul qilishdan bosh tortadi hamda buning uchun javob bermaydi.

    Summasi, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami o‘zgartirilgan to‘lov hujjatlari, hatto mijozlar tomonidan o‘zaro kelishilgan tartibda tuzatish kiritilgan bo‘lsa ham, bank tomo-nidan ijro uchun qabul qilinmaydi.


    Agar hisobvaraq egasi naqd pul cheki yo‘qolgani yoki o‘g‘irlan-gani haqida bankka xabar bergunga qadar, bu cheklar bo‘yicha to‘lab yuborilgan bo‘lsa, bu to‘lov uchun bank javob bermaydi. Ayni paytda bank hisob-kitob hujjatlaridagi ma’lumotlar va arifmetik hisob-kitoblar to‘g‘riligi uchun ham javobgar hisoblanmaydi.
    Soxta imzolar qo‘yilgan, qalbaki muhr bosilgan yoki soxta matnli chek yoxud to‘lov topshiriqnomasi pulini to‘lab yuborish oqibatida ko‘rilgan zarar bo‘yicha bank xodimining aybdorligi isbotlanmasa, hisobvaraq egasi javobgar bo‘ladi. Shuningdek, mijozning pul hisob-kitob hujjatlariga qo‘yilgan soxta imzolar va bosilgan qalbaki muhrni oddiy ko‘z bilan qarash orqali aniqlab bo‘lmasa, bank xodimi bunday hujjatlarni qabul qilganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
    Mijoz tomondan bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tka-zish uchun bankka taqdim qilingan pul hisob-kitob hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, ya’ni hujjat belgilangan shakldagi blankda yozil-ganligi, bank ko‘zda tutgan barcha rekvizitlar to‘g‘ri to‘ldirilganligi, muhr izi va imzolar bankka berilgan na’munalarga mos kelishi hamda

    60

    raqamlarda va so‘zlarda yozilgan summalar mos kelishiga ushbu hujjatni qabul qilgan va ichki nazoratdan o‘tkazgan buxgalteriya xodimlari va bank bosh buxgalteri barobar javobgar hisoblanadilar.


    Bank mijozning bankdagi hisobvaraqlaridagi mablag‘larini qo-nunchilikka zid ravishda uning roziligisiz yoki asossiz ravishda o‘chir-gan hollarda, mijozning talabi bilan tegishli summani hisobvaraqqa kiri-tib qo‘yishi shart.

    Agar bank mijozning qonunchilikka zid operatsiyalarini bil-gan holda uning topshirig‘i asosida yoki roziligi bilan ushbu qo-nunchilikka zid operatsiyani bajarsa, mijoz va bank baravar javobgar hisoblanadi.


    Bank bo‘linmalari va xizmatlari bajarilayotgan bank ichki ope-ratsiyalarining qonuniyligi va ular to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun to‘la javobgar hisoblanadilar.
    Buxgalteriya hisobini yuritish, nazorat qilish va hisoblash quril-malari orqali jo‘natish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni (buyruqlar, qaror-lar, farmoyishlar, smetalar, normativlar va boshqa materiallar) buxgal-teriyaga o‘z vaqtida topshirishlari shart. Ushbu hujjatlar sifatsiz tuzilgani va rasmiylashtirilgani hamda buxgalteriya hisobi va hisobotida qayd etishga berilish vaqtidan kechikkani, hujjatlardagi ma’lumotlarning noto‘g‘riligi, shuningdek, g‘ayriqonuniy operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar tuzilgani uchun bu hujjatlarni tuzgan va imzolagan bankning mansabdor shaxslari javobgar bo‘ladilar.
    Birlamchi hujjatlarni tuzish vazifasi yuklatilgan hamda bu hujjatlarni imzolash huquqi berilgan mansabdor shaxslar ro‘yxati bosh buxgalter bilan kelishiladi.
    Imzo qo‘yish huquqi yo‘qligiga qaramay, biron-bir pul hisob-kitob hujjatini imzolagan buxgalteriya (bank buxgalteriyasi) xodimlari tegishli tartibda javobgarlikka tortiladilar. Xuddi shunday, imzo huquqi berilgan bank xodimlari o‘z vakolatlaridan tashqari faoliyat yuritgan hollarda ham tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.
    Bank to‘lovchi sifatida ishtirok etib, memorial orderlar bilan amal-ga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligi bo‘yicha javobgarlik bankning rahbariga va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi.
    Umuman, banklarda ichki nazoratni to‘g‘ri va samarali amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha javobgarlik bank rahbariyati va ichki audit xizmatiga yuklatiladi.

    61


    Download 1,35 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bank operatsiyalarini yakuniy nazoratdan o‘tkazish

    Download 1,35 Mb.