Mijozlarga depozit hisobvaraqlar ochish tartibi




Download 1,35 Mb.
bet30/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

4.1. Mijozlarga depozit hisobvaraqlar ochish tartibi

“Hozirgi kunda banklarning umumiy aktivlari aholi va yuridik shaxslar hisob raqamlaridagi mablag‘lar miqdoridan 2 barobardan ham ortiq bo‘lib, bu ularning to‘liq himoyasini va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini kafolatlaydi.”4 Bu o‘z navbatida bosh pul mablag‘-larni banklarda saqlashga zamin yaratadi. “Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish” haqidagi Markaziy bank ko‘rsatmalariga asosan mulkchi-lik shaklidan qat’iy nazar, har bir korxona, tashkilot va muassasalar o‘z faoliyatlarini boshlashdan avval tijorat banklarining birida talab qilin-guncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochishlari lozim. Bu mi-jozlarga bankda ochilgan bank hisobvarag‘i hisoblanadi.

Bank hisobvarag‘i – bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish orqali bank mijoz hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va shu hisobvarag‘ga kiritish, mijozning hisobvarag‘i-dagi tegishli mablag‘larini o‘tkazish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalar bajarishi to‘g‘risidagi farmoyishlarini baja-rish vazifasini o‘z zimmasiga olishi natijasida bank bilan mijoz o‘rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlardir.

Bank hisobvarag‘ini ochish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009-yil 16-mart 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (Adliya vazirligida 2009-yil 27-aprelda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi) va unga kiritilgan o‘zgarishlar asosida tashkil etiladi.


Bank hisobvarag‘i shartnomasi bo‘yicha yuzaga keladigan muno-sabatlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga soli-nadi. Mijozlar hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish tartibi Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Bu hujjat-larga amal qilish ularni qo‘llovchi barcha tomonlar uchun majburiydir.
Bank hisobvaraqlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

talabqilingunchasaqlanadigan(muddatsiz)depozithisobvaraqlari; jamg‘arma depozit hisobvaraqlari;
muddatli depozit hisobvaraqlari;

4 O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Karimov I.A. Аsosiy vаzifamiz – vаtаnimiz tаrаqqiyoti vа хаlqimiz fаrоvоnligini yanаdа yuksаltirishdir. – Т.: O‘zbekiston. 2010-yil.

68

depozitlarning boshqa turlari (akkreditivlar bo‘yicha, mud-datsiz, foizsiz depozitlar) bo‘yicha hisobvaraqlar;


ssuda hisobvaraqlari.

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha hisobvaraqlarni ochish uchun bank va mijoz o‘rtasida bank hisobvarag‘i shartnomasi tuziladi. Shartnomada shartnoma nomeri, uni tuzish sanasi, mazmuni, tomonlarning huquq va majburiyatlari, bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘la-nishi lozim bo‘lgan haq miqdori va uni to‘lash usuli, shartnoma muddati, uni bekor qilish yoki o‘zgartirish tartibi, tomonlarning javob-garligi va boshqa qo‘shimcha shartlar ko‘rsatiladi. Shuningdek, shartnomada bank va mijozning manzilgohi hamda rekvizitlari ko‘rsatilishi lozim.


Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, jismoniy va yuridik shaxslarga ochiladi. Xusu-san, qishloq xo‘jaligi korxonalari va savdo tashkilotlarining o‘z mab-lag‘larini saqlash va joriy operatsiyalarni bajarishi uchun mo‘ljallangan maxsus hisobvaraqlari ham shular jumlasidandir.
Budjet muassasalariga respublika va mahalliy budjet hisobidan ajratiladigan mablag‘larni keltirish hamda shu mablag‘lardan foydalanish uchun ularga talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari ochiladi.
Ilgari xo‘jalik hisobida turuvchi korxonalarga ochiladigan hisobvaraqlar hisob-kitob hisobvarag‘i deyilar edi. Bank tizimi faoliyatining jahon standartlariga o‘tkazilishi munosabati bilan juda ko‘plab o‘zgarishlar kiritildi. Masalan, korxona va tashkilotlarning operatsiyalari o‘tkazi-ladigan hisob-kitob hisobvaraqlari “talab qilinguncha saqlanadigan de-pozit” hisobvaraqlari deb nomlandi. Bu hisobvaraqlarni nomerlash tar-tibi ham o‘zgardi. Mijozlar hisob-kitob va kassa xizmatlaridan foydala-nish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar. Har bir mijozga milliy va xorijiy valyutada talab qilinguncha saqlanadigan asosiy depozit hisobvaraq faqat bitta bankda ochiladi. Agar korxona chet el investitsiya-lari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan bo‘lsa, ular o‘z xoxishlariga ko‘ra bitta yoki turli banklarda hisobvaraq ochishlari mumkin. Mijozlarga zarurat bo‘lgan taqdirda, bir yo‘la bir necha bankda milliy valyutada mablag‘larni hisobga olib borish uchun talab qilinguncha saqlanadigan ikkilamchi depozit hisobvarag‘ini ochish mumkin. Ish haqi va unga tenglashtirilgan barcha to‘lovlar asosiy depozit hisobvaraqlari orqali to‘lanishi shart. Ikkilamchi hisobvaraqlardagi mablag‘lar keyinchalik talab qilinguncha saqlanadigan asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

69

Aniq maqsadlarga foydalanish uchun respublika va mahalliy budjetlar hisobidan mablag‘ oladigan har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt-ga alohida maqsadlar uchun talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochiladi. Aniq maqsadlar uchun budjetdan berilgan mab-lag‘larning boshqa depozitlarga qo‘yilishi taqiqlanadi.


Ochilgan hisobvaraq bo‘yicha bajariladigan operatsiya turlari kor-xona Nizomida ko‘zda tutilgan faoliyat turiga mos kelishi lozim.


Download 1,35 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mijozlarga depozit hisobvaraqlar ochish tartibi

Download 1,35 Mb.