|
O‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha shartnoma № Andijon shahri 20 yil “ ”
|
bet | 1/3 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 65,5 Kb. | | #257036 |
Bog'liq BT shartnoma
O‘ZARO HAMKORLIK ALOQALARI BO‘YICHA
ShARTNOMA №______
Andijon shahri 20__-yil “____”_____________
Andijon davlat pedagogika instituti Ilmiy kengashining 2023-yil 26-avgustdagi 1-sonli bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat pedagogika instituti (keyingi o‘rinlarda Oliy ta’lim muassasasi) nomidan (bir tomondan) Pedagogika instituti Ustavi asosida fakultet dekani EGAMBERDIVEY AZIZBEK ABDUMALIKOVICH, ikkinchi tomondan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasini Ustavi asosida ______– umumta’lim maktabi direktori _____________________________________o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha shartnoma tuzildi. Shartnomada Andijon davlat pedagogika instituti _____ bosqich talabalari to`rt hafta davomida Andijon ______________________________________ dagi ______ -umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliyot jarayonlarini tashkil etish nazarda tutilgan.
Shartnomaning mazmuni va predmeti
1.1. Andijon pedagogika instituti va umumta’lim maktablarining o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish.
1.2. Rivojlangan xorijiy davlatlar va ilg‘or milliy pedagogik tajribalar negizida o‘quv rejalar, fan dasturlari, o‘quv adabiyotlari, shu jumladan, o‘quv-metodik komplekslarni zamonaviy, mutlaqo yangi ta’lablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilishni o‘zaro hamkorlikda amalga oshirish.
1.3. Ta’lim mazmunini takomillashtirish, o‘qitish sifati va samaradorligi yuksaltirish, ta’limni xalqaro standart klassifikatori (MSKO-2011) va xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS) talablariga muvofiqlashtirish.
1.4. Umumta’lim maktablarining pedagogik muammolarini hamkorlikda bartaraf etish.
1.5. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi maktablarda ta’labalar amaliyotini tashkil etish hamda bo‘sh ish o‘rinlariga bitiruvchilarni ishga joylashtirish choralarini ko‘rish.
1.6. Mazkur shartnomaning tuzilishi va undagi shartlarning bajarilishi fakultet va umumuta’lim maktablari orasida tuziladigan o‘zaro manfaatli boshqa shartnomalarga zid bo‘lmasligi shart.
|
| |