Hisobvaraq ochish va nomerlash tartibi




Download 1,35 Mb.
bet32/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

Hisobvaraq ochish va nomerlash tartibi

Agar ariza bergan korxona mazkur bankda birinchi marotaba de-pozit hisobvaraq ochayotgan bo‘lsa, bank O‘zbekiston Respublikasi Bank Depozitorlarining Milliy Axborot Bazasi (BDMAB) dan arizachi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot so‘raydi. Agar arizachi BDMABdan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, bank arizachi taqdim etgan hujjatlar asosida mijoz faylini shakllantiradi. Mijoz fayli bankda yuritiladi va unda har bir mijoz to‘g‘risidagi kerakli va to‘g‘ri ma’lumot-lar saqlanadi. Mijozning fayli shakllantirilgandan keyin bank mijozga identifikator, ya’ni xosraqam berish maqsadida ikkinchi marta BDMAB-ga murojaat qiladi va mijoz to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadi. BDMABda har bir mijoz to‘g‘risidagi barcha rekvizitlar saqlanadi. Mijoz haqidagi ma’lumotlar asosida unga xosraqam beriladi va talab qilinguncha saqlanadigan asosiy depozit hisobvaraq ochiladi. Mijozlar shaxsiy hisobvaraqlarining nomerlari ularda hisobga olinadigan mab-lag‘lar va boyliklar xarakteriga qarab 20 razryaddan iborat bo‘ladi.

72

Mijozlar shaxsiy hisobvarag‘i strukturasi quyidagi ko‘rsatkichlar-dan tarkib topadi:


scccc vvv k ssssssss NNN bunda:
scccc – bosh kitob balans hisobvarag‘i; vvv – valyuta kodi;
K – nazorat kaliti;
ssssssss – mijozning BDMABdagi ro‘yxat nomeri (mijoz xos-raqami);
NNN – shu balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning shaxsiy hisob-
varaq tartib nomeri.
Bosh kitob balans hisobvarag‘i nomeri hisobvaraqlar rejasiga muvofiq aniqlanadi, valyuta kodi “Jahon mamlakatlari va valyutalari tas-niflagichi” asosida belgilanadi. Nazorat kaliti, xosraqam va tartib nomeri BDMAB xizmat ko‘rsatish markazida beriladi. O‘zbekiston Respubli-kasi banklarida axborotga kompyuterlarda ishlov berish, hisob yuritish va hisobot ishlarini soddalashtirish maqsadida shaxsiy hisobvaraqlarga nomerlar yagona qoidalar asosida belgilanadi. Asosiy shaxsiy hisobvaraq-da uning tartib nomeri 001 dan 999 gacha bo‘lishi mumkin.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan shaxsiy hisobvaraqlarning no-merlanishini misollarda ko‘rib chiqamiz. Toshkent shahar “Energotar-moq” xizmat ko‘rsatish korxonasiga Sanoat Qurilish bankining shahar bo‘limida talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i ochilgan. Unga 20210000100126958001 nomeri berildi. Bu korxona davlat tasar-rufidagi korxona bo‘lganligi sababli uning hisobvaraq nomeri 20210 bilan boshlanadi. Yuqoridagi 20 ta raqamdan iborat hisobvaraq nomerini quyidagicha izohlaymiz.
20210 – Davlat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarga ochiladigan talab qilinguncha saqlanadigan depozit bo‘yicha Bosh kitobdagi balans hisobvarag‘i nomeri.
000 – valyuta kodi – ushbu 3ta nol so‘mni bildiradi;
1 – ushbu mijozga ochilgan hisobvaraqning nazorat kaliti; 00126958 – BMDABda ushbu mijozga berilgan xosraqam;
001 – ushbu balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning tartib nomeri. Barcha korxona va tashkilotlarga yuqorida ko‘rsatilgan tartibda
hisobvaraq nomeri belgilanadi.
Hisobvaraq ochish bo‘yicha yana bir misolni qo‘shma korxona mi-solida ko‘rib chiqamiz. “ARK BARAKA” qo‘shma korxonasi Kapital bankining Toshkent shahar filialida talab qilinguncha saqlanadigan hi-

73

sobvaraq ochgan. Unga quyidagi talab qilinguncha saqlanadigan hisob-varaq nomeri berilgan.



Download 1,35 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hisobvaraq ochish va nomerlash tartibi

Download 1,35 Mb.