|
To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi
|
bet | 40/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar5.3. To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi
To‘lov talabnomasi – bu mahsulot yetkazib beruvchi va mab-lag‘ oluvchilarning belgilangan summani to‘lovchi bank orqali to‘lashi to‘g‘risidagi talabnomani o‘z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir.
To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar “aksept” shaklidagi hisob-kitoblar deb ham yuritiladi. “Aksept” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, rozilik ma’nosini anglatadi, ya’ni bu to‘lovchining to‘lovni amalga oshirish uchun bankka bergan roziligidir. Aksept shakli asosiy inkassaviy hisob-kitob shakli bo‘lib hisoblanadi. “Inkasso” italyancha so‘zdan olingan bo‘lib, bank o‘z mijozi taqdim etgan hujjatga asosan yetkazib berilgan mahsulot uchun unda ko‘rsatilgan summani to‘lovchi-dan uning banki orqali olib berish bo‘yicha majburiyat bo‘lib hisobla-nadi qilish huquqiga ega.
Hisob-kitoblarning aksept, ya’ni to‘lov talabnomalari orqali o‘tka-ziladigan shaklida ishlatiladigan asosiy hujjat bu – to‘lov talabnomasi-dir. To‘lov talabnomalari mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan belgi-langan № 0505411001 shakldagi blankalarda bankka taqdim etiladi.
To‘lov talabnomalari quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin: a) yuklab jo‘natilgan tovarlar uchun;
b) bajarilgan ishlar uchun;
v) ko‘rsatilgan xizmatlar uchun;
g) amaldagi qonunchilikda, me’yoriy hujjatlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlar uchun.
To‘lov talabnomasida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan ta-labnoma nomeri, uni to‘ldirilgan sana, shu korxona nomi, uning hisob-varaq nomeri, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi, bankining kodi, to‘lovchi korxonaning nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomeri, to‘lovchiga xiz-mat ko‘rsatuvchi bank nomi va kodi, to‘lov summasi va to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi. Hujjatlarda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan umumiy rekvizitlar-dan tashqari to‘lov talabnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
a) shartnoma sanasi va nomeri;
93
b) mahsulotlarni yuklab jo‘natish sanasi va tovar-transport yoki qabul qilish, topshirish hujjatlari va transport turi, tovarlar pochta va telekomunikatsiya agentligiorqali jo‘natilganda esa– pochta kvitansiyalarining nomeri.
Agar mahsulot uni sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilsa, talabnomaning alohida ajratilgan joyda yuk uni sotib oluvchi-ning o‘z transporti bilan olib chiqib ketilgani hamda ishonchnomaning nomeri ko‘rsatiladi. Shunday hollar ham bo‘ladiki, mahsulot kontraksiya shartnomalari asosida realizatsiya qilinadi. Kontraksiya shartnomalari bo‘yicha mahsulot yetkazib berishda to‘lov talabnomasining yuqori qismida ya’ni talabnoma deb yozilgan so‘z yoniga “Kontraksiya shartnomasi” deb ko‘rsatilishi lozim. To‘lov talabnomasining pastki, alohida ajratilgan qismida mahsulot jo‘natuvchi korxona rahbari va bosh buxgalterning imzolari va korxonaning muhr izi qo‘yiladi.
To‘lov talabnomasi mahsulot yuklab jo‘natilgandan keyin shart-nomada belgilangan muddatdan kechiktirilmasdan bankka inkassoga topshiriladi. Mahsulot yetkazib beruvchi bitta operatsiya bo‘yicha talab-nomalarni inkasso uchun qayta taqdim qilish huquqiga ega emas.
Umuman, to‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni rasmiy-lashtirish va hisobga olish ishlarini 3 bosqichga bo‘lib ko‘rib chiqamiz:
1-bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to‘lov talabnoma-sini inkassoga qabul qilinishi.
2-bosqich. Mahsulot oluvchi bankida to‘lov talabnomalarini to‘-lash bo‘yicha operatsiyalari.
3-bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to‘lovni qabul qi-lish bo‘yicha operatsiyalar.
To‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarning har bir bosqi-chini alohida ko‘rib chiqamiz.
|
| |