• Turli mulkchilik shakllariga qarashli korxonalar o‘rtasidagi
  • To‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarda hujjatlar ayla-nishi qanday ko‘rinishda bo‘ladi Yuqorida berilgan matn asosida
  • Yuqorida to‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarda huj-jatlar aylanishi qanday tartibda amalga oshirilishini mustaqil ra-vishda chizib ko‘rishni tavsiya qilgan edik. Bu sizning naqd pulsiz
  • -bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to‘lovni qabul qilish bo‘yicha operatsiyalar




    Download 1,35 Mb.
    bet43/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    3-bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to‘lovni qabul qilish bo‘yicha operatsiyalar

    To‘lovchi korxona bankida to‘langan to‘lov talabnomasi “Elektron pochta” elektron tizimi orqali Markaziy bank qoshidagi Hisob Markazi-ga uzatiladi. Hisob Markazida to‘lovchi korxona bankining vakillik hi-sobvarag‘idan to‘lov talabnomasida ko‘rsatilgan pul summasi mahsulot yetkazib beruvchi bankining vakillik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.


    Elektron to‘lov tizimi orqali olingan elektron talabnomalar mab-lag‘larni oluvchi bankda bir nusxada qog‘ozga chiqariladi. Ilgari to‘lov talabnomasi yana bir nusxa chiqarilib bankning hujjatlar papkasida saq-lanar edi. Hozir esa bankning o‘zida bank axborotlar bazasida elektron to‘lov talabnomasi saqlanadi. Elektron to‘lov talabnomasi mas’ul ijro-chining imzosi va bank muhri qo‘yilgan holda mahsulot yetkazib bergan korxonaning depozit hisobvarag‘iga ilova sifatida qo‘shib beriladi. Shu bilan birga, bu korxonaga hisobvaraqdan ko‘chirma ham beriladi. Mah-sulot yetkazib beruvchi bankida to‘lovchi bankidan kelib tushgan to‘lov summasi quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali mablag‘ oluvchining hi-sobvarag‘iga o‘tkazib qo‘yiladi:
    Debet Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i.
    Kredit Mahsulot yetkazib beruvchining depozit hisobvarag‘i.
    Bu yerda mahsulot yetkazib beruvchi davlat tasarrufidagi, davlat tassarrufidan tashqaridagi turli mulkchilik shakllariga qarashli korxona-lar bo‘lishi mumkin. Shungako‘raularning hisobvaraq nomerlari belgilanadi. Turli mulkchilik shakllariga qarashli korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha buxgalteriya provodkalarini mustaqil yozib ko‘ring. Ushbu buxgalteriya yozuvlari mahsulot yetkazib beruvchi korxonaning hisobvarag‘iga sotilgan mahsuloti uchun pul mablag‘larining kelib tushganligini bildiradi.
    To‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarda hujjatlar ayla-nishi qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Yuqorida berilgan matn asosida o‘zingiz mustaqil ravishda ushbu hujjatlar aylanishini chizing va izohlang!

    100


    Naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari kabi to‘lov talab-nomasi bo‘yicha hisob-kitoblar ham ma’lum bir afzallik va kamchilik-larga ega. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitoblarnig afzalliklari quyi-dagilardan iborat:
    1) Mahsulot sotuvchi bilan mahsulot oluvchi tomonlar bir-birini o‘zaro nazorat qilishga qulay.
    2) Mahsulot oluvchiga tovarni jo‘natish kechiktirilmaydi.
    3) Mol jo‘natuvchi bilan hisob-kitob qilish uchun mahsulot oluv-chining mablag‘ini alohida hisobvaraqda deponent qilib qo‘yish talab etilmaydi, ya’ni to‘lovchining mablag‘lari biror muddatga aylanmadan tashqariga chiqib ketmaydi.
    4) To‘lovchiga taqdim etilgan hujjatlar asosida mol yetkazib be-ruvchining shartnoma shartlari qay darajada bajarilishini tekshirish hu-quqi beriladi, shu bilan birga shartnoma shartlaridan biri buzilgan holda to‘lov to‘lashdan bosh tortish huquqiga ega bo‘ladi.
    5) Mol oluvchi hisobvarag‘idan akseptsiz talabnomalar bo‘yicha mablag‘larning majburiy olinishi mahsulot yetkazib beruvchi yoki xiz-mat ko‘rsatgan tomon manfaatlariga mos keladi.
    To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarning kamchiliklari quyidagilar:
    1. Mahsulot sotuvchi korxonaga to‘lovning o‘z vaqtida o‘tkazili-shi kafolatlamaydi.
    2. To‘lov o‘tkazilishi bilan tovar jo‘natilishi vaqtining bir-biriga mos kelmasligi.
    3.Omborxona bilan bog‘liq muammolarning yuzaga kelishi mumkinligi.
    4. To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarda hujjatlar aylani-
    shi to‘lov topshirig‘iga nisbatan uzoqroq davom etishi.
    Umuman, to‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarning ishlatili-shi ko‘p hollarda 2-kartotekadan o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lov talabno-malarning ko‘payishiga sharoit yaratadi, chunki talabnoma bankka to‘lov uchun kelib tushgan vaqtda to‘lovchining hisobvarag‘idan har doim ham to‘lovni amalga oshirish uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmaydi. Kartotekaga qo‘yilgan har bir to‘lov talabnomasi respublika iqtisodiyotida debitorlik va kreditorlik qarzlarining oshganligidan dalo-lat beradi. Shu sababli, respublika banklari o‘z mijozlarining kartoteka-dagi hujjatlari va ularni to‘lash bo‘yicha qanday ishlar olib borilayot-ganini nazorat qilib turadilar.

    101


    Yuqorida to‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarda huj-jatlar aylanishi qanday tartibda amalga oshirilishini mustaqil ra-vishda chizib ko‘rishni tavsiya qilgan edik. Bu sizning naqd pulsiz

    Download 1,35 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to‘lovni qabul qilish bo‘yicha operatsiyalar

    Download 1,35 Mb.