|
a) Emitent bankida akkreditivning ochilishi
|
bet | 46/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlara) Emitent bankida akkreditivning ochilishi.
Akkreditiv faqat bir ta’minotchi bilan hisob-kitob qilishga mo‘ljal-langan bo‘lishi mumkin. Akkreditivning muddati va hisob-kitob qilish tartibi tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Shartnomada:
– emitent-bankning nomi;
– akkreditiv turi, uni bajarish muddati va bajarish usullari;
– mol yetkazib beruvchining akkreditiv bo‘yicha mablag‘ olishi uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxati va ularning aniq tavsifi;
– tovarlarni jo‘natgandan keyin hujjatlarni taqdim qilish muddati; – mol yetkazib beruvchi va oluvchi tomonlar nomi, ularning
yuridik adreslari;
104
– bajaruvchi bank nomi va boshqalar ko‘rsatiladi.
Akkreditiv ochish uchun xaridor o‘z bankiga – bank emitentga akkreditivlarni ochish to‘g‘risidagi arizani 2 nusxada taqdim etadi. Ari-zada akkreditiv ochish uchun asos bo‘lgan shartnoma raqami, akkredi-tivning amal qilish muddati, akkreditivni bajaradigan bankning nomi, akkreditiv ijro etiladigan joy, akkreditiv turi, akkreditiv bo‘yicha haq to‘lanadigan hujjatlarning to‘liq va aniq nomi, rasmiylashtirish tartibi, akkreditiv bo‘yicha to‘lash usuli va boshqa kerakli rekvizitlar ko‘rsatiladi.
Bankda ushbu korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochi akkreditiv ochish haqidagi arizani olib, uning to‘g‘ri va to‘liq rasmiy-lashtirilganligi, barcha kerakli rekvizitlarning mavjudligini tekshirib ko‘-radi. Shundan so‘ng qabul qilingan akkreditiv ochish haqidagi arizaning birinchi nusxasiga o‘z imzosini, bankning to‘rtburchak muhr izi, arizani qabul qilish sanasi va to‘lov o‘tkazilgan sanani qo‘yadi. Arizaning birin-chi nusxasida ko‘rsatilgan barcha rekvizitlar kompyuterga kiritib elektron to‘lovlar tizimi yordamida to‘langan summani Markaziy bankning Hisob markazi orqali mahsulot jo‘natuvchi korxona bankiga, ya’ni bajaruvchi bankka jo‘natiladi. Xaridorning hisobvarag‘idan to‘lovni o‘tkazish bo‘yi-cha operatsiyalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi:
Debet “Mahsulot oluvchi korxonaning depozit hisobvarag‘i” Kredit “Emitent bankning vakillik hisobvarag‘i”
Emitent bankdan akkreditiv summasini boshqa bankka o‘tka-zish bo‘yicha buxgalteriya provodkalarini hisobvaraqlar rejasining “Aktivlar” va “Majburiyatlar” bo‘limlaridagi hisobvaraqlardan foy-dalangan holda mustaqil bajaring.
Bir vaqtning o‘zida akkreditiv summasi akkreditivlarni hisobga oluvchi ko‘zda tutilmagan hollar hisobvarag‘iga kirim qilinadi. To‘lov o‘tkazilgandan so‘ng arizaning ikkinchi nusxasi bank mas’ul ijrochisi-ning imzosi, bankning to‘rtburchak muhr izi, to‘lov o‘tkazilgan sana hamda qabul qilish sanasi qo‘yilgan holda to‘lovchiga shaxsiy hisobva-rag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda beriladi.
|
| |