Qo‘shimcha adabiyotlar
1. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respubli-kasi Qonuni. 1996-yil 26-aprel (oxirgi o‘zgarishlari bilan).
2. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqi-miz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T.: “O‘zbekiston”, 2010-yil.
3. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PQ-1325-sonli qarori.
4. “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amal-ga oshirish to‘g‘risida” 2002-yil 12-yanvardagi O‘zbekiston Respubli-kasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Nizom.
5. “To‘lov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” 2009-yil aprel.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009-yil 16-martda 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (Adliya vazirligida 2009-yil 27-aprelda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
7. Pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning 2010-yildagi asosiy yo‘nalishlari.//Bozor, pul va kredit, 2010, №1.
125
VI bob. QIMMATLI QOG‘OZLAR BO‘YICHA OPERATSIYALAR HISOBI
6.1. Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar hisobi
Qimmatli qog‘ozlar – bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiq-lovchi dividend yoki foiz ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatidir.
Qimmatli qog‘ozlarning bir qancha turlari bo‘lib, ularga aksiya, obligatsiya, veksel, depozit, jamg‘armali sertifikatlar va boshqalar kiradi.
Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari universal bank bo‘lib, ko‘plab bank operatsiyalari qatori qimmatli qog‘ozlar bilan ham operatsiyalar bajaradilar. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarning emi-tentlari sifatida faoliyat yuritadilar, chunki ko‘p banklar aksiyadorlik banklari bo‘lib, o‘z ustav sarmoyalarini shakllantirish maqsadida aksiya-lar chiqaradilar. Bundan tashqari, banklar qimmatli qog‘ozlar bilan investitsion operatsiyalarni bajaradilar, qimmatli qog‘ozlar bozorida sarmoyador sifatida ishtirok etadilar, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan, vositachilik operatsiyalar bilan shug‘ullanadilar.
Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 28/4 sonli Qarori bilan 2008-yil 13-dekabrda tasdiqlangan “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgal-teriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma asosida olib boriladi.
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bajaradigan ope-ratsiyalaridan biri bu – tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarishdir. Amaldagi qonunchilikka asosan tijorat banklari aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari, veksel va boshqa qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalada bo‘luvchi qarz majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog‘ozlar chiqarishlari mumkin. Bank tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog‘ozlar hisobi ularning nominal qiymati bo‘yicha 23600 ‘Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar’ nomli balans hisobvaraqlarida olib boriladi.
Hujjatsiz yoki hujjatli qimmatli qog‘ozlarning blankalari Markaziy depozitariyda hisobga olinganda provodka quyidagicha bo‘ladi:
126
Debet 90327 – “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”;
96314 – “Bankning qimmatli qog‘ozlaribo‘yichakontr-hisobvaraq”.
Debet 90329 – “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”;
Kredit 96314 – “Bankning qimmatli qog‘ozlaribo‘yichakontr-hisobvaraq”.
Shunday qilib, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qo-g‘ozlar hisobini olib borish uchun hisobvaraqlar rejasining ‘Majburiyat-lar’ bo‘limida 23600 ‘Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘oz-lar’ asosiy balans hisobvarag‘i ochilgan bo‘lib, uning o‘zi bir nechta hisobvaraqlarga bo‘linadi:23602 – Chiqarilgan obligatsiyalar
23604 – Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlari 23606 – Chiqarilgan depozit sertifikatlari 23608 – Chiqarilgan veksellar
23610 – Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar.
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqlar-ning debetidan so‘ndirilganda yoki so‘ndirish muddatidan oldin qimmatli qog‘oz egalaridan qayta sotib olingan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati bo‘yicha joylashtirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning va-killik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i
Kredit 23600 – “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar”. Qimmatli qog‘ozlar blankalari balansdan tashqari hisobvaraqlardan
hisobdan chiqariladi:
Debet 96314–“Bankningqimmatliqog‘ozlaribo‘yichakontr-hisobvaraq” Kredit 90327 – “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”.
Debet 96314–“Bankningqimmatliqog‘ozlaribo‘yichakontr-hisobvaraq” Kredit 90329 – “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”.
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni nominal qiy-matidan ortiq summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 23696 ‘Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot’ hisobvarag‘ida hi-sobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarni nominal qiymatidan ortiq bahoga sotganda yuzaga kelgan mukofot summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar so‘ndirilganda
127
yoki qimmatli qog‘ozlar qayta sotish maqsadida sotib olinganda hisobdan chiqariladigan mukofot summasi aks ettiriladi.Debet 10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning va-killik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i – qimmatli qo-g‘ozni sotish qiymatiga
Kredit 23600 – “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar” – qimmatli qog‘ozning nominal qiymatiga
Kredit 23696 – “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot (premiya)” – qimmatli qog‘ozni sotish qiymati va nominal qiymati o‘rtasidagi farq summasiga.
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni nominal qiy-matidan past summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 23698 ‘Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont’ (kontr-passiv) hisob-varag‘ida hisobga olinadi.Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarni nominal qiymati-dan past bahoga sotganda yuzaga kelgan diskont summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlar so‘ndirilganda yoki qimmatli qog‘ozlar qayta sotish maqsadida sotib olinganda hisobdan chiqariladigan diskont summasi aks ettiriladi. Yuqorida keltirilgan hi-sobvaraqlar bo‘yicha analitik hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, mud-dati va chiqarilish navbati bo‘yicha ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Shunday qilib, qimmatli qog‘oz nominal qiymatidan past bahoda sotilsa, nominal qiymati va sotish bahosi o‘rtasidagi farq (diskont) 23698 – “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)” hisobvarag‘ining debetiga sotish sanasida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali o‘tkaziladi:
Debet 10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning va-killik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i – qimmatli qo-g‘ozni sotish qiymatiga
Debet 23698 – “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)” – qimmatli qog‘ozni nominal qiymati va sotish qiymati o‘rtasidagi farq summasiga
Kredit 23600 – “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar” – qim-matli qog‘ozni nominal qiymatiga.
Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar quyidagi 54202-54210 hisobvaraqlarda olib boriladi. Hisob-varaqning debetida to‘langan foizlar, diskont, bank chiqargan qimmatli
128
qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblangan foizli xarajat-lar, kreditidan noto‘g‘ri hisoblangan foizlar, mukofot, shuningdek, yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206-hisobvarag‘iga olib boriladigan summa aks ettiriladi.Agar bank qimmatli qog‘ozni nominal qiymatidan past bahoda sotib olsa, nominal qiymat va sotib olish bahosi o‘rtasida ijobiy farq 45994 – “Boshqa foizsiz daromadlar” hisobvarag‘ining “Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalardan olingan daromadlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi. Agar bank tomonidan qimmatli qog‘oz balans qiymatidan yuqori bahoda sotib olinsa, balans qiymati va sotib olish bahosi o‘rtasidagi salbiy farq 55995 – “Boshqa foizsiz xarajatlar” hisobvarag‘ining “Chiqarilgan qarz majbu-riyatlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha qilingan xarajatlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ining debetida aks ettiriladi.
6.2. Bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobi
Tijorat banklari tomonidan tijorat maqsadida davlat xazina vek-sellari, davlat obligatsiyalari, Markaziy bankning obligatsiyalari, davlat korxonalari qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar, xususiy korxonalar qimmatli qog‘ozlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar sotib olinishi mumkin. Tijorat banklari tomonidan tijorat maqsadida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobini yuritish uchun hisobvaraqlar rejasining “Aktivlar” bo‘li-mida 10700 “Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari” asosiy hisobvarag‘i ajratilgan.
Bu hisobvaraq o‘z ichiga quyidagi hisobvaraqlarni oladi: 10701 – Davlat xazina veksellari
10705 – Davlat obligatsiyalari
10709 –Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari 10711 – Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
10715 – Yevro obligatsiyalar
10719 – Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari 10779 – Boshqa qimmatli qog‘ozlar
10791 – Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont 10793 – Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot.
Ushbu hisobvaraqlarning debetida sotib olingan qimmatli qog‘oz-lar qiymati, shuningdek, qayta tasniflangan va ushbu hisobvaraqqa in-vestitsiyalar hisobvarag‘idan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar, hisobva-raqlarning kreditida sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuning-dek, qayta tasniflangan qimmatli qog‘ozlar summasi aks ettiriladi.
129
Tijorat maqsadida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bozor narxi-ning xarid narxidan kamayishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash uchun ishlatiladigan mablag‘lar hisobi 10799 ‘Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi’ hisobvarag‘ida olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil qilingan zaxira summasi yoki uning ortishi, debetida zaxiraning bekor qilinishi yoki ishlatilishi aks ettiriladi. Analitik hisob qimmatli qog‘oz-ning turi, muddati va emitenti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.Ehtimoliy yo‘qotishlarni baholash 56806 “Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari” hisobvarag‘ida olib boriladi. Hisobvaraqning debetida ehtimoliy yo‘qotishlarni baholash summasi yoki uning ortishi, kreditida baholash summasining kamayishi, noto‘g‘ri hisoblangan ba-holashning qaytarilishi, shuningdek, yil yakunida moliyaviy natija sifa-tida yopilib, 31206 hisobvarag‘iga olib boriladigan summa aks ettiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan olingan daromad 45600 “Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda” hisobvara-g‘ida hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida olingan foyda sum-masi, debetida noto‘g‘ri olingan foydaning qaytarilishi hamda yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 hisobvarag‘iga olib boriladigan summa yoziladi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zarar 55600 “Tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zarar” hisobvarag‘ida olib boriladi. Hisobvaraqning debetida ko‘rilgan zarar summasi, kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararning qayta-rilishi, shuningdek, yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 hisobvarag‘iga olib boriladigan summa aks ettiriladi. Bank tomonidan qimmatli qog‘oz xarid qilinganda quyidagi o‘tkazma beriladi:
Debet 10700 “Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari”
Kredit 10101, 10301, 20200 Bu hisobvaraqlarning nomlarini yozing. Balans hisoboti tuzilayotgan sanaga qimmatli qog‘ozlarniig xaridnarxini bozor narxiga solishtirish yo‘li bilan qayta baholash amalga oshiriladi. Agarda bozor narxi xarid narxidan past bo‘lsa, bankning xarajati hisobidan ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi tashkil qilinadi: (Hisobvaraq nomlarini hisobvaraqlar rejasidan ko‘rib, esda saqlang.)
Debet 56806 Kredit 10799
Agarda bozor narxi xarid narxidan yuqori bo‘lsa, tashkil qilingan zaxira yuqoridagi provodkaning teskarisi berilib bekor qilinadi.
130
6.3. Qimmatli qog‘ozlari bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari hisobi
Banklar mijozlar bilan tuzilgan vositachilik yoki topshiriq shart-nomalari asosida qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha operatsiya-larni bajarishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun mijozlar tomonidan o‘tkazilgan pul mablag‘lari hamda vositachilik va topshiriq shartnomalari bo‘yicha mijozlarning qimmatli qog‘ozlarini sotishdan olingan pul mablag‘larining hisobi 22608 – “Mijozlarning qimmatli qo-g‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari” balans hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlar bilan brokerlik operatsiyalari bo‘yicha mijozlar mablag‘lari” alohida hisobvarag‘ida yuritiladi. Sotish uchun yoki mijoz topshirig‘iga asosan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar 93616 – “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” va 93623 – “Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatla-ri” ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida nominal qiymat bo‘yicha hisobga olinadi:
Debet 93616 – “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qo-g‘ozlari” yoki 93623–“Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar tijorat hujjatlari”
Kredit 96379 – “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qim-matbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
Mijozlarning topshirig‘iga ko‘ra sotish uchun olingan qimmatli qog‘ozlar sotilmaganda, ularni mijozlarga qaytarilganda, shuningdek, mijozlarga ularning topshirig‘i bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlarni topshirishda qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 96379 – “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qim-matbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”;
Kredit 93616 – “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” yoki
93623 – “Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar tijorat hujjatlari”.
Banklar tomonidan vositachilik operatsiyalarini bajarishdan olin-gan daromadlar 45209 – “Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha daromadlar” hisobvarag‘ining kreditida hisobga olinadi.
131
|