Qimmatli qog‘ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi




Download 1,35 Mb.
bet55/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

6.4. Qimmatli qog‘ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi

Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalaridan biri ander-rayting operatsiyalaridir. Anderrayting operatsiyalari – qimmatli qog‘oz-larni ularning birinchi egalariga sotish hamda emitent topshirig‘iga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish operatsiyalaridir.


Qimmatli qog‘ozlar emitentdan joylashtirish uchun olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 93616 – “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qo-g‘ozlari” yoki
93623 – “Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar tijorat hujjatlari”
Kredit 96379 – “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qim-matbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.
Emitentning qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan olingan pul mablag‘larining hisobi 22608 – “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari” balans hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq emitentlar mablag‘lari” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Qimmatli qog‘ozlarni ularning birinchi egalariga joylashtirishda, shuningdek, joylashtirilmagan qimmatli qog‘ozlarni emitentga qayta-rishda qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bo‘yicha quyidagi bux-galteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 96379 – “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qim-matbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Kredit 93616 – “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qo-g‘ozlari” yoki
93623 – “Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar tijorat hujjatlari”.
Bank qimmatli qog‘ozlarni emitent topshirig‘iga asosan emitent mablag‘lari hisobiga so‘ndiradi. Emitentdan olingan mablag‘lar 22608 -“Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari” hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emitentlarning mablag‘lari” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hi-sobga olinadi. Emitentning qimmatli qog‘ozlari so‘ndirilganda, so‘ndi-rish summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi.
Debet 22608 – “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari”;

132


Kredit 10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning va-killik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i.
Bir vaqtning o‘zida so‘ndirilgan qimmatli qog‘ozlarning blanka-lari 90303 – “Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari” va 96305 – “Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” nomli ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga 1 so‘m shartli bahoda kirim qilinadi. Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari esa 90317 va 96315 ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqla-riga kirim qilinadi. Emitent topshirig‘iga ko‘ra so‘ndirilgan qimmatli qog‘ozlarning blankalarini emitentga o‘tkazishda teskari provodkalar o‘tkaziladi.
Anderrayting xizmatlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar 45294 – “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishiga xiz-mat ko‘rsatish bo‘yicha bank operatsiyalaridan olingan daromadlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi.

Tayanch so‘z va iboralar


Qimmatli qog‘ozlar, aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel, reyestr, anderrayting, qimmatli qog‘ozlar birjasi, valyuta birjasi, birlamchi bozor, ikkilamchi bozor, bitim, komission mukofot, davlat xazina veksellari.


Download 1,35 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qimmatli qog‘ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi

Download 1,35 Mb.