• 2-rasm.
  • VIII bob. BANKLARNING KASSA OPERATSIYALARI, ULARNI HISOBGA OLISH VA RASMIYLASHTIRISH




    Download 1,35 Mb.
    bet63/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    VIII bob. BANKLARNING KASSA OPERATSIYALARI, ULARNI HISOBGA OLISH VA RASMIYLASHTIRISH

    8.1. Banklarda kassa ishlarining tashkil etilishi

    “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekis-ton Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy funkciyalaridan biri pul emissiyasidir. Banknotalar va tangalar ko‘rinishidagi naqd pullar mamlakat hududidagi hisob-kitoblarda cheklanmagan miqdorda qabul qilinuvchi yagona to‘lov vositasidir.



    2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – banknotalar.

    3-rasm. O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – tangalar.

    O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan naqd pullar, ya’ni banknota va metall tangalar kredit pullar hisoblanadi. Muomalaga pul chiqarish iqti-sodiyotni kreditlash tartibida amalga oshiriladi. Muomalaga pul chiqa-rish va olishning mutlaq huquqi O‘zbeksiton Respublikasi Markaziy

    147

    Bankiga berilgan bo‘lsa-da, lekin yuridik va jismoniy shaxslarni naqd pul bilan ta’minlash asosan tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.


    Aholi va turli korxona va tashkilotlar, aholi guruhlari o‘rtasidagi hisob kitoblar naqd pul yordamida amalga oshiriladi. Masalan, aholiga ish haqi, nafaqa, mukofot, gonorar, komandirovka xarajatlari to‘lashda va aksincha, aholi tomonidan savdo tashkilotlari, maishiy xizmat, mada-niy oqartuv tashkilotlari, dehqon bozori, oziq-ovqat va kiyim-kechak bozorida aholi guruhlari o‘rtasidagi aloqalarda naqd pul ishtirok etadi.
    Naqd pul aylanmasi hajm jihatidan naqd pulsiz aylanmaga nisba-tan ancha kam bo‘lsa-da, iqtisodiyotdagi iqtisodiy aloqalarning normal holatda tashkil etilishida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki naqd pul ishlatiladigan sohalarida tovarlarning sifati nazorat qilinadi.
    Har bir tijorat bankida korxona va tashkilotlarga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun bir qancha kassalar tashkil etiladi, ya’ni bank muassa-sasi o‘z tarkibida tarkibiy bo‘linma – kassa operatsiyalari bo‘limiga ega. Kassa operatsiyalari bo‘limida bajariladigan kirim va chiqim kassa operatsiyalari Markaziy bankning “Emissiya-kassa ishlari va naqd pul tushumini inkassatsiya qilish” to‘g‘risidagi 566-sonli hamda “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil qilish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnoma” (Ro‘yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) asosida tashkil etiladi.
    Pul yoki boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun kassa operatsiyalari bo‘limi tarkibida quyidagi kassalar tashkil etiladi. Kirim kassasi, chiqim kassasi, kirim-chiqim kassasi, maydalab berish kassasi, qat’iy hisobda turadigan blankalarni berish kassasi, kechki kassalar tashkil etiladi.
    Ko‘rsatib o‘tilgan kassalar kassa operatsiyalari hajmi va kassa xodimlarining belgilangan shtatidan kelib chiqqan holda bank muas-sasasi farmoyishiga binoan tashkil etiladi. Yirik bank muassasalarida kassa operatsiyalari bo‘limini boyliklar bilan ishlashdan ozod etilgan xodim, ya’ni kassa operatsiyalari bo‘limining boshlig‘i boshqarishi lozim. U kassa apparati ishi ustidan nazorat o‘rnatadi va uning ishiga rahbarlik qiladi, hamda kassa ishini to‘g‘ri tashkil qilish, bank muassa-sasidagi barcha boyliklarning ishonchli va to‘liq saqlanish uchun rahbar bilan teng darajada javob beradi.

    148


    6-sxema.



    Download 1,35 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VIII bob. BANKLARNING KASSA OPERATSIYALARI, ULARNI HISOBGA OLISH VA RASMIYLASHTIRISH

    Download 1,35 Mb.