• Chiqim kassasi
  • Tijorat banklari kassalarining turlari




    Download 1,35 Mb.
    bet64/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    Tijorat banklari kassalarining turlari

    Kassa turlari




    Kirim kassasi

    Kechki kassa



    Maxsus kassalar



    Omonat kassalar


    Chiqim kassasi

    Mini banklar kassasi



    Valyuta ayirboshlash shoxobchasi kassasi



    Qayta sanash kassasi


    Kassa operatsiyalari bo‘limlarining boshliqlari egallab turgan lavo-zimlariga Markaziy bank va tijorat banklarning viloyat boshqarmalarida tayinlanadilar, tasdiqlanadilar va undan ozod etiladilar. Bo‘lim boshlig‘i yoki kassa mudiri lavozimida bank tizimida kamida 3 yil ishlagan shaxs-lar tayinlanadi.


    Bank muassasalarining rahbarlari kassalar va pul omborlarida boy-liklar bilan ishlashning belgilangan qoidalarini ta’minlovchi zarur shart-sharoitlarni ta’minlashlari lozim. Banklardagi kassa tormozlari “Kassa tarmoqlarini loyihalashtirish va o‘rnatishning texnikaviy talablari”ga muvofiq holda jihozlanadi, uni boshqa xizmatlardan ajratib qo‘yish va qoidalarga ko‘ra, binoning birinchi qavatida joylashtirilish lozim.

    149

    Begona shaxslarning pul omborlari joylashgan joyni kuzatishlari va o‘rganishlari uchun hech qanday imkoniyat bo‘lmasligi kerak. Kassa binosining eshiklari kun bo‘yi davomida ichkaridan berkitilgan bo‘lishi lozim. Eshiklarga tashqarini ko‘rish uchun kichkina maxsus oynacha o‘rnatilgan bo‘lish kerak. Kassa tarmog‘ining barcha derazalari kechki payt pardalar bilan to‘silgan bo‘lishi shart.
    Operatsiya kassasi, har bir kassirning ish joyi kabina o‘rnatish orqali ajratib qo‘yilishi lozim. Bunday holda boyliklar saqlanishi ustidan mas’ul bo‘lgan shaxslarga kassirlar ishini kuzatib turishiga imkon tug‘iladi.
    Kassirlar stolida qulflanadigan tortmalar bo‘lishi kerak, uning kod nomerini faqat kassirlar bilishi kerak. Kassirlar kun davomida boyliklar-ni saqlash uchun seyflar, metall shkaflar, boyliklarni tashish uchun ara-vachalar bilan ta’minlanishi lozim. Mijozlarga xizmat ko‘rsatiladigan darchalarga ichkari tomonidan qulflanadigan eshikchalar o‘rnatilishi lozim.
    Kassirlarning o‘z pullari, ustki kiyimlari hamda shaxsiy narsalari kassa tarmog‘ida, biroq kassa xonasidan tashqarida o‘rnatilgan shkaflar-da yoki maxsus ajratilgan xonalarda saqlanishi lozim.
    Operatsiya kassalarining kassirlari kirim va chiqim kassa hujjatla-rini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan hisob-kassa xodimlarining imzolari na’munalari bilan, kirim-chiqim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanadigan hisob-operatsiya xodimlari esa kassirlar imzosining na’munalari bilan ta’minlanishi kerak. Imzolar na’munalarini tegishli xodimlarga o‘z vaqtida berish va ular bekor qilingach, qaytarib olish ustidan nazoratni bank muassasasining bosh buxgalteri amalga oshiradi. Ro‘yxatlar har yili 1-yanvar holatiga ko‘ra yangilanib turiladi.
    Umuman, banklarda kassaning kirim va chiqim operatsiyalarini tashkil qilish uchun yangi hisobvaraqalar rejasining “Aktivlar” bo‘limi-da bir nechta hisobvaraqlar ochilgan. Hozirgi amalda bo‘lgan hisobva-raqlar rejasida “Naqd pullar va kassa hujjatlari” nomli 10100 asosiy hisob-varag‘ida kassa operatsiyalarining hisobi olib boriladi. Bu asosiy hisob-varaq bo‘yicha bir nechta yordamchi hisobvaraq, ya’ni subschyot ochilgan:
    10101 – Aylanma kassadagi naqd pullar 10102 – Naqd pullar zaxirasi
    10103 – Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar 10105 – Cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari

    150


    10107 – Bankomatlardagi naqd pullar 10109 – Yo‘ldagi pullar
    10111–Bankbinosidajoylashmaganoperatsionkassalardaginaqdpullar
    Yuqorida ko‘rsatilgan barcha hisobvaraqlar ham mazmun jihatidan aktivdir, ularda qoldiq va mablarlarning ko‘payishi debet tomonida, mab-lag‘larning kamayishi esa hisobvaraqning kredit tomonida aks ettiriladi.


    Download 1,35 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tijorat banklari kassalarining turlari

    Download 1,35 Mb.