|
Kirim kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish
|
bet | 65/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar8.2. Kirim kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish
Barcha korxona va tashkilotlar pul mablag‘larini o‘zlari tanlagan banklaridagi tegishli hisobvaraqlarida shartnoma asosida saqlaydilar, ya’ni bankka topshirilgan naqd pul bank kassasiga kirim qilinadi, topshirilgan pul summasi korxona hisobvarag‘iga yoziladi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi aholidan naqd pulning qabul qilinishi majburiy ravishda nazorat kassa apparatlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Naqd pullarning to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi bankning pul muo-malasi bo‘limi xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.
Naqd pulni operatsiya kuni mobaynida qabul qilish uchun bank muassasalarida kirim kassalari tashkil etiladi. Kassaning kirim ope-ratsiyalari deb korxona va tashkilotlardan tushadigan naqd pul tushu-mini turli naqd pul ko‘rinishdagi badallar, fuqarolarning naqd pul omo-natlari, ish haqiga olingan pul mablag‘larining tarqatilmay qolgan qismi kabi to‘lovlarni naqd pul ko‘rinishida bank kassa xodimi tomonidan qabul qilinishiga aytiladi. Bank tomonidan naqd pul quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadi:
a) Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholidan 0402001 shakldagi badalnomalar bo‘yicha kvitansiyalar berish bilan. Fuqarolar omonatga pul qo‘yganlarida omonat daftarchasiga shu to‘g‘rida yozib qo‘yiladi, daftarcha ko‘rsatilmagan taqdirda pul qo‘yuvchiga 0402004 shakldagi kvitansiya beriladi.
b) Transport korxonalari va tashkilotlaridan 0402003 shakldagi naqd pul badalnomalari bo‘yicha 0402003 shakldagi kvitansiya berish bilan;
v) Xayriya fondlariga o‘tkaziluvchi naqd pulli badallar 0402001 shakldagi badalnomalar bo‘yicha 0402004 shakldagi kvitansiyalar berish bilan 0402001 shakldagi badalnomalar mas’ul ijrochining imzosidan tashqari nazoratchining imzosi bo‘lishi kerak. Mazkur operatsiyalar
151
buxgalteriya xodimlari tomonidan alohida daftarga qayd etilishi lozim.
g) Boshqa barcha tushumlar 0482005 shakldagi kirish kassa orderlar bo‘yicha 0402004 shaklidagi kvitansiyalar berish orqali qabul qilinadi.
|
| |