|
Kirim kassa operatsiyalarini hisobga olish tartibi
|
bet | 67/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarKirim kassa operatsiyalarini hisobga olish tartibi
Kirim kassalariga tushgan pullar kassa mudiriga operatsiya kuni mobaynida bir necha marta berilishi mumkin. Bunday hollarda kassir pul berishidan avval amalda tushgan pul u qabul qilingan kirim hujjat-laridagi umumiy summaga mos kelishiga ishonch hosil qilishi kerak. Operatsiya kuni tugashga qadar barcha naqd pul shu ish kunining o‘zidayoq aylanma kassasiga kirim qilinishi va bank muassasasining buxgalteriya balansi bo‘yicha tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilishi kerak. Demak, kunning oxirida kassaning kirim operatsiyalari bo‘yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Ya’ni bu holda bank kassasi bilan birga pul topshirgan korxona hisobvarag‘ida ham topshirgan summada mablag‘ ortadi.
Dt 10101 – Bankning aylanma kassasidagi naqd pullar
Kt20200–Mijozlarningtalabqilibolingunchasaqlanadigandepozitlari Agar pul topshiruvchi korxona xususiy korxona bo‘lsa, u holda
quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi. Debet 10101 – Bu qanday hisobvaraq edi?
Kredit 20208 – Hisobvaraq nomerini o‘zingiz yozing.
Mazkur buxgalteriya yozuvlaridan shuni ko‘rish mumkinki, bir to-mondan bank kassasi, ikkinchi tomondan korxona depozit hisobvarag‘i ko‘paymoqda, bu hisobvaraqlarning biri aktiv, ikkinchisi esa passiv, shu-ning uchun bank balansining har ikkala ham aktiv, ham passiv tomoni bir xil summaga ortadi.
154
Mijozlarga bank tomonidan kreditlar naqd pulda berilgan bo‘lsa, ular albatta naqd pul ko‘rinishida qaytarilishi kerak. Mijozlar tomonidan olingan kredit grafik asosida belgilangan muddatlarda naqd pul topshirish orqali qaytariladi. Agar kreditni qaytarish uchun naqd pullar bankka topshirilsa, bu operatsiya quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi asosida bajariladi.
Debet – “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit – “Mijozlarning kredit bo‘yicha tegishli hisobvarag‘i” Hisobvaraqlarning nomerlarini hisobvaraqlar rejasidan qidi-
rib ko‘ring va o‘zingiz yozib qo‘ying.
Agar olingan kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lovi naqd pulda amalga oshirilgan bo‘lsa:
|
| |