• Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi
  • Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga quyidagicha izoh asosida 7-sxemadagi operatsiyalar raqamini qo‘yib chiqing va eslab qoling!
  • Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar




    Download 1,35 Mb.
    bet69/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    Debet 20200 ‘Mijozlarning depozit hisobvarag‘lari’ Kredit 10101 – ‘Aylanma kassadagi naqd pullar’

    156


    Agar jismoniy shaxs omonatdan naqd pul olsa, bankda bu ope-rasiya qanday rasmiylashtiriladi va hisobga olinadi? Xususiy tad-birkor naqd pul olsa-chi? Operatsiyalar bo‘yicha buxgalteriya pro-vodkalarini yozing va hisobvaraqlar rejasidan tekshirib ko‘ring.
    Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma mijozga topshiriladi, shaxsiy hisobvaraq bankda alohida papkalarga tikiladi. Chiqim kassa ope-ratsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi sxemasini quyida keltiriladi.

    7-sxema. Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi



    Mas„ul ijrochi

    Mijoz


    Nazoratchi

    Kassa


    Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga quyida-gicha izoh beramiz:
    10. Mijoz mas’ul ijrochiga pul chekini pasporti bilan birga topshiradi.
    11. Mas’ul ijrochi barcha tekshiruvlardan keyin mijozga pasporti va chekning nazorat markasini beradi.
    12. Mas’ul ijrochi nazoratchiga pul chekini topshiradi.
    13. Nazoratchi hujjatni tekshiruvdan o‘tkazib, chiqim kassa jurnalida undagi yozuvlarini qayd etgandan so‘ng pul chekini chiqim kassa jurnali bilan birga kassaga uzatadi.

    157


    14. Mijoz kassaga kelib kassirga pasporti va chekning nazorat markasini beradi.
    15. Kassir pul cheki va chiqim kassa jurnalidagi summani solishtira-di,ulardagi yozuvlarning mosliginitekshiradiva mijozga pulni sanab beradi.


    Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga quyidagicha izoh asosida 7-sxemadagi operatsiyalar raqamini qo‘yib chiqing va eslab qoling!

    8.4. Naqd pul zaxirasi bo‘yicha operatsiyalar hisobi

    Ilgari barcha tijorat banklari va ularning filiallari aylanma kassala-riga limit o‘rnatilar edi. Limitdan ortiqcha naqd pullar Markaziy bankka yoki uning hududiy bosh boshqarmalariga topshirilishi shart edi. Hozirgi kunda tijorat banklari ortiqcha pul mablag‘larini saqlashlari uchun naqd pul zaxirasi tashkil etiladi. Banklar limitdan ortiqcha naqd pullarini aylanma kassadan olib, naqd pul zaxirasiga o‘tkazishlari mumkin.


    Aylanma kassada o‘rnatilgan limit miqdoridan ortiqcha naqd pullar summasi 10102 – ‘Naqd pullar zaxirasi’ hisobvarag‘iga kirim qilinganda bir vaqtning o‘zidaquyidagi ikkitabuxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
    a) 10101 – ‘Aylanma kassadagi naqd pullar’ hisobvarag‘idan naqd pullar chiqim qilinganda:

    Download 1,35 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149




    Download 1,35 Mb.