Ssuda hisobvarag‘ini ochish tartibi




Download 1,35 Mb.
bet77/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

9.2. Ssuda hisobvarag‘ini ochish tartibi

Kredit berish va qaytarish operatsiyalari ssuda hisobvarag‘larida aks ettiriladi. Agar xarid qilingan tovarning haqini darhol to‘lash lozim bo‘lsa, lekin buning uchun firmaning xususiy mablag‘i yetmasa, bunday hollarda firmada bir martalik qarz mablag‘lariga ehtiyoj paydo bo‘ldi, deyishadi. Bu ehtiyojni qondirish uchun “kredit yo‘li ochilmagan” ssuda hisobvarag‘idan foydalaniladi. Bunday hisobvaraqdan kredit berish bir martalik ssuda berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday ssudaning har biri bo‘yicha bank alohida qaror qabul qiladi. Bu shuni bildiradiki, agar kelgusida yana kredit zarur bo‘lsa, korxona rahbariyati bank talab qilgan hujjatlarning yangi to‘plamini to‘liq ishlab chiqishi, xuddi birinchi kredit olinganidek muzokaralar olib borishi va barcha yuridik rasmiylashtirish ishlari bajarilishi lozim.


Shuning uchun kredit resurslariga ehtiyoj uzoq muddatli va takrorlanuvchan ekanligi oldindan tahlil qilinsa, “kredit liniyasi ochib” kredit berish to‘g‘risida shartnoma tuzish qulayroq bo‘ladi va arzonroq tushadi. Kredit liniyasi – korxona bilan bank o‘rtasida belgilangan sum-mada zayom (qarz)lar turkumini berish to‘g‘risida tuzilgan kelishuvdir.
Kredit yo‘lini ochishda bank tomonidan kreditlash limiti belgilanadi. Shu limit doirasida kredit berishda bank bilan qo‘shimcha
168

muzokaralar olib borish talab qilinmaydi. Kredit tarmog‘ini ochilishi shuni bildiradiki, korxonaga yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bank kredit summasi doirasida korxonaning hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha pul to‘laydi. Shu bilan birga, bank pulni hujjatlar topshirilgan kuni to‘lashga majbur. Kredit o‘z vaqtida berilmaganligi va mijozning tovar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitobni kechikib amalga oshirilganligi uchun bank javobgar hisoblanadi.


Qisqa muddatli kredit olish uchun alohida kredit ochish liniyasini ochish shart emas. Bank bilan uning mijozi o‘rtasida maxsus bitim tuzilib, shu bitimga asosan mijozga uning hisob-kitob varag‘ida qolgan mablag‘dan ortiq summadagi to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi. Qisqa muddatli kreditning bunday turi overdraft deyiladi. Shart-nomada overdraft qarzning eng katta summasi, kredit berish shartlari: kreditni qoplash tartibi, foiz darajasi belgilanadi. Overdraftda mijozning hisob kitob varag‘iga kelib tushadigan barcha summa kreditni qoplashga yo‘naltiriladi. Shuning uchun kredit hajmi mablag‘ kelib tushgan sari o‘zgarib turadi, ana shunisi bilan overdraft kreditning boshqa turlaridan farq-lanadi. Overdraft qisqa muddatli kreditlash qoidalarida ko‘zda tutilganiga qaramay, respublika banklari tajribasida overdraftni kontokorrentdan bosh-qa istalgan kredit turiga qayta rasmiylashtirish huquqi qo‘llanilmoqda.
Kontokorrent hisobvarag‘i korxonaning barcha operatsiyalarini birga jamlashga imkon beradi. Kontokorrent hisobvarag‘i mijozning bankdagi kredit hisob-kitob xizmatini amalga oshirish uchun mo‘ljallan-gan yagona hisobvarag‘i bo‘lib, barcha operatsiyalar shu hisobvaraq bo‘yicha bajariladi. U kredit va depozit hisobvarag‘i alomatlarini o‘z ichiga jamlagan. Kontokorrent hisobvaraqda bir tomondan tushumlar aks ettiriladi, ikkinchi tomondan unda kreditlar va to‘lovlar qayd qilinadi. Natijada debet saldo (qarz) ham, kredit saldo (mablag‘ning mavjudligi) ham vujudga kelishi mumkin. Kontokorrent hisobvarag‘i ochilganda qarz oluvchi korxonaning hisob-kitob varag‘i yopiladi. Bank kontokor-rent hisobvaraq bo‘yicha kreditlash limiti ssudaning chegaraviy miqdorini belgilaydi. Shu limit summasiga bankning kafolat majburiyati rasmiy-lashtiriladi, uning shakli xuddi kredit liniyasi ochishdagidek bo‘ladi.
Ushbu kredit mablag‘larini faqat korxonaning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarga sarflash mumkin. Boshqa barcha to‘lovlar (umumiy xo‘jalik xarajatlari, ish haqi va hokazo) faqat konto-korrent qo‘llanilmaydi. Kreditning bu turi chet el tajribasida cheklar va kredit kartochkalari bilan hisob-kitob qilishda keng qo‘llaniladi.

169


Bank mijozi uchun shu hol ham muhimki, qisqa muddatli kreditlashni tashkil qilish qoidalariga muvofiq, mijoz o‘z hisobvarag‘ida kredit saldosi bo‘lishini ta’minlash lozim. Qarz oluvchining bankda depozit hisobvarag‘i bo‘lgan taqdirdagina qarzdorlikni saqlashga yo‘l qo‘yiladi, lekin uning salmog‘i depozit, hisobvarag‘idagi mablag‘ sum-
masidan oshmasligi kerak. Agar bankda mijozning depozit mablag‘lari bo‘lmasa, oy oxirida hisob-kitob varag‘ida qarz paydo bo‘lsa, qarzning miqdori qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, kredit qoplangunga qadar bank kredit berishni tugatishi lozim. Demak, agar hisobot oyi oxirida mijozning hisob-kitob varag‘ida qarz paydo bo‘lgan bo‘lsa, navbatdagi oyboshida overdraft doirasida firma to‘lovlarni to‘lashga umid qilishi mumkin emas va aksincha, kreditni qoplash uchun mablag‘ izlashga tayyor turish lozim.
Kontokorrent hisobvaraqda bir tomondan tushumlar aks ettiriladi, ikkinchi tomondan ssudalar va to‘lovlar qayd qilinadi. Natijada debet saldo, ya’ni qarz ham, kredit saldo, ya’ni mablag‘larning mavjudligi ham vujudga kelishi mumkin.
Kontokorrent hisobvarag‘i ochilgan qarz oluvchi korxonaning hisob kitob varag‘i yopiladi. Bank kontokorrent hisobvarag‘i bo‘yicha kreditlash limiti ssudaning chegaraviy miqdorini belgilaydi. Shu limit summasiga bankning kafolat majburiyati rasmiylashtiriladi.
Kontokorrent hisobvaraq bo‘yicha foizlar debet qoldig‘i bo‘yicha ham, kredit qoldig‘i bo‘yicha ham, ya’ni bank foydasiga ham, qarzdor foydasiga ham yoziladi, Debet qoldig‘i (qarz) bo‘yicha mijoz bankga kredit shartnomasiga ko‘ra foizlarni to‘laydi. Kredit qoldig‘i (mablag‘-ning mavjudligi) bo‘yicha bank qarzdorga hisob-kitob shartnomasiga muvofiq foizlarni to‘laydi.
Kontokorrent hisobvaraqning amal qilish muddati bir yildan osh-masligi kerak. O‘n ikki oy o‘tgandan so‘ng qarzdor hisobvaraqqa mab-lag‘ tushishini ta’minlashi lozim. Agar belgilangan muddat oxirigacha hisobvaraqda salbiy saldo saqlanib qolsa, kredit to‘liq qoplanguncha kredit berish to‘xtatib qo‘yiladi.


Download 1,35 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ssuda hisobvarag‘ini ochish tartibi

Download 1,35 Mb.