Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi




Download 1,35 Mb.
bet85/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

10.3. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi

Bank faoliyatida asosiy vositalar bilan birga kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardan ham keng foydalaniladi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar – bu xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan va xizmat muddatidan qat’iy nazar bir donasi O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam ish haqining 50 baravarigacha qiymatga ega bo‘lgan bank faoliyatida foydalaniladigan buyumlardir. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarga kanselyariya va ofis buyumlari, turli xil blan-kalar, pochta, hujjat markalari va boshqalar kiradi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning hisobi sotib olish qiymati bo‘yicha yuritiladi.


Bunday buyumlarni sotib olishda avval buyum qiymatini to‘lab berish orqali yokiqabul qilingandan so‘ng to‘lab berish orqali amalgaoshiriladi.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar qiymatini oldindan to‘lab berish orqali sotib olishda quyidagi provodkalar bajariladi.
Debet 19909 – ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy boyliklar uchun to‘langan mablag‘lar’.
Kredit 10301 yoki 16103 – ‘Bankning vakillik hisobvaraqlari’ yoki Kredit 20208, 20210 – ‘Mijozning hisobvarag‘i’.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning o‘zi omborxonaga qabul qilinadi, bu operatsiya quyidagi provodka orqali rasmiylashtiriladi:

183


Debet 19921 – ‘Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar’ Kredit 19909 – ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy boyliklar uchun to‘langan mablag‘lar’.
Agar dastlab buyumlar omborxonaga kelib tushib, to‘lov keyin amalga oshirilsa, bu operatsiya quyidagicha hisobga olinadi:
Debet 19921 – ‘Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar’ Kredit 29802 – ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklar uchun to‘langan mablag‘lar’.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning qiymati to‘langanda: Debet 29802 – ‘Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatlik-
lar uchun to‘langan mablag‘lar’.
Kredit 10301, 16301 – ‘Bankning vakillik hisobvarag‘i’ yoki 20208, 20210 – ‘Mijozning hisobvarag‘i’.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar omborxonada foydala-nishga berilganda, sotilganda, foydalanishga yaroqsiz holga kelganda hisobdan chiqariladi. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar foydala-nishga berilganda quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 56406 – ‘Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari’. Kredit 19921 – ‘Omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi
buyumlar’.
Foydalanishdagi va omborxonadagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning saqlanishi ustidan nazorat olib boriladi. Ularning hisobi alohida jurnallarda yuritiladi. Omborxonadagi va foydalanishga topshi-rilgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning saqlanishi va ularning haqiqatda mavjudligi ustidan nazorat olib boriladi. Buning uchun kami-da yiliga bir marta inventarizatsiya o‘tkaziladi. Agar moddiy boyliklar kamomadi aniqlansa, ularning qiymati aybdor va moddiy javobgar shaxslardan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda undirib olinadi. Agar inven-tarizatsiya davomida omborda hisobda bo‘lmagan buyumlar aniqlansa, inventarizatsiya komissiyasi tomonidan narxi belgilanib, omborga kirim qilinadi va boshqa foizsiz daromadlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.


Download 1,35 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi

Download 1,35 Mb.