Moddiy qimmatliklarni ombordan berish va ulardan foydalanish hisobini yuritish




Download 1,35 Mb.
bet87/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

10.5. Moddiy qimmatliklarni ombordan berish va ulardan foydalanish hisobini yuritish

Hisobvaraqlar rejasiga bank omboridagi asosiy vositalar “Ombor-dagi asosiy vositalar” nomli 16561-hisobvaraqda, ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar esa “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar” nomli 19921-hisob-varaqda hisobga olinadi. Ombordagi asosiy vositalar va ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar omborxonadan yozma talabnomalar bo‘yicha beriladi. Bu talabnomalarni imzolash va ombordan materiallar berishga ruxsat etish huquqi berilgan shaxslar to‘g‘risida buyruq chiqarilishi kerak. Buyruq nusxasi mazkur shaxslar imzolarining na’munalari bilan birga ombor mudiriga va buxgalteriyaga, hisobvaraq bo‘yicha hisob yuritadigan xodimga topshiriladi.

186

Qiymati tegishli hisobvaraqlarga kiritilishi kerak bo‘lgan material-lar uchun yozilgan talabnomalarda bank buyrug‘i bo‘yicha imzolash hu-quqi berilgan tasarruf etuvchining ruxsat beruvchi imzosi bo‘lishi lozim.


Ombordan materiallar olish uchun yoziladigan talabnoma uch nusxada tuziladi. Ularda ko‘zda tutilgan barcha rekvizitlar, shuningdek, talab qilinayotgan moddiy qimmatliklarning nomenklatura bo‘yicha ra-qamlari, nomi (navi), soni va maqsadi ko‘rsatiladi.
Talabnomalarning dastlabki ikki nusxasiga materiallar oluvchi ularni olgani haqida tilxat yozadi va bu qog‘ozlarga materiallarni bergan omborchi imzo chekadi.
Berilgan materiallar ombor hisob yuritish qaydnomalarida chiqim qilinganidan keyin omborchi talabnomaning ikkinchi nusxasini xrono-logik tartibda o‘zidagi chiqim hujjatlari yig‘majildiga tikib qo‘yadi. Birinchi nusxa buxgalteriyaga topshiriladi, uchinchisi esa materiallarni oluvchining qo‘liga beriladi.
Materiallar boshqa filialga jo‘natilayotganda talabnomalar to‘rt nusxada tuziladi. Ularning biri moddiy qimmatlik jo‘natmasiga qistiri-ladi, ikkita nusxasi buxgalteriyaga beriladi va to‘rtinchi nusxasi ombor mudiriga beriladi. Talabnomalar umumiy summasiga materiallar sarfini hisob hujjatlarida aks ettirish uchun kirim-chiqim orderi tuziladi.
Yoqilg‘i va moylash materiallari haydovchilarga, shuningdek, boshqa xo‘jalik materiallarni muayyan limitlar bo‘yicha muntazam olib turadigan shaxslarga talabnomalarsiz, har bir oyda har bir oluvchi uchun tutiladigan limit kartalari asosida berilishi mumkin. Bu kartalarda beril-gan materiallar summasi qayd etiladi. Ana shu limit kartalari asosida har oy oxirida materiallarning qiymati balansdan chiqariladi.
“Omborda” ilova (sub) hisobvarag‘i bo‘yicha materiallar hisobi miqdor va qiymat ifodasida (turi va naviga qarab) yuritiladi.
Qo‘shimcha kitobda shaxsiy hisobvaraqlar yuritiladi, bundan tashqari, materiallar turlari hamda hisobdor shaxslar bo‘yicha varaqcha-lar va daftarlarda hisob olib boriladi. Varaqchaning old tomonida bank nomi, anjom nomi, daftar bo‘yicha nomer, hisobvaraq nomeri, anjom-ning narxi, anjomlar soni, anjomni beruvchining nomi, buxgalteriya yozuvi qayd qilingan sana ko‘rsatiladi, shuningdek buxgalteriya xodim-lari imzo chekadilar. Varaqchaning orqa tomonida anjom uchun javob-gar shaxsning ismi sharifi, anjomlar soni va ular summasi, u saqlanayot-gan joy ko‘rsatiladi, shuningdek, buxgalteriya xodimlari imzo chekadi-lar. Varaqchalar bir turdagi buyumlar guruhlari bo‘yicha kartotekaga

187


joylashtiriladi. Asosiy vositalar hisobini yuritish daftari yil oxirida yakunlanmaydi va undagi yozuvlar yangi yilda davom ettiriladi. Moddiy qimmatliklar umumiy belgilangan tartibda yo‘qlama qilib turiladi. Bank-larning bosh buxgalterlari hisoblash, tashkiliy va boshqa turdagi texnika pasportlari u foydalanishdan chiqarilguncha saqlanishini ta’minlaydilar. Xo‘jalik materiallari balansdan chiqarilayotganda texnik pasportlar tex-nikani hisobdan chiqarish hujjatlariga ilova qilinadi.


Download 1,35 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moddiy qimmatliklarni ombordan berish va ulardan foydalanish hisobini yuritish

Download 1,35 Mb.