|
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
|
bet | 90/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarQuyida yana bir necha hisobvaraqlarning nomerlarini keltira-miz, lekin ularning nomlarini hisobvaraqlar rejasidan olib, o‘zingiz uchun belgilab qo‘ying va yodda saqlang.
50107 – ? 50108 – ? 50111 – ? 50114 – ? 50116 – ? 50118 – ? 50121 – ?
Xarajatlarni hisobga olish uchun ochilgan boshqa barcha hisob-varaqlar, ularning nomi va nomerlarini hisobvaraqlar rejasidan olib o‘rganishingiz mumkin.
Endi xarajatlar bo‘yicha bir necha buxgalteriya provodkalarini ko‘-rib chiqamiz.
Bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida foizlar hi-soblanadi. Hisoblangan foizlar bo‘yicha buxgalteriya provodka quyida-gicha bo‘ladi:
Debet – 50100 (50600, 51100) Talab qilib olinguncha saqlanadi-gan depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar. (Jamg‘armali va muddatli…).
Kredit – Mijoz hisob raqami yoki bankning mijoz oldidagi majbu-riyatlari hisob raqami.
Hisobot yili oxirida bu xarajatlar daromad hisobidan qoplanadi: Debet – 31206 Sof foyda (yoki zarar)
Kredit – 50100 (50600, 51100). Talab qilib olinguncha saqlanadigan, yoki jamg‘armali yoki muddatli depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar.
Markaziy bankka to‘lanadigan foizli xarajatlar quyidagi balans hi-sob raqamlarida yuritiladi:
51601 – Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli xarajatlar – Vostro.
193
51606 – Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli xarajatlar – Nostro, overdraft.
51611 – Markaziy bank depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar.
Bu hisob raqamlardan Markaziy bank hisob raqami yoki depozit-lari qoldiq summalariga hisoblangan foizlar xarajat qilinib, buxgalteriya provodkasi quyidagicha bo‘ladi:
Debet 51600 (Bu hisobvaraq nomini mustaqil yozing va eslab qoling).
Kredit 10301 (Hisobvaraq nomini siz bilasiz, uni eslab ko‘ring). Bu xarajatlar yil oxirida foyda hisobidan qoplanadi, buxgalteriya
provodkasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Debet – 31206 Sof foyda (yoki zarar).
Kredit – 51600 O‘zR. Markaziy bankining hisobvarag‘lari bo‘yi-cha foizli xarajatlar.
Boshqa banklarga to‘lanadigan foizli xarajatlar 52100 – “Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar” hisobvarag‘ida yuritilib, o‘z ichiga uchta hisob raqamni oladi:
52101 – Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar – Vostro.
52106 – Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar – Nostro.
52111 – Boshqa banklarning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar. Bu hisobvaraqlardan boshqa banklar vakillik va depozit hisobva-
raqlari qoldiqlariga hisoblangan foizlar xarajat qilinib, yil oxirida bank foydasidan qoplanadi:
Debet – 52100 Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar.
Kredit – 10301 Bankning vakillik hisobvarag‘i.
Xarajatni yopish quyidagi provodka orqali amalga oshiriladi: Debet – 31206
Kredit – 52100
|
| |