|
(Bu hisobvaraqlarning nomlari yuqorida keltirilgan edi, bir es-lab ko‘ring
|
bet | 91/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar(Bu hisobvaraqlarning nomlari yuqorida keltirilgan edi, bir es-lab ko‘ring).
Boshqa foizli xarajatlar hisobvaraqlar rejasidagi 54902-balans va-rag‘ida yuritiladi. Bu hisobvarag‘dan xarajat qilinsa, yil oxirida u ham foyda hisobidan, ya’ni 31206 hisob raqamidan yopiladi. Buning buxgal-teriya provodkasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Debet – 31206 Sof foyda (yoki zarar)
194
Kredit – 54902 Boshqa foizli xarajatlar
Bundan tashqari, yana juda ko‘plab xarajatlar, ya’ni tijorat bankla-rining marketing, funksional xizmatlar haqini to‘lash, qo‘riqlash, yon-g‘indan saqlash va aloqa vositalarini o‘rnatish bo‘yicha qilinadigan bar-cha ishlar foizli xarajatlarni tashkil etadi.
Umuman, bankning foizli xarajatlari buxgalteriya balansining 50100-hisob raqamdan 54902-hisob raqamgacha bo‘lgan moddalarda yuritiladi.
Bankning faoliyatida foizli xarajatlar bilan birga foizsiz xarajatlari ham qilinadi. Foizsiz xarajatlar hisobi 55100, 55300, 55600, 55800, 55900 kabi hisob raqamlarida olib boriladi.
55100 – Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komission xarajatlar deb nomlanuvchi hisobvaraq 55102-hisob raqamidan 55195 hisob raqamlari-gacha bo‘lgan hisobvaraq nomerlarini oladi. Bu hisobvaraq nomlarini hisobvaraqlar rejasidan ko‘rib oling va eslab qoling! Eng katta foizsiz xarajatlarga komission xarajatlar kiradi. Komission xarajatlar – bank operatsiyalar uchun ko‘rsatilgan xizmati doirasida to‘lanadigan foizsiz xarajatlardir. Komission harajatlar bilan bog‘liq bunday to‘lovlarda buxgalteriya provodkasi quyidagicha bo‘ladi:
Debet – 55100 Muddatli depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar. Kredit – xizmat ko‘rsatgan xo‘jalik yurituvchi subyekt daromad
hisob raqami.
Yil oxirida bu foizsiz xarajatlar ham bankning foydasi hisobidan yopiladi. Bank chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalarda zarar ko‘rishi mumkin. Bular ‘Spot’ shartnomasi bo‘yicha zarar va Forvard’ /Opsion/ shartnomalari bo‘yicha zarar.
Chet el valyutasida zarar 55302 va 55306 hisob raqamlarda yuritiladi. 55302 – ‘Spot’ bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zarar. 55306 – Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha
xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zarar.
Bunday hosilaviy instrumentlarga ‘Forvard’ /Opsion/ Fyuchers shartnomalari bo‘yicha operatsiyalar kiradi.
Demak, bu hisob raqamlar orqali spot, forvard, opsion, fyuchers shartnomalaridan ko‘rilgan zararlar hisobi yuritiladi. Bu zararlar ham yil oxirida bankning foydasi hisobidan hisob-kitob qilinadi.
Bank xarajatlarining katta qismini operatsion xarajatlar tashkil etadi. Banklar o‘z operatsion xarajatlarini ularning bosh banki tomoni-dan bir yil uchun tasdiqlangan va xabar qilingan smeta ajratmalari
195
chegarasida amalga oshiradilar. Bankning operatsion xarajatlari uchun ajratilgan smeta mablag‘lari hisobot yilining 31-dekabrigacha amal qila-di. Tugagan yilda amalda qilingan barcha xarajatlar 31-dekabrgacha o‘t-kazib bo‘linishi lozim.
Bankning operatsion xarajatlari hisobi balansda ‘Ish haqi va xo-dimlar uchun boshqa xarajatlar’, ‘Ijara va saqlash’, ‘Ijara va saqlash’, “Ma’muriy xarajatlar” va shu kabi hisobvaraqlarda yuritiladi:
Kelgusi yillar smetalari hisobidan bankning operatsion xarajatlari uchun qilinadigan xarajatlar hisobi – “Puli oldindan to‘langan xarajatlar” hisobvarag‘ida yuritiladi. Bu hisobvaraqqa oxirida ta’tilga ketayotgan xodimlarga to‘langan ish haqi, xususan, kelasi yilga taalluqli to‘lovlar, kelasi yil uchun gazetalarga obuna bo‘lish xarajatlari, kelgusi yillar smetalari hisobidan o‘rni qoplanishi kerak bo‘lgan ijaraga olingan bino-larni kapital ta’mirlash xarajatlari summasi va shu kabilar o‘tkaziladi.
“Ish haqi” xarajatlari – 56102, “Bank xodimlari uchun imtiyozlar” bo‘yicha xarajatlar – 56106, “Asosiy rahbar xodimlarga mukofotlar” – 56108, “Xizmat safari xarajatlari – 56302”, “Ijara va ta’minot xarajat-lari” – 56200, “Xizmat safari va transport xarajatlari” – 56300 kabi hi-sobvaraqlarda yuritiladi. Xizmat safari vaqtidagi kundalik xarajatlar hisobi yuritiladigan shaxsiy hisobvaraqlar maxsus shakldagi bank xodimlari shaxsiy hisobvaraqlari yuritiladi.
Ish haqi bank xodimlariga faqat ishlangan vaqt uchun va belgi-langan muddatlarda, oyiga ikki marta: oyning birinchi va ikkinchi yarmi uchun to‘lanishi lozim. Ishchi va xizmatchilarga hisoblangan ish haqi-ning barcha turlari ish haqi fondiga kiritiladi.
Bank xodimlariga beriladigan mukofotlar 56106 – “Bank xizmat-chilari uchun imtiyozlar” hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Bu xarajatlarning barchasi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun qilinadi va yil oxirida foydadan qoplanadi:
Debet – 31206 Sof foyda (yoki zarar). Kredit – 56102, 56106, 56195.....
56200 – Ijara va xo‘jalik xarajatlari turli-tuman bo‘ladi, ular yil oxirida bankning foydasi hisobidan yopiladi.
56300 – hisobvarag‘ida bank xodimlarining safar va transport xa-rajatlari hisobga olib boriladi. Bu xarajatlar ham bank faoliyatining aso-siy xarajatlaridan biri hisoblanib, yil oxirida foyda hisobidan yopiladi.
Debet – 31206 Sof foyda (yoki zarar).
Kredit – 56300 Xizmat safari va transport xarajatlari.
196
56400 – hisobvarag‘ida hisobga olinadigan ma’muriy xarajatlari ham serqirra bo‘lib, bu xarajatlarga bank faoliyatini reklama qilish, kan-selyariya, ofis, pochta, telefon, faks xizmatlaridan foydalanish, gazeta, jurnallarga obuna bo‘lish, bank uchun zarur blankalarni bosmaxonadan chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar ham yil oxirida bank foydasi hisobidan yopiladi.
Bank o‘z faoliyati davomida soliqlar to‘laydi, prezentatsiya ishla-rini tashkil etadi, asosiy vositalarning eskirishini hisoblab borib, uni xa-rajatga o‘tkazadi, sug‘urta to‘lovlarini to‘laydi. Bankning bunday xara-jatlari quyidagi hisobvaraqlarda hisobga olinadi:
56500 – Reprezentatsiya va xayriya. 56600 – Eskirish xarajatlari.
56700 – Sug‘urta, soliq va boshqa xarajatlar.
56800 – Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash. 56900 – Daromad solig‘ini baholash.
Yuqorida keltirilgan operatsion xarajatlarning hammasi yil oxirida bank foydasi hisobidan yopiladi.
Bankning operatsion xarajatlari bosh bank tomonidan belgilangan smetalar chegarasida amalga oshiriladi. Umuman, bank xarajatlari turli-tuman bo‘lganligi sababli ularning barchasini keltirish qiyin, bunday xa-rajatlarining har bir turini bank amaliyotida batafsil o‘rganish mumkin.
|
| |