Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar




Download 1,35 Mb.
bet94/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

11.2. Bankning balans hisoboti

Yillik buxgalteriya hisoboti tarkibi, mundarijasi va uni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi banklarining alohida ko‘rsatmalari bilan belgilab qo‘yiladi. Respublika tijorat banklari buxgalteriya balanslarini nusxasini va boshqa shakldagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli departamentlariga taqdim etadi.


Hozirgi kunda banklar yil tugagandan so‘ng ‘balans hisoboti’ deb yuritiladigan hisobot tuzadi.
Balans ikki qismidan, ya’ni aktiv va passiv qismlardan iborat. Ak-tiv va passiv tomonlarning o‘zaro tengligi balans to‘g‘ri chiqarilganligi, bank ish kuni to‘liq yakunlanganligini bildiradi. Balansning aktiv to-moni naqd pullar, Markaziy bank vakillik hisobvarag‘i, xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari, majburiy zaxiralar fondi, qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilmalar, kreditlar, sarmoyalar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar kabi asosiy hisobvaraqlardan tashkil topgan. Passivlar qismi o‘z ichiga depo-zitlar, boshqa banklardan olingan kreditlar, bank chiqargan qarz majbu-riyatlari, aksionerlik kapitali kabi hisobvaraqlarni oladi.
Endi bank balansi aktiv va passivlarining qisqacha tavsiflarini ko‘-rib chiqamiz. Aktivlar tavsifini ‘naqd pullar’dan boshlaymiz.
Naqd pullar – bank mablag‘lari toifasi bo‘lib, bankning to‘lov fao-liyatining ahvolini belgilaydi va mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talab-larini qondirish uchun bankning mijoz oldidagi o‘z majburiyatlarini ba-jarish qobiliyatini ochib beradi.
Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i bo‘lib, unda ayni paytda bankda mablag‘lar borligi aks ettiriladi. Har qanday bankning hisobvarag‘i

202

Markaziy bankda turadi va aktiv hisobvaraq hisoblanadi. Mablag‘ o‘tkazish yoki mablag‘larning tuzilishi bo‘yicha bank amalga oshi-radigan hamma operatsiyalar vakillik hisobvarag‘ida aks ettiriladi.Xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari – tijorat banklarining valyuta bo-zoridagi operatsiyalari hajmini belgilaydi.
Majburiy zaxiralar fondi Markaziy bankdagi alohida hisobvarag‘i-da turadigan bank mablag‘lari bo‘lib, O‘zbekistonning hamma tijorat banklari tomonidan majburiy tartibda zaxiralanadi, bu esa tijorat banki-ning likvidligini saqlab turishiga ma’lum darajada kafolat bo‘ladi. Maj-buriy zaxiralar fondiga ajratmalarning foiz stavkalarini belgilash Marka-ziy bank tomonidan o‘tkaziladigan tijorat banklari likvidligini saqlab tu-rishning eng ta’sirchan mexanizmi hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalarda – tijorat bankining fond bozo-ridagi operatsiyalari aks ettiriladi va balans aktivining boshqa ko‘rsat-kichlari bilan taqqoslanganda, qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan ope-rasiyalarda bankning amaliy faolligini ifodalaydi. Tijorat bankining qimmatli qog‘ozlari emitentlar maqomiga qarab ikki toifaga bo‘linadi:
• Hukumat yoki Markaziy bank chiqargan qimmatli qog‘ozlar; • Xo‘jalik yurituvchi subyektlar chiqargan qimmatli qog‘ozlar.
Hukumat yoki Markaziy bank chiqargan qimmatli qog‘ozlar yuqori darajada likvidligi bilan ajralib turadi, ammo bu qog‘ozlarning daromad-liligi boshqa emitentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarnikidan bir muncha past bo‘ladi.
Kreditlar – tijorat banklarining kreditga doir operatsiyalari bo‘yicha bank foyda olishining belgilovchi moddasi hisoblanadi. Balansda kredit muddatlari va iqtisodiyotdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qaysi mulkchilik shakliga berilishiga qarab tasniflanadi.
Sarmoyalar – bankning xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlar, mo-liya tashkilotlari faoliyatidagi ulushli ishtirokini ko‘rsatadi. Bank sar-moyalari korxona faoliyatini boshqarish yo‘li bilan foyda, dividendlar yoki boshqa turdagi daromad olish maqsadida bank turli loyihalarga yo‘naltirilgan mablag‘lar hajmini ifodalaydi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar – bank aktivlarining asosiy moddalaridan biri hisoblanadi, chunki bank o‘z faoliyatini tashkil qilish uchun moddiy bazaga, operatsiyalarni bajarish uchun shart-sharoitga ega bo‘lishi lozim. Bankning asosiy vositalariga bino-inshootlariga, kapital qurilish uchun bank tomonidan qilingan xarajatlar, ofis va ish mebeli, ji-hozlar, kompyuter va boshqa hisoblash texnikasi, aloqa vositalari va

203


hokazolar kiradi. Markaziy bank belgilangan me’yorlar tijorat bankining kapital xarajatlari miqdorini bank aktivining 10 foiz miqdorida cheklaydi.Endi bank balansining passiv qismidagi moddalar bilan tanishib chiqamiz.


Bank balansining passiv qismi depozitlardan boshlanadi. Depozit-lar – bankning boshqa subyektlardan xarid qilingan manbalarini ifoda-laydi. Ular talab qilib olinadigan, jamg‘armali va muddatli depozitlarga bo‘linadi. Talab qilib olinadigan depozitlardan tashqari barcha depozitlar kredit resurslarining eng barqaror manbalaridan hisoblanadi. Jalb qilin-gan manbalardan muddatli depozitlar ulushining oshishi qo‘yimalarni uzoqroq muddatga, shu bilan birga, yuqoriroq foiz bilan amalga oshirish imkonini beradi, bu esa bankning omonatlar (depozitlar) bo‘yicha foiz xarajatlarni qisqartiradi va foyda olish hamda likvidlik manfaatlariga xizmat qiladi.
Boshqa banklardan olingan kreditlar – tijorat bankning bo‘sh mab-lag‘larini qayta taqsimlash borasida boshqa moliya muassasalari bilan o‘zaro munosabatlarini ifodalaydi. Ammo banklararo kreditlar bir to-mondan boshqa mablag‘larga nisbatan olishga osonroq hisoblangani bilan, ikkinchi tomondan, eng qimmat kredit manbalarni sanaladi. Tijo-rat bankining jalb qilingan mablag‘larda banklararo kreditlari ulushining kattaligi uning depozit siyosati yaxshi ishlab chiqilmaganligini ko‘rsatadi.Bank chiqargan qarz majburiyatlari moddasida tijorat banki tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlari aks ettiriladi. Qarz majburiyatlarini chiqarish bankka uzoq muddatli manbalarni bank uchun qulay tarzda shakllantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu katta hajmdagi qarz mablag‘lari bank uchun qulay hisoblanadi, chunki uning pulini to‘lab va qaytarib olish sanasi oldindan ma’lum bo‘ladi, bu esa bankning to‘lovga noqobillik riskini kamaytiradi.
Bank passivlarining asosiy moddalaridan biri ustav kapitalidir. Ti-jorat bankining ustav kapitali, bankning o‘z mablag‘lari hajmini ifoda-laydi. Markaziy bank tijorat banklarining kapital hosil qilish darajasi va tuzil-masini tartibga solib turadi, bu esa bank operatsiyalarining daromadliligini yaxshilaydi, umuman tijorat faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi.Bank tizimiga ishonchni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat bankining moliyaviy faoliyati sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining ‘Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida’gi qonunining 42-moddasiga, shu bilan birga, ‘O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida’gi va ‘Buxgalteri-

204



ya hisobi’ to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq banklarning e’lon qilinadigan hisobotlariga doir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablari to‘g‘risida Nizom ishlab chiqildi. Ushbu Nizomning ishlab chiqilishi Tijorat banklari yillik hisobotlarining ochiq matbuotda e’lon qilinishi dunyoda muayyan darajada oshkoraligi bilan ajralib turadigan bank tizimini yaratish uchun dastlabki qadam bo‘ldi. Nizomga ko‘ra barcha banklar o‘z yillik hisobotlarini, jumladan balans hisobotini matbuotda e’lon qilishlari lozim. Bu esa 1-sonli MHXSlari talablariga mos keladi.“A” BANKNING YIG‘MA BALANS HISOBOTI 2008-yil 1-yanvar holatiga




Download 1,35 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149




Download 1,35 Mb.